Pedagogika va psixologiyasi


Download 299.48 Kb.
bet43/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

Siz nima qila olasiz?
-o’z bolangizga e’tiborli bo’ling;
-unga o’z muhabbatingizni ko’rsatishni o’rganing;
-bola bilan ochiqchasiga gaplashing;
-bolani eshtishni o’rganing;
-o’z joniga qasd qilish haqida to’g’ridan-to’g’ri so’rashdan qo’rqmang;
-bolani muammolar bilan tashlab qo’ymang;
-muammoni echishga konstruktiv yondashuvni taklif qiling;
-har qanday vaziyatni konstruktiv hal qilish mumkinligiga umidlantiring;
-bola uchun muhim bo’lgan shaxslarni yordam berishga jalb eting;
-yordam uchun mutaxassislarga murojaat qiling.
Suitsidga moyil o’smirlar bilan ishlashda quyidagilar e’tibor berish maqsadga muvofiq:
-tanbeh bermang;
-uni e’tiborsiz qoldirmang, e’tibor qozonishga harakat qiling;
-“Shu ham muammomi?”, “Sen hammadan zo’r yashaysan” deb aytmang;
-bahslashmang;
-noo’rin taskin bermang;
-o’smirning ustidan kulmang.
E’tiborli va mehribon ota-onalarga maslahatlar:
-bolangizga uni yaxshi ko’rishingizni ko’rsating;
-tez-tez quchoqlab, o’pib turing;
-og’ir vaziyatlarda madad bering;
-hayotiy vaziyatlardan chiqish yo’llarini o’rgating;
-o’ziga ishonch uyg’oting;
-o’z kechinmalarini o’yin, rasmlar, mashg’ulotlar orqali namoyon qilishda bolaga yordam bering.
Bu so’zlar bolaning qalbini erkalaydi....
-Sen eng sevimlisan!
-Sen ko’p narsaning uddasidan chiqasan!
-Rahmat!
-Sensiz biz nima ham qilardik!
-Yonimga kel!
-Biz bilan o’tir!
-Senga nima bo’ldi, menga ayt!
-Men senga yordam beraman...
-Sening muvaffaqiyatlaringdan quvonaman!
-Nima bo’lganda ham sening uying – sening qo’rg’oning!
-Yaxshiyam sen borsan!


5.3.Suitsidga moyil bo’lgan o’smirlarga tavsiyalar
Bolalar va o’smirlar suitsid haqida nimalarni bilishlari zarur:
Modomiki, har yili suitsid ko’pgina yoshlarning hayotiga xavf solayotgan ekan, hamma o’smirlar suitsid nima ekanligi va u bilan kurashish yo’llarini o’zlarida tasavvur qilishlari zarur. Esda tut, suitsid bilan kurashishga bitta odam etarli – u sen.
Avvalambor, suitsidga qo’l urayotgan o’rtoqqa yordam berishdan oldin suitsid va suitsident haqida asosiy ma’lumotlarga ega bo’lish muhimdir. Ayniqsa, suitsid haqida ishonchli ma’lumotlardan ko’ra, tez tarqaluvchi yolg’on ma’lumotlar haqida bilish muhimdir. Hozir sen og’ir ahvoldagi do’sting yoki tanishingga samarali yordam ko’rsatish uchun suitsid haqida ma’lumot olasan.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling