Perifraza va frazeologik birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari
Download 210.97 Kb. Pdf ko'rish
|
308-31 1.PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- S.B. Abdurahmonova (BuxDU 2-bosqich magistranti) Email
- Kalit sozlar
Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes http://www.conferenceseries.info 308 International Scientific Conference, December 18-19, 2021 Perifraza va frazeologik birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari S.B. Abdurahmonova (BuxDU 2-bosqich magistranti) Email: sidiqa.abdurakhmonova@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillaridagi perifraza va frazeologik birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada perifrazalarning nutqda ishlatilishi, olimlarning perifraza haqidagi turli nazariyalari va frazeologik birliklarning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi fikrlar keltirilgan. Kalit so'zlar: perifraza, parafraza, frazeologiya, frazeologik birlik, ma'no, toifa, komponent. Tilshunos olimlarning fikricha, perifrazalarning frazeologizm bilan umumiy va xususiy jihatlari bir-biriga yaqin turadi, ammo perifraza predmet - hodisani qayta nomlaydi, frazeologizm esa belgini, holatni dalillaydi. Hamda perifraza ham frazeologizmlar singari til fakti sifatida tan olinishi lozimligini uqtiradi. Frazeologik birikmalarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning turg'unligidadir. Ya'ni frazeologik birikmalar barqarordir. Endi frazeologiya, frazeologizmlarning semantik-grammatik xususiyatlari haqida fikr yuritamiz. Tilshunoslikning keyingi davrida frazeologiya keng va har tomonlama tadqiq qilinmoqda. Frazeologiya muammolari chet el tilshunosligi rus va o'zbek tilshunosligida ham ancha o'rganilgan. Ammo frazeologik birliklarning nazariy asoslari, ularning mezon va belgilari frazeografiya masalalari va boshqa bir qator amaliy muammolar haqida frazeoit - tilshunoslar o'rtasida ancha munozarali o'rinlar mavjud. Ma'lumki, frazeologiya terminining asosiy poydevori shvetsariyalik olim Sh.Balli yaratdi. Uning bevosita davomchilari B.B. Atoyeva, A.I. Babkin, A.G. Nazaryan, A.I. Momotxoklar frazeologiyaning jyda ko'p nazariy masalalarini tinglab chiqdilar. O'zbek tilshunosligida I. Qo'chqortoev, E. Umarov, X. Berdiyorov, A.E. Mamatovlarning asarlarida o'z aksini topgan. Frazeologiya - bu hozirgi zamon frazeologik sistemasining asosiy birligi bo'lib, tildagi so'z birikmalarining umumiy hisobidan nutq qiyinchilik bilan farqlanadigan, murakkab ko'p aspektli til hodisasi hisoblanadi. Frazeologiya nazariyasiga bag'ishlangan ilmiy ishlarni o'qib, tahlil qilgach, frazeologiyaga berilgan turlicha ta'rif va talqinlarga duch kelamiz. Jumladan Sh. Balli frazeologiyaning asosiy belgisi uning o'rnini o'sha iboraning ma'nosiga to'g'ri keladigan so'z bilan almashtirish mumkin emasligi deb ta'riflasa A.I.Babkinni esa uning asosiy belgisi frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi alohida so'zlarning ma'nosidan o'sha birliklarning umumiy ma'nosining kelib chiqmasligi deb hisoblaydi. A.A. Reformatskiy frazeologik iboralarning boshqa tillarga so'zma-so'z tarjima qilinishi mumkin emasligi uning yetakchi belgisidir, degan fikrni bildiradi. Ayrim tilshunoslar frazeologiyaning farqli belgilar deb ularning nutqqa tayyor holda kiritilishi, ularning ma'no jihatdan yaxlitligi, hammasining bir butunligi, frazeologizmlarni tashkil etishdagi alohida komponentlarning farqlana olmasligi leksemalar birikishining cheklanganligi deb ko'rsatadilar. I.B. Arnold esa frazeologizmlarning umumiy belgilari, ularning turg'unligi, ma'nolarining yaxlitligi va komponent tarkibining alohida-alohida rasmiylashishi deb hisoblaydi. A.B. Kupin frazeologizmlarga lo'nda qilib quyidagicha ta'rif bergan: Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes http://www.conferenceseries.info Download 210.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling