“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1678171
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
163-168



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
163 
FOSFORLI OʻGʻITLARNING ISHLATILISHI 
 
Tojimirzayev Jamshidbek Mirzoxid o'g'li 
Namangan Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
KIM_CU_21 gurux talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Fosforli oʻgʻitlar, ularning ishlatilishi hamda 
ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. 
Kalit so'zlar: Fosforli o'g'itlar, rudalar, apatit, qo'sh superfosfat, organik 
moddalar, qishloq xo‘jaligi, fosforit. 
Tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor 
bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning 
tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli oʻgʻitlar 
tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — appatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. 
Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari marten fosfatshlak hamda organik 
moddalar, suyak uni, tung va boshqalar fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq 
xoʻjaligiga yetkazib beriladigan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota 
H3PO4 ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim fosforli oʻgʻitlar esa polifosfat 
superfosfat kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab 
oʻgʻitlardir. Fosforli oʻgʻitlar sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan 
hisoblanadi 1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan. 
Eruvchanlik darajasiga qarab fosforli oʻgʻitlar ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: 
suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, 
diammofos) fosforli oʻgʻitlar Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat 
Ca(H2PO4)2H2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy 
gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik 
fosfatlar) Fosforli oʻgʻitlar; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — CaHPO4H2O 
yoki tetrakaltsiy fosfat — Ca4P2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota 
eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki 
kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kuchsiz kislotalarda 
erimaydigan (fosforit uni va suyak uni) fosforli oʻgʻitlar ularda fosfor kaltsiy fosfat — 
Ca3(PO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar 
oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori 
dozalarda solinadi. Fosforli oʻgʻitlarni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik 
darajasiga bogʻliq.Suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar kukuni va dona dor holda limon 
kislota va ammoniy nitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda 
kukun holida qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan 
fosforli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mostlashib qolmaydi. 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling