Pensiya (lotincha: pensio — toʻlov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa subyektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod toʻlanadigan toʻlovlar. Ijtimoiy taʼminot shakli hisoblanadi


Download 36.22 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi36.22 Kb.
#1559841
1   2   3   4
Bog'liq
Pensiya

Nogironlik pensiyasi
Mehnat qobiliyatini amalda uzok, muddatga yoki bu-tunlay yoʻqotish (nogironlik) munosabati bilan tayinlanadi. Nogironlik P.i nogironlik qachon boshlanganidan: ish davridami, ishga kirguncha yoki ishni toʻxtatgandan keyinmi, bundam qatʼi nazar, quyidagi shaxslarga tayinlanadi: mulkchilik shakli, xoʻjalik yuritish usuli va turidan qatʼi nazar, korxonalarda, mu-assasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xo-dimlarga; jamoa, kooperativ, ak-siyadorlik, jamoa korxonalari aʼzosi boʻlgan xrlda u yerda mehnat qilgan shaxslarga; qarbiy xizmatchilarga; byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasip belgilangan badallarni mun-tazam toʻlab kelgan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga, dehqon xoʻjaligi aʼzolariga; pensiya jamgʻarmasiga tegishli badallar toʻlangani holda ij-timoiy davlat sugʻurtasi bilan sugurtalanmagan boʻlsada, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti xu-susida xodimlarga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga. Qonunga muvofiq, nogironlik pensiyasi mehnatda ma-yib boʻlgan yoxud kasb kasalligiga chalinganda meqnat stajidan qatʼi nazar toʻlanadi. Umumiy kasallik tufayli nogiron boʻlib qolganda nogironlik pensiyalari tayinlash uchun muayyan umumiy mehnat staji talab etiladi. "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonunning 17moddasida ana shu mehnat stajlari koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu konunga binoan, 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilgandan keyin nogiron boʻlib qolgan shaxslarga P. mehnat stajidan qatʼi nazar tayinlanadi. Pensiyani tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasining 1994-yil 11-maydagi 249qarori bilan tasdiklangan "Pensiyalar tayinlash uchun zarur boʻlgan qujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish sharti toʻgʻrisida"gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi — pensiya jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan har oyda beriladigan toʻlovlardan iborat boʻlib, uning miqdori vafot etgan boquvchining ish haqiga, uning qaramogʻida boʻlib kelgan meh-natga krbiliyatsiz oila aʼzolari soniga bogʻliqdir. Bularga daxldor masalalar "Fukarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida"gi qonunda koʻrsatilgan (19, 20moddalar). Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensioner boshqa nikohga kirganda ham saqlab qoli-nadi. Biroq yangi nikoqga kirgandan keyin pensiya tayinlash uchun muro-jaat qilinsa, pensiya tayinlanmaydi. Mehnatga qobiliyatsiz, yaʼni 60 va 55 yoshga kirgan yoki nogiron boʻlgan buva va buvilar, agar qonunga muvo-fiq, ularni boqishi shart boʻlgan kishilari boʻlmasa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʻladilar.
Qonunda P. ni tayinlash, hisoblash, qayta hisoblash va toʻlash tartibi koʻrsatib oʻtilgan. P. miqdori mehnat staji muddatiga bogʻliq boʻlib, u: pensiyaningtayanch miqdori; mehnat staji uchun pensiyaning oshirilgan qis-mi; pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan tashkil topadi. Qonunga muvofiq, P. tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadi. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlar ular tushgan kundan eʼti-boran 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Yoshga doyr pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab 3 oy ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3 oy ichida pensiya soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun, 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga — umrbod tayinlanadi. Pensioner nogironlarni kayta tib-biy koʻrikdan oʻtkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi. Boquvchisini yoʻqotganlik P.i — pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan eʼtiboran tayinlanadi. Pensiya mar-humning oila aʼzosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun: oilaning erkaklar —60 yoshga, ayollar —55 yoshga toʻlgan aʼzolari uchun esa umrbod tayinlanadi.
Xorijda ishlayotganlarga pensiya hisoblash uchun ish haqi quyidagicha:

  • 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;

  • 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davr uchun — toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan;

  • 2020-yil 1-yanvardan — toʻlangan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Chet elda ishlayotgan fuqaro ixtiyoriy tarzda Pensiya jamgʻarmasiga oʻz hissasini qoʻshsa, qonunchilikda belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqlarni oʻtkazgan taqdirda, ushbu fuqaroning ish staji hisoblanadi. Shuningdek, toʻlangan mablagʻlaridan kelib chiqib, pensiya miqdori belgilanadi[4].
Pensionerlar soni
Oʻzbekistonda 2021-yil 1-fevral holatiga koʻra 3 million 845 ming 462 nafar shaxs pensiya va nafaqa oladi[5].
Soʻnggi 4 yilda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qariyb 20 foizga oshgan:

  • 2017-yilda – 3 million 141 ming 100 nafar;

  • 2018-yilda – 3 million 296 ming 700 nafar;

  • 2019-yilda – 3 million 484 ming 800 nafar;

  • 2020-yilda – 3 million 677 ming 700 nafarni tashkil etgan[5].

Pensiya tayinlashda yangi tizim
Oʻzbekistonda fuqarolarga pensiya tayinlashda yangi elektron shakldagi tizim yoʻlga qoʻyiladi. Bu boʻyicha „Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qaror loyihasida eʼlon qilindi.
Joriy qilinayotgan qarorga binoan, 2022-yil 1-apreldan boshlab pensiyalarni hisoblash fuqarolarning „Yagona mehnat milliy tizimi“ idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda – YAMMT IDAK)ga kiritilgan mehnat staji, oliy oʻquv yurtlaridagi kunduzgi taʼlim va harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi[6].
Download 36.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling