Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Pedagoglar malakasi va kompetensiyalariga oid Umumevropa tamoyillari (O‘MKUYET)
Pedagoglar malakasi va kompetensiyalariga oid Umumevropa tamoyillari (O‘MKUYET) pedagoglarning kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan yangi talablarning Yevropa darajasini joriy etish bo‘yicha dastlabki urinish hisoblanadi.
O‘MKUYET 2000 yilning boshlarida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi bir qator mamlakatlarning ta’lim sohasidagi ekspertlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ular ta’limga ahamiyatli hissa qo‘shishlari uchun pedagoglarga zarur bo‘lgan 3ta kompetensiya darajalarini belgiladi:
bilimini va bilim doirasini ko‘rsata olish ko‘nikmalari;
o‘ziga ishonch va inson rivojlanishi haqidagi bilimlarini namoyish qila olish ko‘nikmalari;
turli darajadagi ijtimoiy qatlamlar bilan ishlay olish va jamiyat rivojlanishi bilan bog‘liq ta’lim jarayoniga hissa qo‘sha olish ko‘nikmalari.
Pedagog kompetensiyasining asosiy omillari
Odamlar bilan bola, kasbdosh, ta’lim bo‘yicha hamkorlari bilan ish-lagandek ishlay olish ko‘nikmasi; o‘ziga ishonchni ko‘rsata olish ko‘nikmasi; kasbiy o‘sish va rivojlanish haqidagi bilimlar; bolalarni alohida va jamoasini jalb qilish ko‘nikmasi.
Axborot, texnologiyalar bilan ishlay olish ko‘nikmalari, asoslash va fikrlash bo‘yicha bilimlar; AKTni ta’lim jaraѐniga faol joriy eta olish, samarali ta’lim berish yo‘llarini tanlash.
Jamoada va jamoa bilan hududiy, mahalliy, Yevropa va butun jahon miqѐsida ishlay olish ko‘nikmasi; jamiyat rivojlanishida ta’limga hissa qo‘shishni anglash; jamiyatda bolalar turlicha ekanligini anglash.
Do'stlaringiz bilan baham: |