Periferik a`zolarga: limfa tugunlari, taloq gemolimfatik tugunlar kiradi


-kapsula,2-trabekula,3-xari,4-po`stloq modda,5-follikulolar,6-olib keluvchi limfa tomirlar,7-mag`iz modda,8-olib ketuvchi limfa tomirlar,9-limfa tuguni darvozasi


Download 386.13 Kb.
bet2/5
Sana10.01.2023
Hajmi386.13 Kb.
#1087122
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 immmu

1-kapsula,2-trabekula,3-xari,4-po`stloq modda,5-follikulolar,6-olib keluvchi limfa tomirlar,7-mag`iz modda,8-olib ketuvchi limfa tomirlar,9-limfa tuguni darvozasi
Limfa tugunlari hajmi uncha katta bo‘lmasada son jihatdan ko‘pligi qon yaratuvchi va immun jarayonlarda yuqorigi o‘rinlardan birini egallaydi. Limfa tuguni limfa tomirlari bo‘ylab joylashib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Limfa tugunlarida T-B limfositlarning ko‘payishi va ularning antigenga mos ravishda ixtisoslashishi kuzatiladi. T-B limfositlar o‘zaro hamda mikromuhit hujayralar bilan aloqada bo‘lishi ma`lum antigenga qarshi spesifik antitanalar ishlab chiqarishga olib keladi.
2.Limfosit tugunlardan oqib o‘tayotgan suyuqligini yoki limfani barcha yot antigenlardan tozalaydi. Shu jumladan rak hujayrasidan. Tugunlarning bu vazifasini o‘ziga xos biologik fil`tr sifatida qarash mumkin.
3.Tugunlar to‘qima suyuqligi uchun o‘ziga xos yig‘uvchi a`zo yoki depo bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek limfa tugunlarida qon orqali kelgan monositlarning makrofaglariga aylanishi yuz beradi.
Tugundagi limfa tarkibi va harakati.
Limfa tarkibi: Limfa qondan kelib chiqadi va maxsus tomirlarida oqadi. Suv va ba`zi moddalar qon kapillyarlaridan hujayralar oralig`iga o`tadi, ko`p qismi yana qonga qaytadi. Filtrlangan suv va unda erigan moddalarning bir qismi limfa kapillyarlariga yig`iladi. Limfa kapillyarlari birlashib, limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari birlashib, oxirida ikkita yirik ko`krak va bo`yin limfa tomirlari vujudga keladi. Ular orqali tanadan yig`lagan limfa venalarga tushadi. Limfa tomirlarida suyuqlik bir tomonga – to`qimalardan qonga harakat qiladi. To`qimalardan oqib ketuvchi limfa biologik filtrlar vazifasini bajaruvchi limfa tugunlaridan o`tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalarni va yot zarrachalarni tutib qoladi.
Limfaning asosiy vazifasi ichki muhit doimiyligini saqlashdan iborat. To`qima oralig`idagi oqsillar limfa orqali qonga qaytariladi. Limfa organizmda suvning qayta taqsimlanishida, moddalar almashinuvida, sut hosil bo`lishida, ovqat hazm va so`rilish jarayonlarida ishtirok qiladi. Limfoid to`qimadan makrofag, limfositlarni va antitanachalarni qonga yetkazib, limfa organizmning immun reaksiyalarida ham ishtirok qiladi.

Download 386.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling