Personal boshqaruvga tizimli yondashuv reja: Personalni boshqarish tamoyillari Personalni boshqarish uslublari
Download 28.72 Kb.
|
personla boshqaruv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Muloqot
- Dekompozitsiya
2.Shaxsiy sifatlar — ijtimoiy shaxsning tarkibiy qismi bo’lib, xodimning mehnat jamoasida barqaror namoyon bo’ladigan xususiyatlarini ko’rsatadi.
3. Axloq — insonning jamiyatda ma’naviyatga, axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda o’zini tutishidir. 4. Sherikchilik — har qanday ijtimoiy guruhlarning eng muhim xususiyati bo’lib, insonlarning o’zaro munosabatlarini belgilaydi. 5.Musobaqalashish — ijtimoiy munosabatlarning o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, insonlarning muvaffaqiyatga erishishga, g’oliblikka, o’zini namoyon etishga intilishini ko’rsatadi. 6.Muloqot — insonlarning axborot ayirboshlash asosidagi o’zaro munosabatlaridir. 8. Muzokaralar — turli maqsad va vazifalarga ega ikki va , undan ko’proq tarafning o’z manfaatlarini hal etish uchun muloqotga kirishishidir. 9. Nizolar (konfliktlar) — bir-biriga manfaatlari zid kelgan tomonlarning to’qnashishi oqibatida ro’y beradi. Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik uslublariI mehnat jamoasi hamda alohida xodimlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayoniga ta’sir ko’rsatishning aniq usul va vositalaridan iboratdir. Bunda ijtimoiy ta’sir ko’proq mehnat jamoasiga (ijtimoiy rejalashtirish, eng maqbul ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish va hokazolar), psixologik ta’sir alohida xodimlar (psixologik tanlash uslublari, personalni baholash va hokazolar)ga mo’ljallangan. Korxonadagi iqtisodiy ahvolning beqarorligi, moliyaviy muammolar, ish haqining vaqtida to’lanmasligi, uzoq muddat bo’sh turib qolish jamoada ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilashga xizmat qilmaydi, albatta. Chunki, rahbar bunday sharoitda aksariyat vaqtini personal bilan muloqotda bo’lish, boshqaruv funktsiyalarini bajarishga emas, balki bevosita ishlab chiqarish, marketing, moliya masalalari, ya’ni boshqa funktsiyalarni bajarishga majbur bo’ladi. Shunday ekan, personalga ijtimoiy-psixologik uslublar ta’sirini bilish va prognoz qilish juda muhimdir. Mazkur ijtimoiy-psixologik uslublarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Dekompozitsiya — murakkab masalalarni bo’laklarga bo’lib, soddalashtirgan holda taxdil etish uslubidir. Download 28.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling