Perifraza va frazeologik birliklarning umumiy va farqli xususiyatlari


  International Scientific Conference, December 18-19, 2021


Download 210.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi210.97 Kb.
#1000634
1   2   3
Bog'liq
308-31 1.PDF

309 
International Scientific Conference, December 18-19, 2021 
" Frazeologik birlik bu qisman va to'liq ko'chma ma'noga ega bo'lgan turg'un so'z birikmalaridir". 
Umuman olganda, frazeologizmlar - bu tuzilishi jihatdan so'z birikmasining yoki gapga teng 
bo'lgan, umumlashgan ma'no anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki to'liq ko'chma ma'noga 
ega bo'lgan, turg'un leksik-semantik birlikdir. Frazeologiya tadqiqotchilar tomonidan "tor" va 
"keng" ma'noda tushunilmoqda. Frazeologiyani "tor" ma'noda tushunovchilar ( Y.Y. Avaliani, 
N.N. Amasova, I.N. Chernishov, V.P. Jukov) chegarasini haddan tashqari qisqartirib, uning 
doirasidan obrazli aforizmlarni, maqol va matallarni ko'chma ma'noga ega bo'lgan terminologik 
birikmalarni chiqarib tashlash kerakligini uqtiradilar. Frazeologiyani "keng" ma'noda 
tushunovchilar ( O.S. Anmanova, V.V. Vinogradov, A.I. Efimov, I.M. Shanskiy) esa sof 
ideomalardan tashqari aforizmlarni, maqol va matallarni, turg'un so'zlashuv formulalarini, ilmiy- 
terminologik birikmalarni, ba'zi qolip so'z birikmalarni ham frazeologik birliklar bo'lagi deb 
izohlaydi.
Lisoniy adabiyotlarda frazeologiya tushunchasi bir necha atamalar bilan ifodalanadi. Masalan, 
"frazeologik yoki turg'un ibora" va oddiygina qilib "ibora" deb ataydilar. Bu iboralarni ma'lum 
ma'noda sinonim sifatida qo'llash maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Tilda mavjud perifrazalar 
ham bir qarashda frazeologik birliklardek tutiladi. Ammo ular orasida yaqinlik bo'lgani bilan 
farqlanadi.
Jumladan, perifraza - predmet, hodisani qayta nomlaydi, frazeologizm esa belgini, holatni 
dalillaydi, hamda perifraza ham frazeologizmlar singari til fakti sifatida tan olinishi lozimligini 
uqtiradi. Frazeologik birliklarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning turg'unligidadir. Ya'ni 
frazeologizmlar turg'un iboralardir. 
Masalan: 
Ingliz tilida: as busy as a bee, as white as a chalk, safe and sound. 
O'zbek tilida: qosh qo'yaman deb ko'z chiqarmoq, qordan qutulib do'lga tutilmoq kabi. 
Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, tilda mavjud frazeologik perifrazalar ham mavjud. Bundan 
perifrestik iboralar badiiy nutqda ko'p uchraydi. T.Drayzerning " Baxti qaro Kerri" asaridan 
olingan misol bilan isbotlaymiz. 
Preparing to washing his face changing his deleted upon his trip. 
Drue yuvinishga tayyorgarlik ko'rib, yoqasi bilan ilma tugmalarini yecharkan hadeb safaridan 
og'iz ko'pirtirardi. 
Xulosa qilib aytganda, perifrazalar tegishli so'zlarning sinonimlarini tashkil etadi, ularning 
vaznlari, lug'at tarkibiga frazeologik birlik tarzida kiradi. Bundan tashqari perifrazalarning ma'nosi 
keng matnlarda ochiladi. Perifrazalarda motivlashuv masalasi alohida ilmiy izlanishning msvzusi 
emas. Lekin motivlashuvga aloqador qaydlar yo'l- yo'lakay uchrab turadi. Ingliz tilida "white 
gold", "black gold" kabi iboralar uchragani kabi o'zbek tilida "oq oltin", "qora oltin" kabi 
motivlashgan so'zlar uchraydi. 
Adabiyotlar: 
1.
Haydarov A. Konnotativ ma'noning fonetik vositalarda ifodalanishi. Nomzodlik diss. 
avtoreferati. -T.: 2009.- B.6. 
2.
Hojiyev A. Lingvistik birliklarning izohli lug'ati. T.:1985.-B.67. 
3.
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. –М.: СЭ. 1966. –С.312
4.
Арнольд И.В. Стилистика современного английского языка. –М.: Просвещение. 1990. 
–С.46. 


Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 

Download 210.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling