Pedagogikasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

AHMAD AL - FARG’ONIY 
(798-865)
0 ‘rta asrlarning eng ko‘zga ko‘ringan allo- 
malaridan biri Abul Abbos Ahmad ibn Muham­
mad ibn Kasir al-Farg‘oniyning hayoti va ilmiy 
faoliyati haqidagi m a’lumotlar juda ham oz 
bo‘lib, taxminan 798 yil Farg‘onada tug‘ilgan. 
Yevropada «Alfraganus» nomi bilan tanilgan. 
Olim voyaga yetgach, Bag‘dod shahriga ketadi, 
xalifa al-M a’mun saroyidagi ilmiy maktab 
«Bayt ul-hikma»(«Hikmatlar uyi»)da dunyoga 
ilong taratgan mashhur 0 ‘rta Osiyo allomalari bilan birga ijod qiladi.


Bag‘dod va Damashq shaharlarida olib borilgan qator astronomik 
tajribalarda faol ishtirok etadi. Olim 861 yil Nil daryosi suvining miqdo- 
rini o ‘lchash uchun moMjallangan Qohiradagi Ravdo oroliga o ‘rnatilgan 
nilometrni ta’mirlagan. Bu uning iqtidorli muhandis ekanligidan ham 
dalolat beradi.
AI-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Osmon jismlari harakati 
va yulduzlar ilmi to ‘plami»dir. Shuningdek, «Geometriya va arifmetika 
yordamida mukammal shimoliy va janubiy asturloblarni yasash», 
«Asturlobdan foydalanish haqida kitob», «Oy yer ustida yoki uning 
ostida ekanida vaqtni aniqlash», «Quyosh soatini yasash», «A1- 
Xorazmiy zijini tushuntirish» kabi asarlari m a’lum.
Al-Farg‘oniyning astronomiyaga oid asarlari bir necha asrlar 
davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy 
darslik bo‘lib keldi. Olim bundan tashqari astronomik jihozlar va 
gidroinshootlar qurish ishlarida katta iste’dod sohibi ekanligini namoyon 
eta oldi.
ABU NASR FOROBIY 
(873-950)
Faylasuf va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy 
Sirdaryoning Forob (O ‘tror) shahrida tug'ilgan. U 
Sharqda juda mashhur boMib, qadimgi yunon ilmini 
juda yaxshi bilgani uchun «Sharq Aristoteli», 
«Ikkinchi muallim» (Aristoteldan so'ng) nomlari 
bilan ulug'langan. Forobiy boshlang‘ich m a’lumotni o ‘z vatanida, 
Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida olganidan so‘ng Bag'dod, 
Damashq, Misr kabi yurtlarda ilm olishni davom ettirgan.
Forobiy 70ga yaqin til bilgan, undan ilmning turli sohalariga 
bag1 ishlangan juda katta ilmiy meros qolgan, ya’ni falsafa, matematika, 
tibbiyot, astronomiya, mantiq, grammatika, fizika, kimyo kabi fanlarga 
oid asarlar yaratgan. «Masalalar manbai», «Qonunlar haqida kitob», 
«Ruhning mohiyati haqida», «Falsafaga izohlar», «Falsafa tushuncha- 
sining m a’nosi» risolalarida 
mashhur yunon faylasufi Aristotel va 
boshqa yunon olimlari asarlariga sharhlar yozgan.
«Fizika usullari haqida kitob», «Alkimyo ilmining zarurligi», 
«Inson a’zolari haqida risola», «Lug‘atlar haqida kitob», «Xattotlik 
haqida» kabi asarlari Forobiyning qomusiy bilimga ega boMganligini 
ko‘rsatadi.
21


Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifl» kitobida 30dan 
ortiq ilm-fanning ta’rifi beriladi, tabiiy va aniq fanlar bilan bir qatorda 
she’riyat, grammatika, orfografiya, lug‘atshunoslik, mantiq, fiqh, 
siyosatshunoslik kabi gumanitar ilmlar haqida ham m a’lumotlar beriladi. 
«Inson a ’zolari haqida» risolasida tibbiyot haqida ma’lumotlar, «Ilm va 
san’atning fazilatlari», «Aql masalalari haqida» risolalarida esa o ‘ta 
muhim falsafiy masalalar xususida so‘z yuritadi. Forobiy aqlli insonlar 
haqida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular 
fazilatli, o ‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni 
kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega: yomon ishlardan o ‘zini 
chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni 
o'ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb boMmaydi, 
ularni ayyor, aldoqchi degan nom bilan atamoq lozim».
«Baxt-saodatga erishuv yoMlari haqida risola» asarida o‘rta asrlarda 
birinchi bo‘lib jamiyatning tuzilishi haqida ta’limot yaratdi. Bu 
ta'lim otda o ‘zi orzu qilgan fozil jamiyat, davlatni boshqarish, ta’lim- 
tarbiya, axloq, m a’rifat, diniy e’tiqod, tinchlik, mehnat kabi mavzular 
yoritilgan. Fozil jamiyatda komil inson xislatlari vujudga kelishini 
ta’kidlagan.
Forobiy o ‘z hayoti davomida mashhur olim sifatida nom qozondi, 
uning asarlari turli tillarga tarjima qilindi, Sharq va G ’arb olimlari 
tomonidan chuqur o ‘rganildi.
Quyida allomaning «Baxt-saodatga erishuv» asaridagi pedagogik 
qarashlaridan turfa misollar keltiramiz:
1.Ziyraklik - bu insondagi tez fikrlilik, o ‘ylagan narsasini darrov 
topa 
olishi qobiliyatidir.
2.Ta’lim faqat so‘z va o ‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa 
amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy 
malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, 
o ‘rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni 
butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam 
oshig‘i bo‘ladilar.
3. Maqsadni amalga oshirishda qasd va g ‘ayrat qilish mo‘ljallangan 
ishni bajarishda katta ta'sirga egadir.
4. Inson o ‘z mulohazasi, ziyrakligini hamisha oshirib borishi kerak, 
agar aql yomonlikka qaratilsa, bu xislatlar razillik, makkorlik, 
aldamchilikka olib boradi.
5.Xalq aqlli kishilarni dono deb ataydi. Chunki ular insonlarga 
kerakli va foydali narsalami o ‘ylab topadilar.
22



Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling