6. Qimmatbaho qog’ozlar — fond bozorining tarkibiy qismi, mulkka egalik ekvivalenti hisoblanadi. Bunda aksiya — korxona aksiya kapitaliga qo’shilgan payni ko’rsatuvchi qimmatbaho qog’ozdir. U foydaning bir qismini dividend shaklida olish imkonini beradi. Veksel — bir shaxsning ikkinchi bir shaxs oddidagi pul majburiyatini aks ettiruvchi qarzdorlik hujjati hisoblangan , qimmatbaho qog’ozdir. Obligatsiya — aniq belgilab qo’yilgan foiz miqdorida yillik daromad olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz. Kredit kartochkalari — pul o’rnini bosuvchi hujjat bo’lib, ularga egalik qiluvchilar o’zlari hisob raqamlarida bo’lgan pul s miqdoriga tovarlar sotib olishlari mumkin, xizmatlar haqini; to’lay oladilar. Dividendlar aksiyalar uchun to’lanadigan foydaning bir qismidir.
7. Soliq tizimi — davlat g’aznasini to’ddiruvchi muhim iqtisodiy mexanizm bo’lib, soliq korxona va fuqarolardan olinadi.
8. Mulk shakli — mulkka egalikni bildiradi.
9. Ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari — ishlab chiqarish, mahsulotni
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida insonlar o’rtasidagi tovar-pul munosabatlari asosini tashkil etadi.
III. Boshqaruvning ijtimoiy uslublari (3.7- rasm) personalni boshqarishda muhim rol’ o’ynaydi. Bu uslublar xodimlarning jamoadagi o’rni va mohiyatini, etakchilarni aniqlash, ularni qo’llab-quvvatlash, xodimlarni ishga qiziqtirishni korxona pirovard maqsadlari bilan bog’lash, mehnat nizolarining oldini olish, ular ro’y bergan taqdirda bu nizolarni hal etish imkonini beradi.
Ushbu uslublar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Ijtimoiy rejalashtirish — ijtimoiy me’yorlar (turmush darajasi, mehnatga
haqto’lash, uy-joyga ehtiyoj, mehnat sharoiti va boshqalar)ni ishlab chiqish, ijtimoiy maqsad va mezonlarni belgilash imkonini beradi.
Tadqiqotlarning ijtimoiy uslublari personalni tanlash, baholash, joy-joyiga qo’yish va o’qitish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlashda, asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |