Pedagogika va psixologiyasi
Yordam va g’amxo’rlikning muhimligi
Download 299.48 Kb.
|
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-muhim ma’lumot. Suitsid – bugungi yoshlar o’limida asosiy sabab.
- 2-muhim ma’lumot. Odatga ko’ra suitsid ogohlantirishsiz sodir bo’lmaydi.
- 3-muhim ma’lumot. Suitsidni to’xtatish mumkin.
- 4-muhim ma’lumot. Suitsid haqidagi gap-so’zlar o’smirni suitsidga boshlamaydi.
- 5-muhim ma’lumot. Suitsid nasldan o’tmaydi.
- 6-muhim ma’lumot. Suitsidentlar, odatdagidek, psixik sog’lom shaxslar.
- 7-muhim ma’lumot. Kim suitsid haqida gapirsa, suitsidga qo’l uradi.
- 8-muhim ma’lumot. Suitsid – bu faqat e’tiborni qaratish usuli emas.
- 9-muhim ma’lumot. Suitsidal o’smirlar o’z muammolarini jiddiy deb hisoblaydilar.
- 10-muhim ma’lumot. Suitsid – bitta emas, ko’p noxushliklar natijasi.
- 11-muhim ma’lumot. Har bir odam o’z joniga qasd qilishi mumkin.
- 12-muhim ma’lumot. Suitsidentning qanchalik kayfiyati yaxshi bo’lsa, shunchalik tahdid mavjud.
- 13-eng muhim ma’lumot. Do’st o’z joniga qasd qilishning oldini oladi.
13.Yordam va g’amxo’rlikning muhimligi. Agarda og’ir vaziyat orqada qolgan bo’lsa, unda mutaxassislar yoki oila o’zlarini bo’sh qo’ymasliklari kerak. Eng yomoni orqada qolgan bo’lmasligi mumkin. Shunday bo’lishi ham mumkinki, depressiyaga uchragan odamlar o’z joniga qasd qilish arafasida o’zlarini harakat girdobiga tashlaydilar. Ular kimni xafa qilgan bo’lsalar, o’shalardan kechirim so’raydilar. Buni ko’rib siz xushyorlikni yo’qotib qo’yishingiz mumkin. Ularning bu ishlari o’zlarini halok qilishdan oldin hamma qarzlar va javobgarliklardan qutulishlari haqida guvohlik beradi. Haqiqatan ham ayrim suitsidentlar psixologik inqiroz boshlanganidan keyin uch oydan kechiktirmay o’z jonlariga qasd qiladilar.
Ba’zida hayot tashvishlari bilan bo’lib, atrofdagilar suitsidga uringan shaxslar haqida unutib qo’yadilar. Taqdir haziliga ko’ra, ko’pchiligi noshud va omadsizlardir. Ko’pincha, ular ikki xil holatga duch keladilar: bir tomondan ular “aqli noqis”, ya’ni o’lishni xohlaydilar, boshqa tomondan – ular etarlicha ma’lumotga ega bo’lmaganlari uchun sifatli qilib bajara olmaydilar. Ular oila va jamiyatning xayrixohligini qidirib katta qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Suitsidga olib keluvchi emotsional muammolar kamdan-kam to’liq hal bo’ladi, hattoki, yomoni ortda qolgandek tuyulsa ham. Shuning uchun to’liq konfidentsiallikni va’da qilish kerakmas. Yordam ko’rsatish bu butunlay sukut saqlashni anglatmaydi. Shuningdek, o’z joniga qasd qilish ehtimoli haqidagi signal bergan odam yordam so’raydi. Shubhasiz, suitsidal odam to hayotga moslashmaguncha vaziyat yaxshilanmaydi. Voyaga etmaganlar bilan to’g’ridan-to’g’ri oshkora jamoat oldida suitsidal hodisalar haqida munozara qilish mumkin emas. Ko’p hollarda, bunday tadbirlarning ahamiyati katta (ota-onalar majlisi, sinf soatlari) – o’smirlardan birining hayoti, shuningdek, o’smirlar o’rtasida taqlid qilish, yuqtirish, norozilik mexanizmi bo’yicha takrorlanishi mumkin. 1-muhim ma’lumot. Suitsid – bugungi yoshlar o’limida asosiy sabab. Suitsid 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan yoshlarning №2 qotili hisoblanadi. Qotil №1 baxtsiz hodisa, shuningdek, narkotikning me’yordan ortiq iste’moli, yo’l hodisalari, ko’prikdan va binodan tushib ketish, o’zini zaharlash hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, bunday baxtsiz hodisalarning ko’pi baxtsiz hodisa niqobi ostida haqiqatan suitsidga qo’l urilgan. Agar mutaxassislar haq bo’lsa, unda asosiy o’smirlarning “qotili” suitsid hisoblanadi. Ba’zida o’lim hodisalarida o’limoldi xati qoldirilgan bo’lsa, suitsid, deb tan olinadi, odatda, o’lishni xohlovchi xat qoldirmaydi. Ba’zida qasddan o’ldirilgan o’z joniga qasd qilish deb hisoblanadi, shuning uchun “suitsid” grafasiga hech qanday shubha uyg’otmaydigan voqealar kiradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’zini halok qilish haqidagi jiddiy fikr har beshinchi o’smirda paydo bo’ladi. Yillar o’tgan sayin suitsid “yosharib” bormoqda, juda yosh bolalar o’z jonlariga qasd qilishmoqda. 2-muhim ma’lumot. Odatga ko’ra suitsid ogohlantirishsiz sodir bo’lmaydi. Ko’pchilik o’smirlar o’z jonlariga qasd qilishdan oldin o’z maqsadlaridan ogohlantiradilar: shamali gapiradilar, chigal vaziyatga tushib qolganlarini va o’lim haqida o’ylayotganlarini bildiradilar. Hayotni tark etmoqchi ekanliklarini ba’zilar atrofdagilar bilan bo’lishmaydilar. Lekin qaysidir do’sti hammasidan xabardor bo’ladi. 3-muhim ma’lumot. Suitsidni to’xtatish mumkin. O’smir hayot bilan vidolashishga qaror qildimi, uni to’xtatib bo’lmaydi, degan fikr mavjud. Yana shunday fikr borki, o’smir birinchi marta o’zini o’ldirolmasa, ikkinchi, uchinchi marta toki maqsadiga erishmaguncha suitsidga qo’l uradi. Haqiqatan esa, yoshlar o’z jonlariga qasd qilishga bir marta urinadilar. Ulardan ko’pchiligi o’zlari uchun xavfni 24 soatdan 72 soatgacha bo’lgan oraliqni tasavvur qiladilar. Agarda kimdir ularning rejalarini barbod qilib, yordam bersa, yana qaytadan bu ishga qo’l urmaydilar. 4-muhim ma’lumot. Suitsid haqidagi gap-so’zlar o’smirni suitsidga boshlamaydi. O’smir bilan suitsidga oid mavzuda gaplashilsa, u buni o’zida sinab ko’rishni istaydi, degan qarash mavjud. Sen o’smirlar bilan narkotik haqida gaplashma, ular narkotikdan tatib ko’rishni xohlab qoladilar, seks haqida gaplashma, ular seks bilan shug’ullanadilar, degan gaplarni eshitgan bo’lsangiz kerak. Ba’zi bir ota-onalar, o’qituvchilar, psixologlar “suitsid” so’zidan qochadilar, chunki ular vasiylariga o’lim haqidagi fikrni singdirishdan qo’rqadilar. Aslini olganda, o’smir bilan suitsid haqida gaplashib, uni suitsidga undamaymiz. Aksincha, o’smirlar o’zlarini qiynayotgan, tinchlik bermayotgan mavzuda ochiqchasiga gaplashish imkoniga ega bo’ladilar. Agarda sening tanishing bexosdan o’z joniga qasd qilish haqida gapirsa, demak, u bu haqda anchadan beri o’ylab yuribdi, unga hech qanday yangilik ayta olmaysan. Bundan tashqari, sening bu “xavfli” mavzuni davom ettirishing unga ichidagilarni gapirib olish imkonini beradi. Shuningdek, suitsidal xulq-atvor haqida suhbatlashganda suitsidal xavfli fikr bo’lmay qoladi. 5-muhim ma’lumot. Suitsid nasldan o’tmaydi. Onangdan ko’zingni rangini, otangdan burning ustidagi sepkilni meros qilib olasan, suitsidal g’oya nasldan o’tmaydi. Buning o’rniga, agar sening oila a’zolaringdan birontasi suitsid sodir etgan bo’lsa, sen suitsidal xavfning eng yuqori zonasida bo’lasan. Masalan, oilada ota-ona ko’p chekadi, spirtli ichimlik ichadi, narkotik qabul qiladi. Bunday oilada bolalar ota-onasining zararli odatlariga taqlid qiladilar. Shu bois, bolalarga “ishontirish omili” ta’sir qiladi: emishki, ota-onalar yomonlikka o’rgatmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, bolalar hech ham ota-onalariga taqlid qilishga majbur emaslar. Taqlid qilishlari uchun ijobiy misolni tanlashlari kerak. 6-muhim ma’lumot. Suitsidentlar, odatdagidek, psixik sog’lom shaxslar. Odatdagidek, o’zini o’ldirishga urinayotgan o’smirlar psixik nosog’lom hisoblanmaydilar va o’zlariga nisbatan xavfni tasavvur qilib ko’radilar. Ko’pincha, ular og’ir emotsional ixtiloflar ta’sirida bo’ladilar, qisqa vaqt ichida o’z jonlariga qasd qilishni o’ylaydilar. Yoshlarning ko’p qismini miya faoliyatida jiddiy ximik va fizik buzilishlar kuzatilgan, shu sababli uzoq vaqt davomida ularning qilmishlari noadekvatligi bilan ajralib turadi. Psixik nosog’lom odamlar, ko’pincha, o’zlarini o’ldiradilar. Kayfiyatning birdan tushib ketishi va noadekvat xulq-atvor ularning hayotini azobga qo’yadi, shuningdek, sening do’stlaring va tanishlaringning aksariyati bu kategoriyaga kirmaydi. 7-muhim ma’lumot. Kim suitsid haqida gapirsa, suitsidga qo’l uradi. O’nta o’zini o’ldirmoqchi bo’lgan o’smirdan 7 tasi o’z rejasini bo’lishadi. Shuning uchun aksariyat suitsid haqida gapirayotgan o’smirlar hazillashmaydilar. Bizda ulardan “qo’l siltash” odat tusiga kirgan. “Hazillashyapti” deymiz yoki “O’zicha qiliq qilyapti” yoki “E’tibor qozonish uchun bu gaplarni aytyapti”, deb o’ylaymiz. Do’stingning hayoti bilan hazillashma, o’lim haqida gapiryaptimi, demak bu jiddiy. 8-muhim ma’lumot. Suitsid – bu faqat e’tiborni qaratish usuli emas. Ko’pincha, do’stlar va ota-onalar o’smirning “Men o’zimni o’ldirishni istayman”, degan so’zlariga e’tiborsiz bo’ladilar. Ular uchun o’smir o’ziga e’tibor qaratishni istayotgandek tuyuladi. Agarda sening tanishing o’z joniga qasd qilishini aytdimi, demak, aslida ham o’ziga e’tibor qaratmoqchi. Bu bilan u hazillashmayapti. Qanaqa hazil bo’lishi mumkin. Agar sen haqiqiy do’st bo’lsang, nima uchun u o’ziga e’tibor qaratmoqchi ekanligini mulohaza qilib ko’rmagansan ham. Buning o’rniga do’stingning gaplariga e’tibor ber, nimaga tayanib, suitsid haqida gapirganini muhokama qilma. Shulardan kelib chiqib, do’sting o’z joniga qasd qilish haqida gapirdimi, demak, uning hayoti yaxshi emas. Demak u chorasizlikdan bu qadamni tashlashga qaror qilgan. Hattoki, u o’ziga e’tibor jalb qilayotgandek ko’rinsa ham, bu noodatiy xulq-atvor uning boshiga kulfat tushganidan dalolat beradi. Unda nimadir yuz bergan. Eng yaxshisi, uni tinglab, uning tahdidlariga jiddiy e’tibor berish kerak. 9-muhim ma’lumot. Suitsidal o’smirlar o’z muammolarini jiddiy deb hisoblaydilar. Hamma odamlar bir xil vaziyatga, bir xil muammoga boshqa-boshqa qaraydilar. Ba’zilarga arzimasdek tuyulsa, ba’zilarga dunyo ostin-ustun bo’lgandek. Balki qo’shilarsan, bolalar va kattalar ko’pincha hayotga boshqa-boshqa qaraydilar. Sen uchun dahshatli narsa, ular uchun arzimas va, aksincha. Sen eng yaxshi do’sting bilan urishib qolganing uchun kayfiyating bo’lmasa, ota-onang “Nima bo’libdi? U siz ham do’stlaring etarli” deyishadi. Hayotga nafaqat ota-onalar va bolalar, balki eng yaqin do’stlar ham turli qarashlarga egalar: sen uchun zo’r narsa, do’sting uchun yomon, boshqalar uchun o’rtacha bo’lib tuyulishi mumkin. 10-muhim ma’lumot. Suitsid – bitta emas, ko’p noxushliklar natijasi. Sen “Sabr-kosani to’ldirgan, oxirgi tomchi” degan iborani eshitganmisan? Suitsidga olib keluvchi sabab tomchilab sabr-kosani to’ldirishdir. Har bir tomchi hech narsa emas, ikkitalab tomchi, o’ntalab tomchi hech qachon kosani liq to’ldirmaydi. Tasavvur qilgin, tomchilar o’nta, yuzta emas, minglab. Qachondir sabr kosasi to’ladi. Odatda, bittagina noxushlik uchun o’z joniga qasd qilmaydi. Ko’pchilik bitta omadsizlik uchun emas, balki bir qator omadsizliklar uchun hayotdan voz kechadilar. 11-muhim ma’lumot. Har bir odam o’z joniga qasd qilishi mumkin. Agarda ma’lum o’smirlar suitsidga qo’l ursalar, suitsidni to’xtatish mumkin. Afsuski, “suitsid xavfli o’smir” tipini belgilashning iloji yo’q. Suitsidal kayfiyatdagi boy oilalardan bo’lgan o’smirlar, muhtoj oilalardagi o’smirlardan kam emas. Nafaqat yomon o’qiydigan, hech kim bilan chiqishmaydigan o’smirlar, balki maktabda ham, uyda ham muammosi yo’q yoshlar ham suitsidga qo’l urishadi. Bir qaraganda, dugonangizga suitsid tahdid solmagandek, chunki uning hamma narsasi bor: pul, mashina, do’stlar, yangi urfdagi “latta-puttalar”. Lekin farovonlik umuman, suitsiddan kafolat bera olmaydi. Muhimi, do’stlaring nima deyayotgani va nima qilayotgani, ularning qancha puli bor, nimani his qilayotgani emas. 12-muhim ma’lumot. Suitsidentning qanchalik kayfiyati yaxshi bo’lsa, shunchalik tahdid mavjud. Go’yoki inqirozli holatdan chiqayotgan o’smirning o’z joniga qasd qilishi ko’pchilik uchun kutilmagan holat hisoblanadi. Ko’pchilik yoshlar hayotlarida bir marta o’zlarini o’ldirishga urinib ko’rganlar; ikkinchi marta suitsidga urinayotgan o’smirlar uchun eng xavfli vaqt birinchi urinishdan 80–100 kun o’tgandan keyin bo’ladi. Birinchi urinishdan keyin o’smir hayot bilan vidolashishda atrofidagilarning yordamini his qiladi. Do’stlari, ota-onasi, o’qituvchilari unga e’tibor qaratishadi va unda hamma uni yaxshi ko’radigandek hissiyot uyg’onadi. Biroq, 3 oydan so’ng hayot avvalgi holiga qaytadi. Do’stlar, ota-otalar, o’qituvchilar avvalgidek, suitsidentga g’amxo’rlik qilishadi, lekin hayot o’z oqimida davom etadi, ularda undan ham muhimroq ishlar paydo bo’ladi. Ayniqsa, o’smirning kayfiyati a’lo – hammaga xavf ortda qolgandek tuyuladi. Suitsidal urinishdan so’ng o’smir normal holatga sekin-asta qaytadi. Suitsidga undagan qo’rquv va noxushliklar oxirigacha o’tib ketmagan bo’ladi. Mana nima uchun, ayniqsa, bu bosqich xavfli: o’smirning hamma vasiylari o’z ishlari bilan bandlar, hamma undan yuz o’girgandek tuyuladi va uning xayoliga atrofidagilarning e’tiborini “qaytarish” uchun yana suitsidga urinib ko’rish fikri kelishi mumkin. Ba’zida suitsidal fikrni o’zidan batamom chiqarib tashlash uchun kamida 3 oy kerak bo’ladi. Bu vaqt ichida vaziyat yaxshi tomonga o’zgarmagani ma’lum bo’ladi: yaxshi ko’rgan qizi qaytmadi, baholari yaxshilanmadi, spirtli ichimlik yoki narkotikka ishtiyoqi so’nmagan. Bu paytda ularning xayoliga kelgan birinchi fikr – takroran hayot bilan vidolashuvga urinish. Ular suitsidal urinishni 2 marta qo’shimcha quvvat bilan rejalashtiradilar. Bu vaqtda ularning do’stlari hushyor bo’lib turishlari kerak. Senga do’sting birinchi urinishdan keyin “tuzalgandek” ko’rinadi, bu vaqtda u ikkinchi marta suitsidga qo’l uradi. Uning ko’rinishi judayam baxtli, axir u o’zicha: “Hechqisi yo’q, yaqinda hammasi tugaydi”, deb o’ylaydi. 13-eng muhim ma’lumot. Do’st o’z joniga qasd qilishning oldini oladi. G’amxo’r, mehribon do’stga ko’p narsa bog’liq. U suitsidentning hayotini qutqarib qolishi mumkin. Ana endi tasavvur qil, do’stlaringdan bittasi senga sirlarini aytdi – masalan, o’zini o’ldirmoqchi ekanligini. Agar u senga ishonmaganda, sen bilan sirlarini o’rtoqlashmagan bo’lardi. Do’stingni senga aytishidan maqsad, aynan o’lishni xohlamaganligidandir. U senga ishongani uchun murojaat qilgan: uni faqat sen tushunasan. Download 299.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling