“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
163-168
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 167 moddalaridan biri hisoblanadi. Fosfor oʻsimlik hayoti uchun zarur boʻlgan moddalar tarkibiga kiradi (fermentlar, vitaminlar va boshqalar). Ayniqsa oʻsimlik donida, urugʻida oqsil-nukleoprotein sifatida 1,6 % ga qadar P2O5 uchraydi. Fosfor bilan muntazam oziqlantirilgan donli oʻsimliklar hosildorligi oshadi, kraxmal va qand miqdori koʻpayadi.Respublikamizda, asosan suvda eruvchan oʻgʻitlar qoʻllaniladi, bular jumlasiga oddiy va qoʻshsuperfosfat kiradi.Fosforli oʻgʻitlar tabiiy minerallar - fosforit va apatitdan olinadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida fosforitlar Janubiy Qozogʻistonda Kara-Tau konida uchraydi. Shu kunlarda Oʻzbekistonning Qizilqum fosforit konlaridan ham foydalanilmoqda. Hozirgi kunda deyarli hamma zavodlar fosforli oʻgʻitlarni Kara-Tau fosforitlaridan ishlab chiqarmoqdalar. Oddiy superfosfat kulrang, mayda kukun yoki donalar holida boʻlib, tarkibida 14-18 % P2O5 ega boʻlgan suvda eruvchan oʻgʻitlardir. Oddiy superfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzining oddiyligi va arzonligi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdagi fosforitlarni sulfat kislota bilan qayta ishlashga asoslangan:[1] Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4 Hosil boʻlgan aralashma, yaʻni monokalsiy fosfat va gipsdan tashkil topgan mahsulot oddiy superfosfat deb ataladi. Tabiatdagi fosforit tarkibida qator aralashmalar boʻlishi mumkin. Xulosa qilib aytganda; Organik va Noorganik kimyo sohasida oʻgʻitlar ishlab chiqarishda keng koʻlamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral oʻgʻitlar ishlab chiqarilmoqda yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday oʻgʻitlar oʻta sifatlidir. Shuni aytib oʻtish kerakki fosforli oʻgʻitlar ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lib qishloq xoʻjaligi uchun juda ham zarur boʻlgan oʻgʻit hisoblanadi. Oʻz vaqtida kerakli joy oʻgʻitlansa tuproq unumdorligi oshib moʻl hosil olishga va hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi. Ammo bunday oʻgʻitlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi. Meyoridan ortiqcha solingan oʻgit yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi. Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektar joyga 40-60 kg gacha berilsa bunday yerlar oʻz samarasini bermasdan qolmaydi.Oʻsimliklar fosforlarni qabul qilish harorat omiliga bogʻliq. Tuproqning haroratini pasayishi bilan fosforning sabzavotlarni yemishi kamayadi. Ular 10-12 ° C darajasida etishmasligidan azob chekmoqda. Fosfor past haroratlarda ildizlar tomonidan soʻralishi mumkin, ammo yuqori joylarga koʻchib oʻtmaydi va har bir madaniyat uchun normal harorat darajasiga singib ketmaydi. Agar havo harorati tuproqning haroratidan yuqori boʻlsa, unda fosfor ildizdan tashqari oziqlantirishda oʻsimliklar tomonidan yaxshiroq soʻriladi. Olingan hosildorlik bilan turli sabzavotlar fosforga uncha taʻsir qilmaydi. Uning pomidoriga 0,8, bodring - 0,7, karam - 0,9, sabzi - 1,0, kartoshka - 1 kg. Foydalanilgan xlorli o'g'itlar sabzavotlarda fosforni kamaytiradi. Osimliklardagi normal hayot faoliyati davomida ildizlar va havo qismlari oʻrtasida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling