Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va uning nazariyalari. Idrokning konstantligi


Download 452.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi452.66 Kb.
#1493464
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Perseptiv obrazlarni kontur va sturkturaning ahamiyati Idrok va

Idrokning yangi qirralari. 
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni 
inson tomonidan idrok qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning 
taxliliga koʻra, insonning baʼzi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz 
alomatlari va tana aʼzolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. Insonning 
tashqi qiyofasining tuzilishi boʻyicha shaxs harakteri xususiyatlari va uning 
fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish oʻzining uzoq tarixiga ega boʻlsada, lekin 
muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina 
boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga 
baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar
toʻplangan amaliy maʼlumotlar umumlashtirilsa, quydagi tasnifnomani 
yuzagakeltirishi mumkin: 
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir oʻzgarish uning yaqqol shaxsiy 
xususiyati bilan o‘zviy bogʻliq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik 
talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish odam irodasining mustaxkamligi 
nishonasidir). Boshqacha soʻz bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan toʻplangan tajribalarga asoslanib, 
shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir. 
2. Insonning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy koʻrinishidagi sernafosat 
nozik ado, boshqa kishilar hissiyotini oʻziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, 
xushbichimlik shaxsning kechinmalaribilan uygʻunlashuvini eʼtirof qilishga 
qaratilgan yondashuv (shaxsning did bilan kiynishi, meʼyor bilan oʻziga oro 
berishi uning ibosida ifodalanishning ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok 
qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs 
tomonidan qay yoʻsinda qabul qilinsa, demak, oʻsha odam toʻgʻrisidagi taassurot 
bevosita favquloddagi holatga, vaziyatga bogʻliq boʻladi, chunki yoqtirish yoki 


yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, impatiya bir laxzalik idrok mahsulida 
mujassamlashishi mumkin.
3.Idrok qilinayotgan insonning tashqi koʻrinishining alomatlari iliq 
taassurot va tasavvur uygʻotuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari 
notanish kishiga oʻxshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos 
beriladi.Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari 
tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga kuchiriladi. Shunisi ajablanarligi, mazkur 
jarayonda na mantiqiy taxlil, na o‘zviylik talqini ishtirok etadi. Shu boisdan bu 
tarzda insonni inson tomonidan idok qilish oʻhshashlikka asoslanishini taʼkidlab 
oʻtish maqsadga muvofiq. 
4. Insonning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy( 
ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, yaʼni toifalarga aloqadorligi toʻgʻrisida 
muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu 
nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi koʻrinishiga nisbatan 
bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi oʻxshatish deyiladi. 
Bizningcha, insonning inson tomonidan idrok qilish jarayoni qaʼtiy ravishda 
qoʻydagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin: 
- Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi oʻzining shaxsiy hislatlari 
bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli boʻyicha talqin qilinadi va 
tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonning inson tomonidan aks 
ettirish, oʻxshatish, taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, 
yaʼni idenfikasiya bosqichi bevosita amalga oshadi. 
- Idrok qilinayotgan shaxsning oʻrniga idrok qiluvchi oʻz xoxishi boʻyicha 
mulohaza yuritishi uning tushunishiga intilish oʻz-oʻzini anglash negizida 
namoyon boʻladi, yaʼni refleksiya bosqichi vujudga kelinganligi toʻgʻrisida 
muayyan qarorga kelinadi; 
- Oʻzga kishilarning kechinmalari va xis-tuygʻulariga nisbatan hamdardlik 
bildirish, mexr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati 
tugʻiladi, buning natijasida tub maʼnodagi impatiyaga asoslangan idrok qilish 
bosqichi yuzaga keladi; 
- Oʻzga kishilarga ijtimoiy guruh aʼzolariga nisbatan berilgan xislatlarni 
ommaviy tarzda yoʻyish tafsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni 
tugʻiladi yaʼni qadimgi mezonlar boʻyicha iʼnikos qilish stereotipizasiya 
deyiladi. 
Hozirgi zamon jahon psixologlari antisipatiyani besh darajaga ajratib 
oʻrganmoqdalar, chunonchi anglashilmas subsensor lotincha sub – osti va sensis 
– sezish soʻzlaridan to‘zilgan boʻlib, idrok qilishning ongosti holatini 
anglatiladi), sensomotor ( lotincha sensis – sezish, motor – harakat degan 
maʼnoni bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir), perseptiv (lotincha 
perceptio-idrok degan maʼnoni anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat) qilish 
kabilar. 
Antisipasiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining 
oʻzgarishida, uning ideomotor(ixtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi taʼsirlarga 
tezkor javob qaytarishda oʻz aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va 
harakat barqarorligi insonning ixtiyoriy saʼy-harakatga tayyorgarlik koʻrish 
uchun zamin taʼminlaydi. 


Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uygʻunlashib 
ketadi. Buning natijasida oʻtmish tajribalarga asoslanib kelajakda vaqt va 
fazoviy oʻzgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari 
yaqqollashtiriladi. 
Insonni inson tomonidan idrok qilishning yangi ilmiy qirillari yuzasidan 
mulohazalardan kelib chiqqan holda qoʻydagi umumiy xulosalar chiqarish 
maqsadga muvofiq: 

antisipasiyaning 
har 
qaysi 
bosqichi 
yechimi 
kutilayotgan 
muammolarning murakkabligi darajasiga munosibdir; 
- antisipasiyaning har bir darajasining maqsad koʻzlashdagi va muammoni 
hal qilishdagi imkoniyati turlichadir. 

Download 452.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling