Pedagogika va san’AT
Tajriba sinov ishlarini tahlil qilish
Download 244.09 Kb.
|
O’smirning nizoli xulq-atvorni guruhdagi tengdoshlari munosabatiga ta’siri
3.2. Tajriba sinov ishlarini tahlil qilish.
A.Shpilovning “Nizolashuvchanlik darajasini o’rganish” testining yo’riqnomasi bilan sinfdagi sinaluvchilarni tanishtirdik. Sinaluvchilar umumiy soni 20 nafar.Test varaqalarini tarqatdik va izoh talab etadigan so’zlarga to’xtalib o’tdik. Masalan: 8-savolning b- javobidagi “revansh” so’zi “o’ch (qasos) olmoq “ ma’nosini bildiradi. Sinaluvchilardan savollarga diqqat bilan o’qib ko’rishlarini va javoblarni belgilayotganda e’tiborli bo’lishlarini so’radik. Testni belgilayotganda har bir o’quvchini kuzatishga harakat qildik. Barcha sinaluvchilar testni e’tibor bilan bajarishdi. Tushunmagan savollarini tushuntirdik. Test jami 8 ta savoldan iborat. Bajarish uchun 10 daqiqa vaqt ajratdik. Shu vaqt ichida sinaluvchilar testni bajarib berishdi. Natijalar tahliliga ko’ra 12 nafar o’quvchi past darajada nizolashuvchanlikka moyil. 22-32 ballar - past darajadagi nizolilik: xushmuomala, tinchlikparvar shaxs, bahs va nizolardan uddaburonlik bilan uzoqlashadi, uy va ishda tanqidiy vaziyatlarga tushmaslik chorasini ko’radi. Ular moslashuvchan insonlardir. ”Rost so’z kelsa otangni ham ayama “degan shior ular uchun aslo mos emas. 8 nafar o’quvchi o’rta darajada nizolashuvchanlikka moyil. 12-20 ballar - o’rtacha darajadagi nizolilik : nizoli insonlar bo’lishadi. Aslida ular faqatgina nizodan boshqa yo’l qolmagandagina bunga borishadi. Ular o’zlarining fikr-mulohazalarini qat’iy bildiraverishadi, bu do’stona yoki hamkasblik munosabatlarida qanday aks etishidan qat’iy nazar , chegaradan chiqishmaydi, haqoratga o’tishmaydi, to’g’rilikni sevishadi va hurmatini saqlaydi. Natijalar tahlili shuni ko’rsatadiki , sinfda yuqori darajada nizolashuvchanlikka moyil o’quvchilar aniqlanmadi. Test natijalari bilan sinf rahbarini ham tanishtirib o’tdik. Maktab psixologlaridan tavsiyalar oldik. Xulosa qilib aytganda o'smirlar o'rtasida nizolarni kelib chiqishi va ularni bartaraf etish fikrimizcha ota-ona, maktab, mahalla hamkorligiga bog'liq. Hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yilsa, mahallalarda inspektorlar va maktab rahbariyati tomonidan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar ko'proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. XULOSA O’smir aql –zakovatini kamol toptirish uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur usullarini o’rgatib borish zarur . Bunda mantiqiy xotiralarni tuzatib borishni aslo yoddan chiqarmaslik kerak. O’qituvchilar jamoasi har qancha urinishidan qat’iy nazar ta’lim jarayonida tarbiyasi qiyin o’smirlar ham uchrab turadi. Hozirgi davrda bunday o’quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash usuli yaratilgan. F’el atvoridagi nuqsonlarining xatti-harakatining nosog’lomligining oldini olish va tuzatish yo’llari ilmiy asosda ishlab chiqildi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tarbiyasi qiyin ,injiq,xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy sabablaridan tashqari pedagogic va psixologik sabablar ham mavjud. O’quvchilarda nojo’ya xatti-harakatlar paydo bo’lishining sabablari va turtkilari har xildir. Shaxsning biologik o’sishidagi nuqsonlar sezgi organlaridagi kamchiliklari o’qishga salbiy ta’sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperamentidagi qusurlar tarbiyasi qiyinlarni keltirib chiqaradi. Shaxsning psixik o’sishidagi kamchiliklar aql idrokning zaif rivojlanishini , irodaning bo’shligi , hissiyotning kuchsizligi zaruriy ehtiyoj va qiziqishlarning mavjud emasligi o’smirning intilishi bilan mavjud imkoniyati o’rtasidagi nomutanosiblik va boshqalar xatti-harakatlarni izdan chiqaradi. Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar:axloqiy hislatlarning yetishmasligi , o’qituvchi, sinf jamoalari , oila a’zolari bilan noto’g’ri muloqot ishyoqmaslik , bo’sh vaqtini to’g’ri taqsimlamaslik va boshqalar ham nizoli xulq-atvorni keltirib chiqaradi.Shaxsning bilim , o’quv faoliyatidagi kamchiliklari : aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana olmaslik , eng muhim bilim, ko’nikma va malakalarni egallashdagi uzulishlar. Tarbiyasi qiyin o’smirlardagi xususiyatlarni o’rganishning yana bir yo’li alohida- alohida suhbat o’tkazish orqali ularning ruhiy kechinmalari bilan tanishishdir. Suhbat davomida yaxshi va yomon xulq-atvor, xatti-harakatlar yuzasidan keng ma’lumot to’planadi. Mazkur jarayonda amalga oshiriladigan har xil xatt-harakatlarni baholash va ularni sharhlab berish lozim. O’smirlar bilan suhbat orqali ularning kelajak rejalari, orzu umidlari , intilishlari , jismoniy va aqliy mehnatga yaroqliligi aniqlanadi. O'smir tajovuz haqida ma'lumotni tengdoshlari bilan muloqotdan ham oladi. Bolalar boshqa bolalarning xatti-harakatlarini kuzatish orqali o'zlarini tajovuzkor tutishni o'rganadilar. Tengdoshlar bilan o'ynash bolalarga tajovuzkor javoblarni (musht tashlash yoki haqorat qilish kabi) o'rganish imkoniyatini beradi. A.I. Zaxarovning fikricha, o‘smirlar bir-birlarini turtib, quvib, masxara qiladigan, tepadigan va bir-birini xafa qilishga urinishlari – tajovuzkor xatti-harakatlarga o‘rgatishning nisbatan “xavfsiz” usuli bo‘lishi mumkin. Biroq, o'ta tajovuzkor bo'lganlar, o'z yosh guruhidagi ko'pchilik tomonidan rad etilishi ehtimoli ko'proq. Boshqa tomondan, bu tajovuzkor o'smirlar, ehtimol, boshqa tajovuzkor tengdoshlari orasida do'stlar topadilar. Albatta, bu qo'shimcha muammolarni keltirib chiqaradi, chunki tajovuzkor kompaniyada uning a'zolarining tajovuzkorligi o'zaro kuchayadi. Tarbiyasi qiyin o’smirlarning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga burib yuborish uchun ularga mas’uliyat , g’urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni tarkib toptirish lozim.Buning uchun ularning yoshi , kuchi , qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib topshiriqlar berish ayni muddaodir. Ularni o’zlari qiziqqan to’garaklarga jalb qilish orqali o’qishga va tengdoshlariga salbiy munosabatlarini asta sekin yo’qotib boriladi. Download 244.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling