Pedagogika va psixologiyasi
Bolalar va o’smirlarda suitsid xavfining oldindan taxmin qilish jadvali (A.N.Volkov)
Download 299.48 Kb.
|
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suitsidal xavf so’rovnomasi (T.N.Razuvaeva tomonidan modifikatsiya qilingan) Maqsad
Bolalar va o’smirlarda suitsid xavfining oldindan taxmin qilish jadvali (A.N.Volkov)
25 ball to’plagan bolalar suitsid xavfli guruhga kiradi. Suitsidal xavf so’rovnomasi (T.N.Razuvaeva tomonidan modifikatsiya qilingan) Maqsad: suitsidal xavfning ekspress-diagnostikasi hisoblanib, suitsidal fikrning jiddiy o’z joniga qasd qilishga urinish ekanligidan ogohlantirish maqsadida uni shakllanish darajasining namoyon bo’lishidir. 8–11-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, uni individual va guruhiy test shaklida o’tkazish mumkin. Yo’riqnoma: Men fikrlarni o’qiyman, siz esa, javoblar varaqasida fikrlarga rozi bo’lsangiz “Q”, fikrlarga rozi bo’lmasangiz “-” ishorasini qo’yasiz. 1.Hammangiz, boshqalarga nisbatan o’zingizni sezgir his qilasiz. 2.Sizni ko’pincha qayg’uli o’ylar qiynaydi. 3.Siz hayotda o’zingiz istagan mavqega erishishni umid qilmaysiz. 4.Siz omadsizlikka uchrasangiz, yangi ish boshlashingiz qiyin. 5. Sizni hayotda omadingiz kelmaydi. 6. Siz uchun ilgariga qaraganda o’qish qiyinlashib bormoqda. 7. Aksariyat odamlar sizdan ko’ra hayotdan mamnun. 8. Siz uchun o’lim gunohlarni yuvish hisoblanadi, deb o’ylaysiz. 9. Etuk insongina hayot bilan vidolashishi mumkin. 10. Vaqti-vaqti bilan sizda kulgu yoki yig’ini to’xtata olmaslik xuruji tutadi. 11. Siz kutmagan insonlarning do’stona munosabatda bo’lganlarga ehtiyotkorlik bilan qaraysiz. 12.Siz o’zingizni halokatga mahkum deb hisoblaysiz. 13. Agarda bu noqulayliklar bilan bog’liq bo’lsa, kamdan-kam insonlargina boshqalarga chin dildan yordam berishga harakat qiladi. 14. Sizni hech kim tushunmayotgandek, taassurot uyg’onadi. 15. Agar odam birovlarni qiziqtiradigan qimmatbaho narsani nazoratsiz qoldirsa, kim o’g’irlagan bo’lsa, o’shanchalik aybdor sanaladi. 16. Sizning hayotingizda hammasi tugagandek ko’ringan omadsizliklar bo’lmagan. 17.Siz o’z taqdiringizdan qoniqasiz. 18. Sizning o’ylashingizcha, har doim o’z vaqtida nuqta qo’yish kerak. 19. Hayotingizda sizning qarorlaringizga o’z ta’sirini o’tkaza oladigan va hatto o’zgartiradigan odam bor. 20. Mabodo sizni xafa qilishsa, xafa qilgan odamning nohaqligini qanday bo’lmasin isbotlashga harakat qilasiz. 21. Bu sizning gapirishingizga xalaqit berishidan tez-tez xavotirlanasiz. 22. Siz tushgan vaziyat adolatsizdek tuyuladi. 23. Ba’zida siz nojo’ya va hatto yomon ish qilib qo’ygandek bo’lasiz. 24. Kelajak sizga zulmatdek tuyuladi. 25.Aksariyat odamlar egri yo’l bilan foyda qilishadi. 26. Jiddiy rejalar tuzish uchun kelajak judayam noaniq. 27.Sizning yaqin oradagi xavotirlaringizni kamdan-kam odamlar boshdan o’tkazgan. 28. Siz noxushliklarga judayam chuqur qayg’urasizki, hatto xayolingizdan chiqarib tashlolmaysiz. 29. Ko’pincha, siz ehtiroslarga berilgan holda o’ylamasdan harakat qilasiz. Download 299.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling