Pedogogik menejment tomonidan echiladigan muommalar pedagogik menejmentning nazariy asoslari
Download 22.58 Kb.
|
PEDOGOGIK MENEJMENT TOMONIDAN ECHILADIGAN MUOMMALAR
PEDOGOGIK MENEJMENT TOMONIDAN ECHILADIGAN MUOMMALAR Pedagogik menejmentning nazariy asoslari. Reja. 1.Menejment tushunchasi. 2.. Boshqaruv va menejment. 3. Menejment fanining maqsadi 4.Xulosa 5.Foydalanilgan adabiyotlar Menejment (inglizcha «management» — boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) — bu: — ishlab chiqarishni, tijoratni boshqarish bo‘yicha ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi amaliy faoliyat; — boshqaruv nazariyasi fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; — mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir. «Menejment» tushunchasi hayotimizga mustahkam kirib kelgan va o‘zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo'lib qolgan . Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish vva tijorat koMamlari o‘sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilgan vazifalar va mo‘ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi. Boshqaruv nazariyasining rivojlanishi va iqtisodiy-matematik usullar ishlab chiqilishi vazifalarning ko‘pgina sifat yechim33 larini vazifalarning aniq miqdoriy baholari yoki qarorlari bilan toMdirishga hamda almashtirishga imkon beradi, hisoblash texnikasi va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi esa boshqaruvning samaradorligi oshishiga ko‘maklashadi. Hisoblashlarning ko‘p mehnat talab qilishi tufayli vaqtning haqiqiy yoki yo‘l qo‘yiladigan ko‘lamlarda hal qilinishi mumkin bo‘lmagan ko‘pgina masalalar kundalik haqiqat bo‘lib qoladi. Zamonaviy menejmentda vazifalarni hal qilishning turli usullari mavjud: boshqaruv vazifalarini hal qilishning haqiqiy usullari, boshqaruv jarayonlarini modellashtirish, qarorlar qabul qilishni axborotli va texnik ta’minlanishi va boshqalar. 0 ‘zbekistonda nazariy va amaliy statistika, masalalar yechish, muhandislik hisoblashlarning iqtisodiy-matematik modellari va h.k, yetarlicha yaxshi ishlab chiqilgan. Axborotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, qarorlar qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish kamroq rivojlangan. Ammo boshqaruv samaradorligi nafaqat vazifalarni hal qilish usullariga, balki ko‘proq xo‘jalik yuritish mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solish tizimiga bog‘liqdir. Shuning uchun xorijda foydalaniladigan boshqaruvning ko‘pgina (strategik va operativ) modellarini 0 ‘zbekistonda hamma vaqt ham samarali qo‘llash mumkin emas, bu narsa bozor munosabatlari pishib yetilishining har xil darajasi bilan izohlanadi. Menejment usullariga tashkilotlarni boshqarishning makroiqtisodiy nuqtayi nazaridan qaralsa, shuni sezish mumkinki, boshqaruvning ilg‘or usullari amalda bo‘lgan va o‘zgarib borayotgan xo‘jalik mexanizmi doirasida faolroq tatbiq etiladi. Ammo agar menejment masalalarini hal qilishga qaralsa, o‘zbek tashkilotlarining xorijiy firmalardan katta farqlarini hisobga olish zarur. Hozircha tashkilotlarimizda boshqaruv apparati asosan ichki vazifalarni, ya’ni texnik-iqtisodiy va operativ-kalendar rejalashtirish, moddiy-texnik ta’minot va h.k. vazifalarni hal qiladi. Xocjalik faoliyatining tahlili va fuksional-qiymat tahlili ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida o‘tkazila34 di, ammo bunda iste’molchilar hali yetarli darajada hisobga olinmaydi. Shunday qilib, menejment butun tashkilotga singib ketganday tuyiladi va amalda faoliyatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo menejment va tashkil etishning o‘zaro hamkorlikning butun turli-tum anligida faoliyatning menejment m azm unini tashkil qiluvchi chegaralarini yetarlicha aniq belgilash ham da uning asosiy turlarini ajratish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti — ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq bozordagi raqobatbardoshligini ta ’m inlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilm alarni qurish, ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy shakllarini tanlash, hayot tajribasining oldingi bosqichlariga muvofiq tovarlarni sotish va firm a xizm atini ko‘rsatish masalalarini oladi. Moliyaviy menejment — moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga moliyaviy ko‘rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi. Innovatsion menejment — mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi. Savdo menejmenti — savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo‘ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. 35 Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar. Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyoti rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo‘lgan. G ‘arbning ilg‘or mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, menejment oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligi oshishida juda katta rol ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir. Bunda shuni tahkidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashmoqda. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va Shveytsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSH — 9, Fransiya — 12, Italiya — 14, Buyuk Britaniya — 16 o‘rinda turibdi. Keyingi 10— 15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko‘tarilishga xos bo‘lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar. M amlakatimizda ham menejment G ‘arbdagi firmalarni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuasi sifatida tanilmoqda. 0 ‘tmish totalitar tuzum davrida menejment yuqori foyda olish, mehnat unumdorligini muttasil oshirish hisobiga sotsialistik mamlakatlarga zarba berib, imperialistik davlatlar mavqeyini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb uqtirishgan. Bunday qarash xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi doirasiga m a’lum darajada mos kelgan, chunki rejalashtirishning markazlashtirilgan tartibi va bozorni boshqarish tajribasining yo‘qligi sharoitlarida bozor mexanizmi harakatini bizning iqtisodiyotimizga to‘liq ko‘chirishning iloji bo‘lmagan. Shunga qaramay, o‘sha sharoitlarda ham bizda menejmentning ko‘pgina elementlaridan foydalanish mumkin bo‘lgan. 36 Mamlakat ijtimoiy hayotining demokratlashuvi aholining keng qatlamlari, amaliy xodimlarga menejment nazariyasi va amaliyotining jamlangan boy jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatini bergan, 0 ‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga qaratilishi esa ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish va undan foydalanishni zarur qilib qo‘ygan. Shu munosabat bilan 0 ‘zbekistonda menejmentga munosabatlar keyingi yillarda ancha o‘zgargan. Menejmentning ko‘zga ko‘ringan nazariyachilari va amaliyotchilarining asarlari nashr qilingan. Zamonaviy boshqaruvchi-menejerlarni faol tayyorlash boshlangan. 2.2. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi Umumiy ko‘rinishda boshqaruv ikki obyektning maqsad O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun – mohiyatini tashkil qiladi. Menejment — bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u: * boshqaruv hokimiyati va san’ati; * resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini va uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Menejment fanining maqsadi - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan hamda bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, sotsial, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’likdir. Menejment bilan yuridik fan quyidagi hollarda namoyon bo’ladi. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, huquqiy normalarni qanday qo’llash hamda xo’jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy hujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi. Sotsiologiya, psixologiya va mehnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o’ynaydi. Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o’rganish boshqarishning sir asrorlarini chuqur anglash va ularni samarali qo’llashga imkon beradi. Menejment obyekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, obyekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shu ma’noda obyekt — bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, kishilar faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs, xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va sh.k. Menejmentning o’rganish obyektini boshqaruv faoliyatiga doir iqtisodiy hodisa va jarayonlar, firma ishini samarali tashkil etish xususiyatlari, boshqaruvning amaldagi zamonaviy shakl va usullari, uning kelajak istiqbollari tashkil etadi. Bunda menejment nazariyasining rivojlanish tendensiyasi, uni tashkil etish tamoyillari va usullari, motivatsiya va boshqaruv samaradorligi masalalari obyekt sifatida o’rganiladi XULOSA
Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling