Pedagogikasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

BILASIZMI?
«Qadrdon 
-
qirq 
yillik, 
Qimniatdon 
-
qirq 
kunlik» 
maqolining m a’nosini bilasizmi?
Qimmatdon - ishi bitguncha, manfaatlanib qolguncha seni maqtab, 
shirin muomalada bo‘lib, laganbardorlik qilib, atrofingda girdikapalak 
bo‘lib yuruvchi, ishi bitgandan keyin esa teskari qarab, ipini uzib 
ketadigan soxta do‘st. Maqoldagi «qirq yillik, qirq kunlik» deganda eng 
uzoq va eng yaqin davr nazarda tutilgan.
BU QIZIQ!
«Bilganing daryo bo‘lsa, bilmaganing - dengiz» iborasi 
«Men bilaman, ko‘p narsani bilaman, hamma narsani bilaman
deb maqtanma, chunki hali bilmagan narsalaring ko‘p, sendan 
ortiq biladiganlar ham ko‘p», - degan m a’noni anglatadi.
1.2. 
Xalq pedagogikasi va 0 ‘rta O siyo buyuk 
m utafakkirlarining pedagogik g ‘oyalaridagi uyg‘unlik
Jamiyatimizda yangilanish jarayoni ketayotgan, qadriyatlarimiz 
tiklangan bir paytda milliy - m a’rifïy boyliklarimiz sirasiga kiruvchi 
o'tm ish donishmandlari, buyuk allomalar va mutafakkirlarning bizga 
qoldirgan bebaho merosini o ‘rganish katta ahamiyat kasb etmoqda. 
Xalqimizni jahonga tanitgan buyuk siymolar, ulug‘ allomalar, mard va 
qahramon farzandlaming hayot yo‘li, butun faoliyati bugungi va kelajak 
avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib qoladi, zamonlar o ‘tishi bilan bu nodir 
m a’naviy 
durdonalarning 
qimmati 
va ahamiyati 
yanada 
oshib 
boraveradi. Ulug‘ ajdodlarimizning ana shu boy merosidagi pedagogik 
g'oyalar xalq pedagogikasida atroflicha o ‘rganiladi. Chunonchi, xalq 
pedagogikasi 
xalqning tarbiya bo‘yicha tajribalar majmui 
deb 
qaraladigan bo‘lsa, allomalarimizning yosh avlodni axloqiy tarbiyalash 
borasidagi pedagogik g ‘oyalari xalq donishmandligi, xalq dunyoqarashi 
bilan o'zaro uyg'un va chambarchas bog'liqdir.
18


Zaminimizda yashab o‘tgan, bugun ham dunyo ahlini hayratga 
solayotgan buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va mislsiz ilmiy- 
ijodiy kashfiyotlari, ulardagi axloqiy ta’limotlar haqida to‘liq m a’lu- 
motga ega bo'lish juda muhimdir. Zero, yurtboshimiz ta’kidlagan- 
laridek, «Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bunday ulug‘ 
zotlaming hayot yo'li va qoldirgan merosini to'liq tasvirlash emas, balki 
ularning eng buyuk namoyandalari timsolida m a’rifat, ilmu fan, 
madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o ‘zida uyg‘unlashtirgan 
xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini 
isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har 
tomonlama chuqur o ‘rganish, uning m a’no-mazmunini farzandlarimizga 
yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun 
jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz boMishi shart deb 
hisoblayman.»10
Bu fikrlar tarixda o'chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning 
ibratli hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqidagi bilimlarimizni kengay- 
tirishga da’vat etadi.

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling