Pensiyaning qanday turlari bor?
Pensiya olishda ish staji qanday hisoblanadi?
Download 27.37 Kb.
|
Pensiyaning qanday turlari bor
Pensiya olishda ish staji qanday hisoblanadi?
Yoshga doir pensiyani olish uchun fuqaroning ish staji inobatga olinadi. Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qoʼshib hisoblanadi: a) xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʼurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u: 2019 yil 1 yanvarga qadar boʼlgan davr uchun — Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlagan; 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq toʼlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʼlsa. 1965 yilgacha boʼlgan davrda jamoa xoʼjaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qatʼi nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendarь yil sifatida qabul qilinadi. 1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xoʼjaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xoʼjaligi aʼzosi uzrsiz sabablarga koʼra jamoa xoʼjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʼlsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Аgar jamoa xoʼjaligi aʼzosi jamoa xoʼjaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xoʼjaligi aʼzolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan boʼlsa, u holda uning ish staji jamoa xoʼjaligi aʼzolari tarkibiga qabul qilingan sanadan boshlab (chiqish sanasigacha) qabul qilinadi. Jamoa xoʼjaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʼlmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi boʼyicha ish vaqti olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisobga olinadi. Ijodiy faoliyat bilan mashgʼul boʼlgan ijodiy uyushmalar aʼzolariga 1991 yil 1 yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta eʼlon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan eʼtiboran, 1991 yil 1 yanvardan boshlab esa — ular faqat Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlagan boʼlsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi. Ish stajiga, oʼtgan davr uchun biryoʼla qoʼshib hisoblash (toʼlash)dan qatʼi nazar, uning uchun: 2019 yil 1 yanvarga qadar boʼlgan davr uchun — sugʼurta badallari; 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʼlov toʼlangan oylar qabul qilinadi, dehqon xoʼjaliklari aʼzolari hamda qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʼjaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʼjaliklarda qishloq xoʼjalik mahsulotlarining boshqa turlarini (oʼsimlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band boʼlgan shaxslar bundan mustasno; b) harbiy xizmat (shu jumladan safarbarlik chaqirigʼi rezervidagi harbiy xizmat) va partizanlar otryadlari va qoʼshilmalarida boʼlish, davlat xavfsizligi organlaridagi va ichki ishlar organlaridagi xizmat; v) harbiylashtirilgan soqchilikda, maxsus aloqa organlarida va idoraviy boʼysunuvidan qatʼi nazar, kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat; g) Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga sugʼurta badallari toʼlagan boʼlsa, yakka tartibdagi mehnat faoliyati yoki qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʼjaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish boʼyicha faoliyat; d) qarab turish vaqti: I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha nogiron bolaga qarab turish; oʼzgalarning parvarishiga muhtoj boʼlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt — 80 yoshga toʼlgan qariya oʼzganing parvarishiga muhtoj boʼlgan davr. Bunda I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek oʼzgalarning parvarishiga muhtoj boʼlgan 80 yoshga toʼlgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur boʼlgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj boʼlgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qoʼshib hisoblanadi; ye) oliy taʼlim muassasalarida (shu jumladan ularda oʼqish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy taʼlim muassasalarida), aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida) kunduzgi oʼqish, shu jumladan chet elda oʼqish; j) bola 3 yoshga toʼlgunga qadar, bolani parvarishlash taʼtillarida boʼlish vaqti, biroq jami koʼpi bilan 3 yil. Misol: Аgar 30 yillik mehnat stajiga ega boʼlgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash taʼtillarida boʼlgan boʼlsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji hisoblanadi (30 yil — 8 yil + 3 yil = 25 yil). Bolani parvarishlash taʼtilida boʼlish davri (shu jumladan puli toʼlanadigan taʼtilda boʼlish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qoʼshilmaydi; z) ofitserlar tarkibidan boʼlgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati boʼlmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, biroq koʼpi bilan 10 yil. i) Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda boʼlgan, lekin 10 yildan oshmagan davr. Download 27.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling