Pedagogika va psixologiyasi


Download 299.48 Kb.
bet22/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

13.Psixik jarohat. Har bir odam o’z individual his-tuyg’ulariga ega. Uning poymol qilinishi esa katta emotsional iztirobga yoki iztirobli kechinmalarning zanjiri asta-asta yig’ilishiga olib keladi. Yaqinlaridan, uyidan, ko’nikkan hayot tarzidan ajralish, jiddiy jismoniy va psixik yuklamalarga duch kelish, notanish sharoit va muhit odamga hayotidagi fojiadek ko’rinadi. Bunga yana ota-onaning ajralishi, yaqinlarining o’limi yoki omadsizligi, shaxsiy qiyinchiliklar qo’shilib, unda suitsidga moyillik fikri va kayfiyatini o’z ichiga oladi.
14. Xulq-atvordagi o’zgarishlar. Odamning xulq-atvorida to’satdan va kutilmagan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatish zarur. Agarda vazmin, kamgap, odamovi odam, to’satdan ko’p hazillashsa, kulsa, vaysaqi bo’lib qolsa, unga e’tiborli bo’lishi kerak. Bunday o’zgarish, ba’zida juda ham yolg’izlikni boshdan kechirayotgan, uni niqoblashga urinib, quvnoqlik, beg’amlik niqobi kiyilganiga guvoh bo’lish mumkin. Boshqa tashvishli belgilar-energetik quvvatning pasayishi, passivlik, hayotga, munosabatlarga beparvolik hisoblanadi. Inqirozni boshdan kechirayotgan o’smirlar, avval o’zlari yaxshi ko’rgan hamma narsaga qiziqishlarini yo’qotadilar. Sportchilar o’z jamoalarini, musiqachilar o’zlarining sevimli musiqa asboblarini tark etadilar, kimdir har kuni ertalab yugurish bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, bu mashg’ulotdan sovib ketadi. Ko’pchilik do’stlari bilan uchrashishdan, qadrdon ulfatlaridan qochadilar, yakkalanib qoladilar.
15. Tahdid. Suitsidal o’smirlar o’z do’stlari va yaqinlariga to’g’ridan-to’g’ri yoki ishora bilan o’lishga tayyorlanayotganlarini bildiradilar. “Men o’zimni o’ldirmoqchiman”, “Keyingi dushanbada men tirik bo’lmayman”.....
Ishorali tahdid, ko’p ma’noli shamalarni tushunish qiyin. Ishorali tahdidlarni ba’zida eng oddiy “hayotdan shikoyat”, deb qabul qilish mumkin, chunki bunday holat charchash, asabiylashish natijasida hammada ham sodir bo’ladi.
16. O’lishga ahd qilish oshkor qilinganda buni jiddiy qabul qilish kerak. Bu arzi holni o’z joniga qasd qilishga tayyorlanishdan to’g’ridan-to’g’ri ogohlantirish, deb izohlash mumkin. Bunday vaziyatlarda suitsidentga nisbatan shafqatsiz, agressiv munosabatda bo’lmaslik kerak, bu tahdidni tezroq amalga oshirishga turtki beradi. Aksincha, uni tinchlantirish, yordam taklif qilish, mutaxassis maslahatiga borishni tavsiya etish lozim.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling