Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Нометал материаллар



185 
VIII bob. 
 
NOMETALL MATERIALLAR VA HIMOYA QOPLAMALARI. 
 
8.1. Noorganik konstruksion materiallar 
Kimyo sanoatida metallar va qotishmalar bilan bir qatorda metallmas 
konstruksion materiallar ham keng qo‘llaniladi. Tabiiy va sanoat sharoitlarda 
uchraydigan 
yuqori agressivlikka ega bo‘lgan muhitlarda legirlangan 
qotishmalardan tayyorlangan jihozlarning ham xizmat qilish muddati cheklangan 
bo‘ladi. Korroziyaga qarshi himoyani tashkil qilishda qo‘shimcha rezerv – 
metallmas materiallar hisoblanadi. Ulardan alohida apparatlar yoki ularga shisha, 
sitallar, viniplast, faolit, grafit kabi materiallardan qismlar tayyorlanishi mumkin. 
Ko‘p hollarda metallmas materiallar futerovkalar, obkladkalar va boshqa 
himoyaviy qoplamalar sifatida metall korpuslarning aktiv muhit bilan kontaktda 
bo‘lmasligi uchun izolyatsiyalash maqsadida foydalaniladi. Ko‘pincha bunday 
qoplamalar ko‘p qavatli bo‘ladi. Bularning hammasi metallmas korroziyabardosh 
materiallarning xossalarini, korroziyaga qarshi himoyani tashkil qilishda ulardan 
foydalanish qonun va qoidalarini mukammal bilishni taqozo qiladi. 
Nometall 
materiallar 
bir 
qator 
alohida 
xossalarga 
ega: 
issiqlik 
o‘tkazuvchanlikning keng diapazondagi qiymatlari; uncha yuqori bo‘lmagan 
zichliklar; metallar bilan yaxshi adgeziya; agressiv muhitlardagi bardoshlilik. Biroq 
ko‘pgina nometall materiallar, ayniqsa organik avlodlilari faqat 150–200°S 
haroratgacha chidaydi, haroratning keskin o‘zgarishlariga bardosh berolmaydi, 
mexanik ishlov berishlarga moyil emas.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra nometall materiallar noorganik materiallar va 
organik materiallarga bo‘linadi. 
Noorganik materiallarga tog‘ jinslari, silikat materiallari, keramika va b. 
kiradi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling