Pensiyaning qanday turlari bor?


Ishlovchi pensionerga pensiya qanday toʼlanadi?


Download 27.37 Kb.
bet4/9
Sana16.02.2023
Hajmi27.37 Kb.
#1203855
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pensiyaning qanday turlari bor

Ishlovchi pensionerga pensiya qanday toʼlanadi?
Ishlab turgan pensionerga pensiya toʼlash, ish vaqtining qancha davom etishidan, tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan, shuningdek, shartnomaning xususiyati va turidan qatʼi nazar, ish joyi boʼyicha toʼliq miqdorda toʼlanadi. Oʼrindoshlik asosida ishlovchi pensionerlarga pensiya asosiy ish joyidan toʼlanadi.
Ish joyidan pensiya toʼlovi oʼtgan oy uchun oylik ish haqining ikkinchi qismi toʼlovlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Pensiyalar alohida vedomostlar orqali toʼlanadi.
Pensiya toʼlovi ish joyi orqali amalga oshirilishi uchun pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʼarmasining tuman (shahar) boʼlimlari tomonidan ish beruvchiga axborot tizimi orqali yuborilgan elektron yoki yozma shakldagi F-25 toʼlov topshiriqnomasi asos boʼlib hisoblanadi.
Havolalar 

  •  Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibini yanada takomillashtirishga yoʼnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida

Staj yetarli boʼlmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkinmi?
Staj yetarli boʼlmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkin. Ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
III guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun-eng kam oylik ish haqining 30 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo boʼlgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam boʼlmasligi lozim.
Havolalar 

Download 27.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling