"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana09.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#258088
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni

 

 


25

 

 



2-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYALASHGAN 

BYUDJETINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI 

 

2.1. Ijtimoiy sohalar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlarini  



davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlash amaliyoti tahlili 

 

 



 

O’zbekiston  iqtisodiyotini  rivojlantirish,  iqtisodiy-ijtimoiy  barqarorlikni 

ta’minlash  va  milliy  iqtisodiyotda  investitsion  faollikni  rag’batlantirish  davlat 

byudjeti  vazifalarida  alohida  o’rin  egallaydi.  Mamlakatimizda  davlat  byudjeti 

daromadlari  va  xarajatlari  bo’yicha  olib  borilayotgan  byudjet  siyosati  hozirgi  davr 

talablariga  javob  beradi

25

.  Ushbu  moliyaviy  asosning  markaziy  bo’g’inini  davlat 



byudjeti  tashkil  etadi.  Davlat  moliyasini  sog’lomlashtirish,  uning  daromadlari  va 

xarajatlari mutanosibligini ta’minlash amalga oshirilayotgan byudjet-soliq tizimidagi 

islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Mamlakatimiz 

iqtisodiyotining 

turli 


soha 

va 


tarmoqlarida 

amalga 


oshirilayotgan  keng  ko’lamli  islohotlar  samarasi  yildan-yilga  tobora  ortib 

borayotgani  mustaqilligimiz  taraqqiyotining  dastlabki  yillarida  xalqimiz  tanlab 

olgan rivojlanish yo’li naqadar to’g’ri hamda puxta asosga ega ekanini, eng muhimi, 

ularning  negizida  fuqarolarimizning  hayotiy  orzu-intilishlari  va  manfaatlari  o’zini 

yaqqol  ifodasini  topgani  bugungi  kunda  ko’plab  amaliy  misollarda  namoyon 

bo’lmoqda. Harakatlar strategiyasining uchichni ustuvor yo’nalishi – “iqtisodiyotni 

rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari”da

26

 “viloyatlar, tumanlar 



va  shaharlarni  kompleks  va  muvozanatli  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish,  ularning 

salohiyatidan  samarali  va  optimal  foydalanish”ga  mo’ljallangan  chora-tadbirlarni 

amalga oshirishni nazarda tutadi.  Jumladan, barcha hududlarni jadal rivojlantirish, 

bunda  alohida  e’tibor  rivojlanish  darajasi  nisbatan  past  bo’lgan  tuman  va 

shaharlarni,  eng  avvalo,  sanoat  va  eksport  salohiyatini  oshirish  yo’li  bilan  jadal 

                                                           

25

  Kasimova  G.  G’aznachilik  sharoitida  davlat  byudjetini  samarali  boshqarish.  “Iqtisodiyot  va 



innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, dekabr, 2016. 

26

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi  “O’zbekiston  Respublikasini 



yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 


26

 

 



rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni 

qisqartirish,  subventsiyaga  qaram  tuman  va  shaharlarni  kamaytirish  va  mahalliy 

byudjetlarning daromad bazasini kengaytirishga qaratiladi

27

.   



Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar 

YaIMning  31,5  foizini  tashkil  etgan.  2000-yillarga  kelib  ijtimoiy  sohalarni  yanada 

qo’llab-quvvatlash,  aholi  turmush  farovonligini  oshirish  yo’lidagi  mamlakatimizda 

amalga oshirilayotgan oqilona byudjet siyosati natijasida davlat byudjeti xarajatlari 

tarkibidagi ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar YaIMning 42,5 foizini tashkil 

etgan.  Har  yili  byudjetning  salmoqli  qismi  ijtimoiy-madaniy  tadbirlarni 

moliyalashtirishga  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilishga  safarbar  etiladi.  Bu 

mablag’lar  davlatga  ta’lim  sohalarini  rivojlantirish;  fan  va  madaniyatni 

rivojlantirish;  aholining  tibbiyot  xizmatlariga  bo’lgan  minimal  ehtiyojlarini 

qondirish;  aholini  ijtimoiy  jihatdan  muhofaza  qilish;  ijtimoiy  ta’minot  darajasini 

oshirish imkonini beradi.  

Shunday  qilib,  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  asosiy  ustuvor  yo’nalishlari 

bo’yicha  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  ijtimoiy  soha  tarmoqlarini 

rivojlantirishga  va  aholi  turmush  darajasining  asosiy  ko’rsatkichlarini  yaxshilashga 

ijobiy  ta’sir  ko’rsatdi.  Bu  chora-tadbirlarning  hayotga  tatbiq  etilishida  davlat 

byudjetining ijtimoiy funksiyalari ayniqsa, ravshan namoyon bo’ladi. 

O’zbekiston  hukumati  mamlakatimizda  kam  ta’minlangan  toifadagi  aholi 

sonini  kamaytirish  va  jamiyatimiz  hayotida  insonparvarlik  prinsiplarining  yanada 

rivojlanishiga ko’maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari borasida 

ma’lum bir  majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 

aholining  samarali  ijtimoiy  muhofazasiga  yo’naltirilgan  maqsadli  chora-tadbirlar, 

shu  bilan  birga,  barqaror  iqtisodiy  o’sish  va  bandlik  sur’atlari  aholi  farovonligini 

oshirishni ta’minlamoqda.  

Davlat  tomonidan  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasi  va  uy-joy-kommunal 

xo’jaligiga  qilinadigan  xarajatlar  mamlakat  iqtisodiyotini  moliyalashtirish 

                                                           

27

  O’rta  muddatli  byudjet.  Namangan  shahar  byudjeti  misolida:  uslubiy  qo’llanma  / 



I.Mamadjanov. – Toshkent: “Baktria press”, 2017. 5-b. 


27

 

 



xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga 

ishlab  chiqarishni  kengaytirish  bo’yicha  xarajatlarga,  takror  ishlab  chiqarishni 

ta’minlashga , operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. 

Mamlakat  iqtisodiyotini  moliyalashtirish  xarajatlari  vazirliklar,  idoralar  va 

korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o’zida ma’lum maqsadlarga 

mo’ljallanganligi  bo’yicha  ko’zda  tutiladi.  Byudjet  daromadlarini  rejalashtirish 

iqtisodiyotdagi  boshqa  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarni  prognozlashtirish  bilan 

hamda  bu  jarayonda  qatnashuvchi  vazirlik  va  idoralarning  o’zaro  hamkorlikdagi 

faoliyatiga  bevosita  bog’liq

28

.  Bunda  byudjet  mablag’larining  asosiy  qismi 



iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlariga,  ya’ni  sanoat,  energetika,  qishloq  xo’jaligi  va 

transportga yo’naltiriladi. 




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling