22-mavzu: “Bo‘lajak kasbim”
Matnni o‘qib tushunish.
Matnga munosabat bildirib so‘zlash.
Kasb-hunar mavzusida o‘zbek maqollaridan namunalar yozish.
Mutaxassislikka oid terminlar lug‘atini shakllantirish.
Matn va uning ko‘rinishlari.
23-mavzu: “Hayot mening tasavvurimda”
Hayotga munosabat va qiziqishlar haqida gapirib berish.
Hayotdagi idealni tasvirlab berish. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Hayotdagi maqsadlar va orzular haqida dialogik matn tuzish va uni instsenirovka qilish.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
24-mavzu: “Ustoz maktabi”
Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish.
Ustozlarga bag‘ishlangan she’r yod olish.
Kasbiy faoliyatda ustoz va shogird an’analari to‘g‘risida matn tuzish. Ustozlar haqida esse yozish. Ustoz haqidagi rivoyatlardan namunalar yozish.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
25-mavzu: “Kasbim tarixi”
Matnni o‘qib tushunish.
“Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish.
Kasb taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlardan xronologik jadval tuzish.
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
26-mavzu: “Iqtidor va mehnat”
Matnni o‘qib tushunish. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarada ishtirok etish.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot yozish.
Matnga so‘z va termin tanlash.
27-mavzu: “Yetuk mutaxassis”
Matnni o‘qib tushunish. Matndagi qo‘shimcha fikrni ajratib so‘zlab berish.
“Sohamiz ravnaqi” mavzusida matn tuzish. Mutaxassisning kasbiy kompetentsiyalari ro‘yxatini tuzish va ularni misollar bilan izohlab berish.
Matn tahlili va tahriri.
28-mavzu: “Kasb bayrami”
Matnni o‘qib tushunish. Turli mamlakatlarda nishonlanadigan shu kasb egalarining bayramlari haqida gapirib berish.
Kasb bayrami haqida matn tuzish.
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |