8.4-rasm. Uglerodgrafitli materiallarning struktara-sxemasi.
I–antegmit ATM-1; II–bakelitirlangan grafit;
g
–grafit;
s
–fenolformaldegid smolasi.
8.4-rasmdan ko‘rinadiki, antegmit ATM-1 da (I)
uzluksiz faza qotgan fenol-
formaldegid
smolasidan, kukunsimon grafit esa g‘ovakliklarni to‘ldiruvchi
vazifasini o‘taydi. Bakelitirlangan grafitda (II) uzluksiz faza grafitdan, qotgan fenol-
formaldegid smola esa g‘ovakliklarni to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Yuqori agressiv muhitlarda ishlatiladigan issiqlik
almashtirgich apparatlari
uchun yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan grafitli materiallar tengi yo‘q
hisoblanadi. Yuqori agressivlikka ega bo‘lgan muhitlarda
ishlatiladigan issiqlik
almashtirgich apparatlarini tayyorlash-da yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega
bo‘lgan grafitli materiallarning tengi yo‘qdir. Vodorod xloridi ishlab chiqariladigan
korxonalarda qo‘llaniladigan iguritdan tayyorlangan
sovutgichlar etti va undan
ko‘proq yil xizmat qiladi.
Sakkizinchi bobga tegishli uslubiy tavsiyalar
VIII bobda keltirilgan ma’lumotlarni
o‘rganish natijasida talaba quyidagilarni
bilishi shart:
noorganik metallmas materiallar;
organik metallmas materiallar;
organik va noorganik metallmas materiallarning xossalari va korrozionn
xarakteristikalari.
Ushbu bobda
keltirilgan ma’lumotlarni
o‘zlashtish natijasida talaba