Pedagogikasi fanining predmeti va asosiy
Tadqiqot metodlarga qо‘yiladigan talablar
Download 156.5 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodlarning turlari.
Tadqiqot metodlarga qо‘yiladigan talablar.
Ta’lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qо‘yiladi: 1. О‘quv materialini о‘rganish yо‘li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy istiqlol g‘oyasiga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. Shu talab nuqtai nazaridan qaraganda, ta’lim metodi tarbiyalovchi xarakterda bо‘lishi, ya’ni bilimlarni о‘zlarshtirishgagina emas, balki ta’limning tarbiyalovchilik imkoniyatlarini ishga solishga ham yordam berishi kerak. 2. Ta’lim metodi ilmiy dalilar bilan ravshan va aniq asoslangan bо‘lishi lozim. Ana shunda о‘qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qо‘yib, hal qilish mumkinligini va qanday vazifalarni amalga oshirib bо‘lmasligini kо‘ra oladi. Metodning ilmiyligi о‘quvchilarning ravshan va aniq fikr yuritishini: materiallarni о‘zlashtirish jarayonidagi dalil-isbot va muhokamalarning maqsadi, vositalari, usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarni ham bildiradi. 3. Ta’lim metodlarning tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. О‘quv materialini о‘rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda qо‘llanish uchun juda qulay bо‘lsa ham, о‘qitishning boshqa metodlari bilan birga qо‘llanilmaganda о‘quvchilar aqlining о‘sishiga uncha ta’sir kо‘rsatmasligi mumkin. 4. Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qо‘yiladigan yana bir talab – ularning tushunarli bо‘lishidir. О‘qitish yо‘li о‘quvchiga tushunarli va maqbul bо‘lishi, о‘quv materialini о‘rganish usullari esa uning bilimlarni о‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. 5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga о‘rgatish va о‘quv jarayonida kо‘rsatmali qurollardan iloji boricha kо‘proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Bolaning о‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bо‘lishi, о‘quv materiali mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi о‘qituvchining tushuntirish metodlariga va bolalarning bilimlarni о‘lashtirish usullariga bog‘liq. 6. Ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bо‘lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bо‘lishi lozim. О‘qituvchining tushuntirish va о‘quvchilarning о‘zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mо‘ljallangan natijani berishi kerak.Metodlarning turlari. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bо‘lib, ularning har biri о‘z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bо‘linadi. О‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini о‘zi uzatish, qabul qilish, anglash, о‘quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda qо‘llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga sо‘z orqali uzatish va axborotni (informasiyani) eshitish orqali qabul qilish metodlari, og‘zaki metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar; о‘quv axborotini kо‘rgazmali uzatish va kо‘rish orqali qabul qilish metodlari – kо‘rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; о‘quv axborotini amaliy mehnat harakati orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi. -Maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. Bunday vazifalarda tadqiq etish; birinchidan bolalar sogligini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi; ikkinchidan ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi; - uchinchidan Vatanga, tabiatga, jonajon о‘lkaga muhabbat, kattallarga xurmatni, о‘rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi; - tо‘rtinchidan estetik tarbiyani amalga oshiradi. Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bо‘yicha olib borilgan ilmiy - pedagogik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalarini ularning psixik - fiziologik imkoniyatlarini z’tiborga olgan xolda belgilash zarurligini kо‘rsatib berdi. Ular bolalar bogchasining «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturida о‘z aksini topgan. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling