Pedagogikasi
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J
Ulug‘ hakim saboqlari
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi. Men yuksak maqsadlaming eng cho‘qqisiga chiqib, yuksalishni istayman. Past maqsadlarga hech rozi bo'lmayman. Yo istagan maqsadimga erishaman, yo oMim meni bu yo‘lda halok qiladi. Xulqning muvozanatda boMishi badan salomatligini saqlaydi. So‘zning yomoni amal qilinmay bekor ketganidir. Siringni barchaga aytishdan ehtiyot bo'l, chunki mulohazakor degani-ehtiyotkor bo‘lish deganidir. Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, agar oshkor boMsa, sen siringni asiri bo‘lib qolasan. Boylikni topishibdi-yu, aql-idrokni y o ‘qotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yo‘qotgan narsalarining bahosi bir xilmidi? M a’rifatchi botir odam bo‘ladi, shunday bo'lmay ham bo'larmidi? U 0‘limdan ham qo‘rqmaydigan sahovat egasi bo‘ladi. Shunday bo'lmay ham bo‘larmidi! U barcha behuda narsalarga hirs qo‘yishdan uzoq va barcha adashganlarga mehribondir, shunday boMmay ham boMarmidi? U o ‘z nafsoniyati bilan ulug'vor boMadi, shunday bo‘lmay ham boMarmidi! Menga hasad qilgan kishilar bilan aloqamni uzdim, hatto ulaming nomlarini ham eslamadim, ular bo‘lsa bir umr menga hasad qilib kun kechirdilar. Modomiki, mening do'stim dushmanim bilan ko‘p o ‘tirgan ekan, endi men uni hech do‘stim deb bilmayman. Chindan ham zahar aralashgan shakardan parhez qilish kerak; ilonga qo'ngan pashshadan qochish kerak bo‘ladi. BILASIZMI? XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga ulug‘ ajdodimiz Ahmad Farg‘oniy nomi berilgan.Yevropalik olimlar Mirzo Ulug‘bekni «XV asr astronomi» unvoniga loyiq deb hisoblashgan. AQShda joylashgan Xalqaro Astronomiya Birlashmasi (IAU) esa Oyning ko‘rinib turadigan sirtidagi katta bir kraterni «Ulug‘bek krateri» deb atagan. 30 Atoqli astronom Yan Geveliy 1647 yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlaming ikkitasi vatandoshlarimiz Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug'bek nomi bilan atalishini ta’kidlagan. Biz-chi? Buyuk bobolarimizni va ularning asarlarini qanchalik bilamiz? BU QIZIQ! Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, u buyuk yunon faylasufi Aristotelning «Metafizika» kitobini 11 marotaba o ‘qib, tushuna olmagan ekan va bundan m a’yus tortib, hafsalasi pir bo‘lib, kitobni tokchaga tashlab qo‘ygan ekan. Kunlardan bir kuni u kambag‘al, bechora bir kishi qo‘lidagi kitobni odamlardan sotib olishlarini yolvorib turganini, yeyishga bir burda noni ham y o‘qligini aytib, zorlanib turganini ko‘rib qolibdi. Ibn Sino rahmi kelib, kitobni ko‘rib ham o'tirmay, sotib olibdi-da, uyga kelib varaqlay boshlabdi. Ko‘ribdi-yu, xursandchiligi ichiga sig‘may ketibdi. Kitob, o ‘zi izlab yurgan, Farobiyning Aristotelning «Metafizika» kitobiga yozgan sharhi ekan. Kitobni bir marta o‘qib chiqishdayoq, Aristotelni tushunib, uni to4a o ‘zlashtirib olgan ekan. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling