Pedagogika yo’nalishi
Download 21.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqTezis Abdulla Avloniyning asarlaridagi pedagogik gʻoyalar
Asosiy qism:
Milliy istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma`naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat ‘‘Adabiyot yoxud milliy she`rlar’‘ hamda ‘‘Birinchi muallim” , ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq” , ‘‘Ikkinchi muallim” , ‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o'qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun manba bo'la oladi. Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishi alohida e`tiborni tortadi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy o'qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g’oyaviy to’liqlikni, kitoblardagi o’ziga xos xususiyatlarni o'rganib chiqish zarur.Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo‘lar, desak xato bo‘lmas.Kitob maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi: Maktab sizi inson qilur, Maktab hayot ehson qilur, Maktab g‘ami vayron qilur, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! Maktabdadur ilmu kamol, Maktabdadur husnu jamol, Maktabdadur milliy xayol, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur», -deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega.O‘zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga«Pedagogiya», ya'ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta'rif berdi. Tabiiy bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi: 1. «Tarbiyaning zamoni». 2. «Badan tarbiyasi». 3. «Fikr tarbiyasi». 4.«Axloq tarbiyasi» haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. «Tarbiyaning zamoni» bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi.«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur» deb uqtiradi, Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydi adib.Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan -uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir». Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarningfaoliyatlariga alohida e'tibor beradi. «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi ma'rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to‘g‘risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur»2.Adibning obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, ya'ni chaqib uni po‘chog‘idan ajratib olish kerak. U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa,xalq farovonligi yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir. A.Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston...» asarining «Yomon xulqlar» qismi 18 bobdan iborat. Muallif insonning bunday xulqlarini «saodati adabiyadan mahrum, hayoti jovidonimiz uchun masmum bo`lgan axloqi zamimalar...» deb ataydi. A. Avloni kishilarning ham ijobiy xuldarini, ham salbiy xulldarini bayon qilib, kitobxonlar mulohazasiga havola qiladi. U «Bu sanalgan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go`zalligini insof muvozanasi ila o`lchab, vijdon muhokamasi ila tahqiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak yomonlarini onglab, hozir qilmak lozimdur», deydi.A. Avloniy qazabning ikki xil xususiyatini bayon qiladi. A. Avloniy bu haqda Imom Shofe`i havzratlarining so`zlarini keltiradi: «Qilich va nayza ila hosil bo`lmagan ko`p ishlar yumshoqlik va muloyimlik ila hosil bo`lur, azabning zarari egasiga qaytur», -demishlar. A. Avloniy asarning «Yomon xulqlar» qismida yana bir nihoyatda muhim masalaga e`tiborni qaratadi. Bu «Jaholat» va «Aqsomi jaholat» boblaridir. Jaholat nodonlikdan, ilmsizlikdan hosil bo`ladi. Insoniyatning eng g`addor dushmani jaholatdir. Asar muallifi jaholatni ikki qismga ajratadi: biri «jahli bosit» («oddiy jaholat»), ikkinchisi «jahli murakkab». «Jahli bosit» kasaliga mubtalo bo`lganlari biror narsani bilmaydilar va bilmaslikdlarini e`tirof etadilar. Bularning avomi nisbatan oson, ularni o`qitish, o`rgatish bilan bu maarazdan foruh qilish mumkinkabi bir qancha odob-axloq masalalariga o‘z asarlarida jiddiy e’tibor qaratgan. Birinchi muallim 1909-yilda yozilgan.Boshlang`ic h sinf o`quvchilari ga mo`ljallang an o`zbek tilida yengil usulda yozilgan alifbo risolasi. Ikkinchi muallim 1912-YILDA YOZILGAN. Birinchi muallimning mantiqiy davomi sifatida boshlang`ich sinf o`quvchilariga alifbodan so`ng o`qish uchun mo`ljallangan ochiq til va oson uslubda yozilgan axloqiy hikoyalar adabiy she`rlar bilan ziynatlangan o`qish kitobidir. Ikkinchi muallim 1912-YILDA YOZILGAN. Birinchi muallimning mantiqiy davomi sifatida boshlang`ich sinf o`quvchilariga alifbodan so`ng o`qish uchun mo`ljallangan ochiq til va oson uslubda yozilgan axloqiy hikoyalar adabiy she`rlar bilan ziynatlangan o`qish kitobidir. Turkiy guliston yoxud axloq 1913-YILDA YOZILGAN. Yuqori sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm, axloq kitobidir. Maktab gulistoni Maktab gulistoni 1916-YILDA YOZILGAN Ikkinchi sinfdan boshlab o`qiladigan adabiy va axloqiy hikoyalar va she`rlar to`plami YILDA YOZILGAN Ikkinchi sinfdan boshlab o`qiladigan adabiy va axloqiy hikoyalar va she`rlar to`plami. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom 1913-yil o`zbek adabiyoti tarixidagi oxirgi namunasi hisoblanib, uchunchi va to`rtinchi sinflar uchun mo`ljallangan payg`ambarlar tarixi haqida, yosh avlodni haq yo`liga chorlash va e`tiqodlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi darslikdir. Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halok at, yo saodat, yo falok at masal asidir. Dunyoning sodiq do’stlar ila suhbat qilmoqdadn iborat. Axloqiy talimiy asarlar darsliklar yozib o`zbek ma`rifatchiligida sezilarli iz qoldirgan, milliy uyg`onish davri adabiyotining maydonga kelishi va rivojiga katta hissa qo`shgan ABDULLA AVLONIY ijodi bugun ham manaviyatimizni boyitishga xizmat qilib kelmoqda. Xulosa Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom 1913-yil o`zbek adabiyoti tarixidagi oxirgi namunasi hisoblanib, uchunchi va to`rtinchi sinflar uchun mo`ljallangan payg`ambarlar tarixi haqida, yosh avlodni haq yo`liga chorlash va e`tiqodlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi darslikdir. Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halok at, yo saodat, yo falok at masal asidir. Dunyoning sodiq do’stlar ila suhbat qilmoqdadn iborat. Axloqiy talimiy asarlar darsliklar yozib o`zbek ma`rifatchiligida sezilarli iz qoldirgan, milliy uyg`onish davri adabiyotining maydonga kelishi va rivojiga katta hissa qo`shgan ABDULLA AVLONIY ijodi bugun ham manaviyatimizni boyitishga xizmat qilib kelmoqda. Download 21.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling