Pedagogika va psixologiyasi


Suitsidal xavfni aniqlash


Download 299.48 Kb.
bet40/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

Suitsidal xavfni aniqlash
Xavfdan darak beruvchi turli belgilar mavjud. Xususan, suitsidal xulq-atvorning keng tarqalgan belgilari quyidagilar hisoblanadi:
Xayolan o’ziga ketmoq. Har bir odam uchun yolg’izlikka intilishi tabiiy va normal holat. Ayniqsa, o’smirlikda bu istak tabiiy hisoblanadi. O’smirlar hayot haqida o’ylaydilar, o’z dunyolarini, o’z makonlarini quradilar va bunga yaqin qarindoshlari kirishini cheklaydilar. Masalan, o’smirning xonasi eshigida “Kirish mumkin emas, qo’riqlanadigan hudud”, degan yozuv paydo bo’ladi. Yodda tutish lozimki, agarda odamovilik uzoq davom etsa, o’smir o’zi bilan o’zi bo’lib qolsa, do’stlaridan ajralsa, bu yakkalanish simptomi bo’lib, qanaqadir “chidab bo’lmaydigan” vaziyatdan qochish hisoblanadi.
Serxarxashalik, injiqlik. Har bir odam vaqti-vaqti bilan injiq, ma’yus bo’lib qoladi. Bu holat o’smirlarda ob-havo, charchoq, ma’lumotlarning ko’payib ketishi, sevib qolganlik, maktabdagi yoki oilaviy kelishmovchiliklar sababli yuzaga kelishi mumkin. Agar o’smirning kayfiyatida har kuni ko’tarinkilik yoki tushkunlik kabi o’zgarish kuzatilsa, xavotirlanishga sabab mavjud.
Depressiya. Bu juda chuqur emotsional tushkunlik bo’lib, har bir odamda o’zicha namoyon bo’ladi. O’smirlar bunday vaziyatda odamovi bo’lib qoladilar, yakkalanib, o’zlarining hislarini niqoblaydilar, shu sababli atrofdagilar uzoq vaqt uning xulqidagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Bunday vaqtda yagona yo’l – to’g’ridan-to’g’ri, ochiqchasiga suhbatlashish, emotsional tushkunlikning sababini aniqlash.
Agressivlik. O’z joniga qasd qilish akti birdan g’azablanish, nafrat, qahr, shafqatsizlik natijasida yuz beradi. Ko’pincha, bunday hodisa suitsidentning o’ziga e’tibor qaratish, yordamga chaqirishga intilishi natijasida ro’y beradi. Odatda, bunday chaqiruv aks ta’sir beradi – atrofdagilar uni yomon ko’radi, agressiv o’smirdan uzoqlashadilar. Oxirgi vaqtlarda o’ziga xos bo’lmagan nafratlanish, jahldorlik, agressivlik kuchaygan bolalar va o’smirlarga e’tibor berish lozim.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling