Pentatonika
Download 494.83 Kb. Pdf ko'rish
|
xalq ladlari 8785d06e9dda7bc81de12b0d924c658a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ioniy
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
XALQ MUSIQASINING YETTI POGʻONALI DIATONIK LADLARI. PENTATONIKA Reja: 1. Xalq musiqasi ladlarining nomlari 2. Xalq ladlarining tabiiy major va minordan farqi 3. Pentatonika haqida tushuncha. Xalq musiqasida ketma-ket kelgan va turli diatonik pogʻonalardan tuzilgan yetti pogʻonali ladlar koʻp uchraydi. Biz bilamizki, lad pogʻonalarining birin-ketin kelishi, tovushqatorda katta va kichik sekundalar joylashishiga bogʻliq. Xalq musiqasi ladlarining tabiiy major va minordan farqi Qadimgi nomi Hozirgi major - minor tuzilmasidagi oʻrni Diatonik tovushqatordagi oʻrni
Ioniy diatonik tabiiy do major ctovushidan boshlab
tuziladi Doriy 6-bosqichi koʻtarilgan minor d tovushidan boshlab tuziladi Frigiy 2 – pogʻonasi pasaytirilgan minor
tovushidan boshlab tuziladi Lidiy 4 – pogʻonasi koʻtarilgan major ftovushidan boshlab
tuziladi Miksolidiy 7-pogʻonasi pasaytirilgan major gtovushidan boshlab tuziladi Eoliy tabiiy minor atovushidan boshlab
tuziladi Gipofrigiy yoki Lokriy 2 va 5-bosqichlari yarim ton koʻtarilgan minor
boshlab
tuziladi
Xalq ladlari diatonik tovushqatordagi ma’lum tovushlardan tuzilganda, yuqoridagi jadvalda koʻrsatilganidek hech qanday al’teratsiya belgilariga ega boʻlmaydi:
intervallari al’teratsiya belgilari yordamida hosil qilinadi. Dunyo xalqlari musiqasida tovushqatori katta sekundalar va kichik tertsiyalar orasida tuzilgan besh pogʻonali ladlar koʻp uchraydi. Bu xildagi ladlar pentatonika 1 deyiladi. Fortepianoning qora klavishlarida, bir oktava oraligʻida birin-ketin eshitilgan barcha tovushlar pentatonika tovushlarini hosil qiladi. Pentatonika tarkibiga: yo bitta kichik tertsiya bilan uchta katta sekunda yoki ikkita kichik tertsiya bilan ikkita katta sekunda kiradi. Bu lad boshqa ladlardan tovushqatori tarkibida kichik sekundalar (yarim tonliklar) ning yoʻqligi bilan farq qiladi. Pentatonika pogʻonalari uchtonlik hosil qilmaydi. Asosan ikki xil pentatonika koʻp tarqalgan: 1. Birinchi pogʻonadan (diatonik tovushqatorda, ya’ni
turadi, biroq u tabiiy majordan 4 va 7 – pogʻonalar yoʻqligi bilan farq qiladi.
Barcha diatonik pogʻonalardan major uchtovushligi pentatonikasi quyidagicha tuziladi:
2. Birinchi pogʻonadan (diatonik tovushqatorda, ya’ni lya) minor uchtovushligi tuziladigan pentatonika minorni eslatadi, biroq unda 2 va 6 – pogʻonalar boʻlmaydi. Barcha
diatonik pogʻonalardan minor uchtovushligi pentatonikasi quyidagicha tuziladi:
1 Pentatonika – yunoncha besh va ton so’zlaridan olingan bo’lib, oktava ichida beshta tovushdan iborat bo’lgan tovushqator tuzilmasi / Ents.muz.slovar’. M., 1959. b.202.
Tayanch tushunchalar Xalq musiqasining yetti pogʻonali diatonik ladlari, pentatonika, ioniy, doriy, frigiy, lidiy, miksolidiy, eoliy, gipofrigiy yoki lokriy ladlari, pentatonika ladlari.
1. Qanday ladlarga xalq musiqasining yetti pogʻonali diatonik ladlari deyiladi? 2. Do tovushidan tuzilgan diatonik tovushqator xalq ladlari boʻyicha nima deb ataladi? 3. Miksolidiy ladini tushuntiring. 4. Frigiy ladiga misol keltiring. 5. Pentatonika atamasi nimani bildiradi? 6. Pentatonikaning qanday koʻrinishlari mavjud? 7. Pentatonika ladlari qaysi xalqlar musiqasida keng qoʻllaniladi? Download 494.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling