Pedagogika va san’AT


III BOB. O’SMIRNING NIZOLI XULQ-ATVORI BORASIDA TAJRIBA SINOV ISHLARI


Download 244.09 Kb.
bet8/10
Sana02.02.2023
Hajmi244.09 Kb.
#1147729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’smirning nizoli xulq-atvorni guruhdagi tengdoshlari munosabatiga ta’siri

III BOB. O’SMIRNING NIZOLI XULQ-ATVORI BORASIDA TAJRIBA SINOV ISHLARI
3.1.O’smirning nizoli xulq-atvori borasida tajriba sinov ishlarini olib borish
O’smirning nizoli xulq-atvorini tengdoshlari munosabatiga ta’sirini o’rganish borasida tajriba sinov ishlarini Termiz shahridagi 12-umumiy o’rta ta’lim makabida olib bordik. Maktab psixologlari va sinf rahbarining tavsiyasi bilan 8-v-sinf o’quvchilarida “Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash” so’rovnomasini o’tkazdik. Mazkur metodika A.Shpilov tomonidan ishlab chiqilgan.
Nizolilik darajasini baholash (A.Shpilov) testi
Yo‘riqnoma: Har bir savolga berilgan Sizga eng mos bo‘lgan bitta javob variantini tanlang.
1. Baland ovozda tortishuv boshlandi. Sizning munosabatingiz (reaksiya).
a) Ishtirok etmayman.
b) O‘zim haq deb bilgan tomon uchun, qisqa fikrimni bildiraman.
v) Faol tarzda aralashaman, fikrlarimni qat’iy bildiraman.
2. Rahbariyatga nisbatan yig’ilishlarda tanqid bildirasizmi?
a) Yo‘q.
b) Asos bo‘lsa bildiraman.
v) Istalgan vajdan kelib chiqib nafaqat rahbariyat, balki rahbariyatni himoya qilayotganlarni ham tanqid qilaman.
3. Hamkasblaringiz bilan bahslashasizmi?
a) Hafa bo‘lmaydigan inson bo‘lsagina.
b) Faqat muhim masalalar bo‘yicha.
v) Bahslar mening jonu dilim.
4. Navbatda turganda, kimdir navbatni aylanib o‘tib ketmoqchi bo‘lsa Siz…
a) Ichimda jahlim chiqadi.
b) Tanbeh beraman.
v) Oldinga o‘taman va tartibga rioya etilayotganini nazorat qilaman.
5. Tushlikka tuzi past ovqat tortishdi. Sizning munosabatingiz (reaksiya)…
a) Mayda narsalardan to‘polon ko‘tarmayman.
b) Jimgina tuzdonni olaman.
v) Zaharxanda tanbeh berishim yoki ovqatdan voz kechishim mumkin.
6. Agar ko‘chada yoki jamoat transportida sizning oyog‘ingizni bosib olishdi.
a) Oyog‘imni bosgan odamga taajjublanib qarab qo‘yaman.
b) Tanbeh berib qo‘yaman.
v) Ichimdagi bor gapni aytib tashlayman, janjal chiqarishim ham mumkin.
7. Yaqinlaringizdan kimdir yangi buyum sotib oldi va u sizga yoqmadi….
a) Indamayman.
b) Murosaviy tarzda, odob bilan aytib o‘taman.
v) Ichimdagi bor gapni aytaman, janjal chiqarishim ham mumkin.
8. Lotoreyada omad kelmadi. Sizning munosabatingiz (reaksiya)..
a) E’tiborsiz ko‘rinishga harakat qilaman…
b) Ranjiganimni yashirmayman, revansh olishni va’da qilib, yumor bilan munosabatda bo’laman…
v) Ichimdagi bor gapni aytib tashlayman, janjal chiqarishim ham mumkin…
Natijalar tahlili: Har bir javob variantini quyidagicha hisoblang. A - 4 ball, B - 2 ball, V - 0 ball.
22-32 ballar – past darajadagi nizolilik – xushmuomala, tinchlikparvar shaxs, bahs va nizolardan uddaburonlik bilan uzoqlashadi, uy va ishda tanqidiy vaziyatlarga tushmaslik chorasini ko‘radi. Ular moslashuvchan insonlardir. “Rost so‘z kelsa otangni ham ayama” degan shior ular uchun aslo mos emas.
12-20 ballar – o‘rtacha darajadagi nizolilik – nizoli insonlar bo‘lishadi. Aslida ular faqatgina nizodan boshqa yo‘l qolmagandagina bunga borishadi. Ular o‘zlarining fikr - mulohazalarini qat’iy bildiraverishadi, bu do‘stona yoki hamkasblik munosabatlarida qanday aks etishidan qat’iy nazar. Chegaradan chiqishmaydi, haqoratga o‘tishmaydi, to‘g‘rilikni sevishadi va hurmatini saqlaydi.
10 ballgacha – yuqori darajadagi nizolilik – bahs va nizolar ular uchun suv va havodek. Boshqalarni tanqid qilish ularning jonu-dili, lekin o‘ziga qaratilgan tanqid muallifini “yeb qo‘yishdan” ham toymaydi. Ularning yonidagi insonlarga juda qiyin. Ularning o‘zini tuta olmasligi yoki qo‘polligi atrofdagilarni uzoqlashtiradi. Ularga o‘zlarining janjalkashligini yengish foydadan holi bo‘lmaydi.

Download 244.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling