Pensiyaning qanday turlari bor?
Ish stajini tasdiqlash tartibi qanday?
Download 27.37 Kb.
|
Pensiyaning qanday turlari bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar boʼlmaganda nima qilish kerak
Ish stajini tasdiqlash tartibi qanday?
“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan: Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 fevraldagi Farmoni, 03.02.2021 yildagi PF-6155-son Farmoni 10-bandiga asosan pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tartib o‘rnatilishi belgilangan, unga muvofiq 2021 yil 1 iyundan boshlab: pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma'lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi; uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovni undirish bekor qilinadi; ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi; pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar boʼlmaganda nima qilish kerak? Ish haqini guvohlar koʼrsatmasi asosida aniqlashga yoʼl qoʼyilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan koʼchirmalar va jamoat tashkilotlarining aʼzolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat oʼrnini bosa olmaydi. Ish haqi toʼgʼrisida arxiv maʼlumotlari mavjud boʼlmaganda ish haqi miqdorini aniqlash: 2005 yildan keyingi davr uchun — jamgʼarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar; 2016 yildan keyingi davr uchun — Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga oʼtkazilgan sugʼurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlari; 2019 yildan keyingi davr uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qisman mavjud boʼlmagan hollarda mavjud boʼlmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan, qonun hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari qabul qilinadi. Havolalar Download 27.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling