Pedagogikasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

Ertaklar - hayolot va fantastikaga keng o ‘rin berilgan, hayot 
haqiqatiga asoslangan, ibrat-o‘git beruvchi og‘zaki hikoyalardir. 
Ertaklardagi ijobiy qahramonlar yengilmas kuchga aylanib, har qanday 
yovuzlik, adolatsizlik, haqsizlik ustidan g‘alaba qozonadi, umumxalq 
manfaatini himoya qiladi. Ertaklarda xalqning orzulari hayoliy va 
hayotiy uydirmalar vositasida hikoya qilinadi, y a’ni real hayotiy 
voqealar ongli tarzda uydirmalar orqali tasvirlanadi. Ertaklar o ‘ziga xos 
xususiyatlarga ega, jumladan, «bir bor ekan, bir yo ‘q ek an.. .» kabi max- 
sus boshlamalar bilan boshlanib, «shunday qilib ular murod-maqsad- 
lariga yetibdilar...» kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanishi 
tinglovchini o ‘zi yashab turgan real dunyodan ertak olamiga olib kirish 
uchun xizmat qiladi.
Darhaqiqat, ertaklarda bola tarbiyasining hamma tarkibiy qismlari- 
jismoniy va aqliy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, m a’naviy axloq va 
estetik didning tarbiyasiga oid ko‘pdan-ko‘p pedagogik materiallami 
uchratish mumkin. Zotan, xalqimizda «Ertaklar yaxshilikka yetaklar» 
deb bejiz aytilmaydi.
Maqollar - xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono 
fikrlarini ixcham shaklda ifodalovchi asardir. Maqollar she’riy va nasriy 
tuzilishga ega, har ikkala turda ham xalqning jonli so'zlashuv tiliga yaqin 
boMadi. Ular mazmun va shakl jihatidan uzoq davrlar mobaynida kam 
o‘zgarishlarga uchraydi va uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Maqol­
lar kishilaming asrlar davomidagi hayotiy tajribalari va kundalik turmu- 
shida ko‘p bora sinovlardan o ‘tadi. Ko‘proq falsafiy, axloqiy-ta’limiy
32


mavzularda yaratilganligi bois juda katta tarbiyaviy va didaktik ahami- 
yatga ega. Xalq maqoilarining mavzu doirasi juda keng bo‘lib, ularda aks 
etmagan xalq hayotining biron sohasi yo‘q. Chunki xalq o ‘z hayotiy 
kuzatishlari va tajribalarini maqollar shaklida abadiylashtiradi va shu 
tariqa kelgusi avlodga qoldiradi. Maqollarda vatanparvarlik, mehnatse- 
varlik, ilmparvarlik, insonparvarlik, mardlik, adolat, insof, sof muhabbat, 
olijanoblik, sadoqat, do‘stlik kabi chin insoniy xislatlar o ‘z ifodasini 
topgan. Shu o ‘rinda ayrim maqollar mazmuniga e’tibor beraylik:
-Vatani borning baxti bor, mehnati b o rn in g -tax ti.
-El g‘amini bilgan elga doston.
-Birlashgan daryo bo‘lar, tarqalgan irmoq bo'lar.
-Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
- Aqling ko‘r bo‘lsa, ko‘zdan ne foyda.
- Yaxshi xulq - kishining husni.
-Egri yo‘ldan yursang ham to‘g ‘ri yur.
-Niyating - yoMdoshing.
-Y o ‘qni borday qil, borni bolday qil.

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling