Pedagogikasi – xalqning umumiy ma`naviy madaniyatini tashkil qiluvchi va ajralmas qismidir
Pedagogik texnika haqida tushuncha
Download 22.04 Kb.
|
Hozirgi zamon pedagogikasida ilmiy pedagogik adabiyotlarda pedagogik
4.Pedagogik texnika haqida tushuncha.
Mahoratli usta–pedagog muvaffaqiyati sirlariga chuqur kirib borgan sari uning faoliyatidagi pedagogik ta’sir usullarining aniqligi, turli amaliy topshiriqlarni san’atkorona qo’ya olishi va hal eta olishining guvohi bo’lamiz. Bu erda mahsus ko’nikmalar: o’quvchilarni izchil o’quv–biluv faoliyatiga jalb eta olish, savol qo’ya olish, jamoa va alohida shahs bilan muloqotga kirisha olish, kuzatuvchanlik, jamoani tashkil eta olish, o’z kayfiyati, ovozi, mimikasi va hatti–harakatlarini boshqara olish kabilar muhim o’rin egallaydi. Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmuni va zohiriy ifodasidagi mos uyg’unlikni ta’minlashga hizmat qiladi. O’qituvchining mahorati ma’naviy madaniyat va pedagogik maqsadga muvofiq tashqi ifodaviylikda namoyon bo’ladi. SHunday qilib, texnika – bu usullar, mahsus ko’nikmalar majmuidir. Uning vositasi – nutq va muomalaning noverbal vositalari. Pedagogik texnika komponentlarini ikki guruhga bo’lib o’rganamiz: 1 – guruh komponentlariga o’qituvchining hulq – atvorini boshqarishiga oid ko’nikmalar kiradi. Bular – o’z tanasini boshqarish (mimika, pantomimika); hissiyotlari va kayafiyatini boshqarishi; ijtimoiy–pertseptiv qobiliyatlar (diqqat, kuzatuvchanlik, tasavvur); nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, talaffuz, nutq sur’ati). 2 – guruh komponentlar jamoaga va shahsga ta’sir ko’rsata olish ko’nikmalari hamda ta’lim jarayonining tehnologik tomonlari bilan bog’liq. Bular – didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ ko’nikmalar, talab qo’yish, pedagogik muloqotni boshqarish, jamoa ijodiy ishlarini tashkil etishning tehnologik usullari. Dars va tarbiya jarayoni tehnologiyasi keyingi mavzularda atroflicha yoritilishini inobatga olib, bu mavzuda faqat o’qituvchi hulq–atvorini tashkil etishga oid masalalar hususida to’htalamiz. YOsh o’qituvchilarning faoliyatida uchraydigan odatiy kamchiliklar. O’qituvchi faoliyatiga oid olib borilgan tadqiqotlar endigina ish boshlagan o’qituvchilar faoliyatida uchraydigan bir nechta odatiy kamchilik – nuqsonlar mavjudligini ko’rsatdi. Bu o’qituvchilarning ko’p yo’qotishlari o’quvchilar, ularning ota–onalari bilan dildan erkin suhbat qura olmaslik, qahr–g’azabni saqlab turish yoki aksincha, uni namoyon etish, ishonchsizlik oqibatida sodir bo’ladi. O’zlarining birinchi darslari haqida yozgan ishlarida talabalar o’z nutqlaridan havotirlanganliklari, haddan ziyod qattiqqo’llik qilganliklari, ochilib gaplashishga qo’rqanliklari, doskaning u yog’idan bu yog’iga borib kelganliklari, qo’l harakatlaridagi ortiqcha hatti–harakatlarga yo’l qo’ymasliklari yoki harakatsiz qotib qolganliklari, qo’llarini qayoqqa qo’yishni bilmaganliklari haqida yozishgan. Ko’pgina talabalarda gavda holatida elkalarning qisilib turishi, qo’l harakatlarining noo’hshovligi, qo’lda turli keraksiz narsalarni o’ynab turish kabi holatlar kuzatiladi. Ovoz texnikasidagi asosiy kamchiliklar bir hil ohangda gapirish, nutqining jonsiz, quruqligi, ifodali, obrazli qilib o’qish ko’nikmalarining yo’qligi ko’rinadi. Nutqdagi ko’pgina individual kamchiliklar – talaffuzning noaniqlik, ovozning optimal balandligini topa olmaslik bilan bog’liq. Bu kamchiliklarning barchasi o’qituvchi faoliyati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Talabalarning oliy o’quv yurtidagi ta’limi jarayonidayoq ularni yo’qotishga kirishish o’qituvchini o’quv–tarbiya jarayoniga rahbarlik qilishga tayyorlashning muhim omillaridan biridir. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling