Pedagogikasi
Download 3.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
MIRZO ULUG’BEK
(1394-1449) Amir Temuming o ‘g ‘li Shohrux Mirzoning to‘ng‘ich o ‘g ‘li, buyuk davlat arbobi va olim Mirzo Ulug‘bek 1394 yil tavallud topadi. Uni bolaligida buvisi Saroymulkxonim tarbiyaladi. 0 ‘zi Qozizoda Rumiyni ustozim deb ta’riflaydi. 1411 yili Shohruh Mirzo 17 yoshli o ‘g ‘li 28 Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkiston hokimf'etib tayinlaydi. Lekin Ulug‘bekni harbiy yurishlar emas, ilm-fan ko‘proq qiziqtiradi. U 20 yoshlaridayoq o‘z davrining yirik olimlari safidan o ‘rin egallaydi, qadimgi yunon astronomlarining astronomiya, matematika sohasidagi kashtiyotlarini chuqur o ‘rganadi. Mamlakat ravnaqini ko‘zlab, bir vaqtning o ‘zida Samarqand, Buxoro va G ’ijduvonda uclita madrasa qurdiradi. Samarqanddagi madrasada astronomiya maktabi shakllanadi, u yerda turli sohalardagi olimlarning soni lOOtadan ortib ketadi. Ulug‘bek astronomiya fanini yanada rivojlantirish maqsadida 1424 yildan 1429 yilgacha osmon jismlarini, yulduzlarni o ‘rganish uchun rasadxona (observatoriya) qurdirdi. Buyuk allomadan bizga to‘rtta asar yetib kelgan. Ular «Zij jadidi Kuragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolayi Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi» asarlaridir. Hozir ham Ulug‘bekning «Zij»i o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va olimlar tomonidan o ‘rganilib kelinmoqda. (Tuzuvchi M.M.Xayrullaev- ning «Buyuk iste’dod sohiblari» risolasidan qisman foydalanildi). Ulug‘bek ta'lim-tarbiya masalalarining rivojiga ham o ‘z hissasini qo‘shgan, «Bilimga intilish har bir muslim va muslimaning farzidir» degan shiorni ilgari surgan. Shuningdek, o ‘z pedagogik qarashlarida bolalaming jismonan sog‘lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur va mard bo‘lib etishuviga alohida ahamiyat bergan. Mavzu bo‘yicha nazorat savollari: 1. Abu Nasr Forobiy qanday nomlar bilan ulug‘langan? 2. Abu Rayxon Beruniy qanday kashfiyotlar qilgan? 3. Abu Ali ibn Sinoni G ’arbda qanday atashar edi? 4. Mashhur tarixchi Jorj Sarton Al-Xorazmiy haqida nima degan? 5. Abu Ali ibn Sino kimlarning asarlarini o‘rgandi va qanday asarlar yozdi? 6. «Qutadg‘u bilig» asarining g ‘oyasi nima? 7. «Qutadg‘u bilig» asaridagi ramziy obrazlar haqida gapiring. 8. Alisher Navoiy Ahmad Yassaviyni qanday ta’riflaydi? 9. Mahmud az-Zamaxshariyning ilmiy merosi qanday fanlarni qamrab oladi? 10. Mahmud az-Zamaxshariy qanday asarlar yaratgan? 11. Mirzo Ulug‘bek ilmiy asarlarining nomini ayting. 12. Qaysi buyuk alloma haqida qiziqarli m a’lumotlami bilasiz? 29 T O PSH IR IQ . Boshqa buyuk allomalarning hayoti va faoliyati haqidagi m a’lumotlarni mustaqil o'rganing va qisqacha bayonini daftaringizga yozib oling. T O PSH IR IQ . Abu Ali ibn Sinoning taMim-tarbiya, axloq haqidagi fikrlarini o ‘qing va mazmunini tushuntirib bering. Download 3.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling