Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari


Abdullo Avloniyning “Turkiy


Download 1 Mb.
bet17/23
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1590504
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
minmum javobalari

Abdullo Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”
asarining tarbiyaviy ahamiyati
X IX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) oʻlkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilgʻor ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878–1934)ning xizmatlari koʻp. U maktablar ochib, shaxsan oʻzi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan taʼminlash ishiga katta hissa qoʻshdi. Uning qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni “asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari oʻzbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Saʼdiy (1184–1310)ning “Guliston” asaridan taʼsirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: “Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqgʻa gʻayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tabʼihada muvaffaq oʻldum, chunki Turkiston maktablarida oʻz shevamizda (oʻzbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal “Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanligʻi oʻzum muallimlar jumlasidan oʻldigʻimdan manga ham ochiq maʼlum oʻldi. Shuning uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻngidan adibi muhtaram shayx Saʼdiy usulida yozmoqni, garchi ogʻir ish bolʼsa ham, oʻzimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan koʻtarmakni munosib koʻrdim”. Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud axloq” Saʼdiyning “Guliston” asari usulida oʻzbek tilida yozilgan axloq kitobidir.
XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar
Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar. Qiyosiy pedagogik tizim bu qiyosiy pedagogika metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional, milliy tajribalarini oʻrganish va tadbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek, pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq oʻquv muassasida rivojlantirish boʻyicha qiyoslashga yoʻnaltirilgan dinamik pedagogik tizimdir.
Qiyoslash texnologiyasi ikkita boʻlimdan iborat boʻlib, birinchisi “oʻrganish va qayd qilish”, ikkinchisi “tuzish va tadbiq qilish” deb nomlanadi.
“Oʻrganish va qayd qilish” boʻlimida qiyosiy tadqiqotlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ta’lim tizimi va uning elementlarini rivojlanish holati va yoʻnalishlarini aniqlash;
- ma’lumotlarni toʻplash;
- aktlarni tahlil va tasnif qilish;
- qiyoslash mezonlarini tanlash.
“Tuzish va tadbiq qilish” boʻlimidagi qiyosiy tadqiqotlar esa quyidagicha amalga oshiriladi:
- oʻrganilayotgan obyektning prognostik modelini tuzish;
- tadbiq qilish shakli, metodi va chegaralari, xususiylik va umumiylikni aniqlash;
- eng maqbul modelni tuzish;
- ta’lim muassasalariga tatbiq etish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon omillaridir. Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar, yillarda taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik nazariyalar oʻrganiladi. Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlarning pedagogik tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida makon omiliga koʻra turli davlatlar ta’lim modelini taqqoslab koʻramiz. Masalan: Amerika modeli: kichik oʻrta maktab → oʻrta maktab → katta oʻrta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling