People, but also a means of education leading to the maturity of generations
Download 61.69 Kb. Pdf ko'rish
|
qahramonlik-dostonlarining-o-ziga-xosligi-milliy-ruh-va-an-analar
www.scientificprogress.uz
Page 1140 Har qaysi millatning o’z afsonaviy qahramonlari o’zi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari bo’ladi. Xalqimiz azaldan o’z vujudi, tomirida mavjud ilohiy qudratga minosib bo’lmoqqa intilib, o’z o’g’lonlarini mardlik, halollik va jasurlik ruhida, el - yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavon etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o’tib ketayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tugamas bir dostoni bo’lmog’i “Alpomish” ana shu dostonning shohbayti. Xalq og’zaki ijodiga e’tibor qaratayotganligi bejizga emas. Chunki xalq og’zaki ijodi ta’lim-tarbiya sohasining asosini tashkil etadi. Shu jumladan, ertaklar ham yuksak ma’naviyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda muhim manba sanaladi. Millatni anglash uchun uning ruhiyatini bilish lozim. «Alpomish» dostonida o’zbekning ruhiy olamini anglatish jihatidan tengsiz badiiy obidadir. Chunki, asarda o’zbekka xos o’ylash tarzi, ta‘sirlanish yo’sini, qarorga kelish tutumi g’oyat nozik ilg’ab olingan. Juda ko’pchilik folklorshunoslar, odatda, markazlashgan davlat tuzish, bo’lingan yurtni birlashtirish, sevgi-muhabbat mavzulari ―Alpomish dostonining sujet rivojini ta‘minlaydi deb tushuntirishadi. Bizning nazarimizda esa doston markazida ma‘rifatsizlik, johillik va uning inson taqdiriga ta‘siri turadi. Asar qissadan hissa chiqarish uchun emas, balki ―qissaning o’zi ko’lamli, miqyosli, yirik, ta‘sirli bo’lgani uchun aytilgan. Chindan-da, ―Alpomish yaratilmagan, balki aytilgan yoki kuylangan. Chunki, doston qahramonlariga xos tuyg’ular, sezimlar, kechinmalar buyuk turkiylarning tomirida, qonida azaldan mavjud edi. Turkiy xalqlar tomonidan kechirilgan, tuyulgan, hozirda ham qonda kezib yurgan ma‘naviy amallar, hodisalar uning ko’nglida, ―tili uchida‖ turgandi. O’sha kuylab yuborildi. Alpomish taqdirini kuylash zarur edi. Kuylamaslik ilojsiz edi. Alpomish dostonida xalqimizga xos xislatlar yoritilgan bo’lib, uni o’quvchilarga boshqa xalq og’zaki ijodi namunalari bilan solishtirib tushuntiriladi. Xalqimizga xos xislatlar biri – bu o’z quvonchiga atrofdagilarni ham sherik qilish ekan. Alpomish dostoniga o’quvchilarda yanada qiziqishni orttirish maqsadida o’qituvchi dostonning xalqimiz tarixida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tishi lozim. Dunyodagi qabila, urug’, elat tarixda alohida xalq sifatida shakllanar ekan, bu jarayon, avvalo, qahramonlik eposi hisoblangan maxsus yirik, epik asarda badiiy ifodasini topadi. Professor Bahodir Sarimsoqov dostonimiz o’zbekning birlashuvi, mustaqil xalq sifatida paydo bo’lishida qanday o’ringa ega ekanini ta‘riflab, shunday deydi: ―Dastlab qabila, so’ngra elat eposi sifatida vujudga kelgan «Alpomish» dostonida keyinchalik o’zbek xalqining qahramonlik eposi sifatida tan olindi. Haqiqatan ham, doston matnidan juda ko’p o’tmish hayot belgilari o’rin olgan bo’lib, ularni izohlash natijasida asarning xalq qahramonlik eposi ekaniga to’la ishonch hosil qilamiz. Gap shundaki, uzoq o’tmish zamonlarda biron yurtning mustaqilligi va daxlsizligi u yurtga qaram bo’lgan qaysidir SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 61.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling