Pensiya (lotincha: pensio — toʻlov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa subyektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod toʻlanadigan toʻlovlar. Ijtimoiy taʼminot shakli hisoblanadi


Download 36.22 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi36.22 Kb.
#1559841
1   2   3   4
Bog'liq
Pensiya

Yoshga doir pensiya
Yoshga doir pensiya ham oʻz navbatida, 2 xil boʻladi:

Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir pensiya
Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir pensiya — erkaklar 60 yoshga toʻlganda va kamida 25 i. mehnat stajiga ega boʻlganda, ayollar 55 yoshga toʻlganda va kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlganda tayinlanadigan P.dir. Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda ayollarning oʻz mehnatidan manfaatdorligini oshirish maqsadida UzR ning "Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida" (1999 i. 14-aprel) dagi qonuniga asosan, kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar 54 yoshda pensiyaga cYoshga doir pensiya.,hiqib, toʻliq pensiya olishlari mumkin. Bu qonun 1999-yil 1-iyuldan kuchga kirgan. UzR Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250sonli qarori bilan tasdiklangan 1, 2, 3 roʻyxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. olish huquqiga ega boʻladilar. Masalan, ayrim toifa fuqarolar, yoshidan katʼi nazar, yoshga doir pensiyaga chiqishi yoki 10 yilga, boshqalari, uchun pensiya yoshi, talab etiladigan mehnat staji 5 yilga qisqartirilgan, baʼzi guruh shaxslar uchun yanada imti-yozliroq shartlar belgilangandir (liliputlar va pakanalar uchun).
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:

  • erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

  • ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladi[3].

Yoshga doir P. ishlamaydigan pensionerlarga ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan toʻliq miqdorda toʻlanadi. Ishlab turgan pensionerlarga ularning ish joyida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Qoidaga koʻra, ishlayotgan pensionerlarga yoshga doir P.ning 50% miqdorida toʻlanadi. Bundan istisno tariqasida ayrim toifa xodimlarga yoshga doir P. toʻliq miqdorda toʻlanadi. UzR Pre-zidentining "Xotinqizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi-da"gi farmoni (1999-yil 17-mart)ga muvofiq, yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylari, "Mehribonlik" uylaridagi tarbiyachilar, shuningdek, kutubxonachilar sifatida ishni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida 10 yil stajga ega boʻlgan ayollarga 1999-yil 1-iyuldan boshlab P. toʻliq miqdorda toʻlanadi.


Download 36.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling