Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
8.2.4. Kauchuklar va rezinalar Natural kauchuklar (NK) – tarkibida kauchuk moddasi bo‘lgan tropik o‘simlik- larning sutsimon sokidan olinadi. Sokka kislotali ishlov berilgandan so‘ng hosil bo‘lgan mahsulot yoyilib, shakl beriladi. Sintetik kauchuklar (SK) cheklanmagan birikmalarni polimerlash yo‘li bilan olinadi. Dastlabki material tarkibi va ularga ishlov berish sharoitiga bog‘liq holda turlicha xossali va har xil chidamlilikka ega bo‘lgan kauchuklar ishlab chiqariladi (8.5-jadval). Kauchuklar – yuqori molekulali birikmalar bo‘lib rezina, ebonit va loklar, elimlar, bog‘lovchi moddalar olish uchun foydalaniladi. Kauchuklar chiziqli tuzilishga ega bo‘lib, yuqori elastikligi va ishchi temperatura diapazonining kengligi bilan ajralib turadi. 100°S haroratda ular mo‘rt bo‘lib qoladi, 200°S da esa suyulib qoladi (8.6-jadval). Rezina va ebonit – kauchukni vulkanizasiyalash tufayli olingan mahsulotlardir. Bu jarayon vulkanizator moddalar (ko‘pincha oltingugurt, metall oksidlari) ishtirokida, yuqori temperaturalarda amalga oshiriladi. Kiritilayotgan vulkanizatorning miqdriga qarab yumshoq rezina (2–4 % S), yarimqattiq rezina (12– 20 % S) va qattiq rezinalar (30–50% S) olinadi. Oxirgi mahsulot ebonit deb nomlanadi. Rezinalar noyob yuqori, teskari deformasion qobilyatga egaligi, elastikligi, mustahkamligi, sidirilishga va agressiv muhitlar ta’siriga yuqori qarshiligi, gaz va suv o‘tkazmasligi bilan ajralib turadi. Butadien-stirol kauchuk (SKS) – butadien va stirolning sopolimeri hisoblanadi. Uning asosidagi ebonitlar yuqori kimyoviy chidamliligi bilan xarakterlanadi. Ular quruq va nam xlorga, konsentrlangan uksus kislotasiga 65°S gacha chidamli, shuningdek 36 % li xlorid kislotasida 80°S haroratda uzoq vaqt ishlatilishi mumkin. 202 8.5-jadval Sintetik kauchuklarning xarakteristikalari Kauchukning nomi Dastlabki monomerlar Maxsus xossalari Butadien (SKB) Butadien CH 2 =CH–CH=CH 2 Butadien stirolli (SKB) Butadien CH 2 =CH–CH=CH 2 Stirol Izoprenli Izopren Butadien nitrilli (SKB) Butadien CH 2 =CH–CH=CH 2 Akrilonitril CH 2 =CH – CH Yuqori issiqlik-, benzo-, moy chidamlilik Xlorperenli (nairit) Xlorperen Yuqori issiqlik-, benzo-, moy chidamlilik Butilkauchuk Izobutilen Izopren Yuqori kimyoviy bardoshlilik Silikonli (SKT) Kremniy organik birikmalar –60 o S dan +300 o S gacha bo‘lgan keng intervalda ishlaydi Butadien-nitril kauchuk (SKN) – butadien va akrilonitril kislotasi-ning sopolimeri hisoblanadi. Uning asosidagi rezinalar benzin, moyga chidamli, abraziv eyilishga nisbatan yuqori qashilikka va issiqlikka yuqori bardoshga ega (100°S gacha). Xlorpren kauchugi – nairit deb nomlanadi. U asosan arzon va serob xom ashyo hisoblangan – asetilen va vodorod xlorididan olinadi. Nairitlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, himoyalanadigan sirtga oson surkala-digan, qovushqoqligi kichik va konsentrlangan eritmalar hosil qiladi. Nairitdan tayyorlangan vulkanizasiyalanmagan qoplamalar termoplastik hisoblanadi. Ular 40°S dan yuqori haroratlarda yumshoq bo‘lib qoladi. Agarda ularni bir necha kun 60–70°S haroratda sulfat kislotasi yoki natriy xlor eritmasida saqlansa, qoplama vulkanizasiyalanib rezina xossalarini oladi. Nairit qoplamalari eskirmaydigan, 70°S haroratda ham kislotalarda, ishqorlarda va tuzli eritmalarda chidamli. Qisqa muddatli 90-95°S qizdirishlarga bardosh beradi. 203 8.6-jadval Kauchuklar va ular asosidagi rezinalarning ba’zi xossalari Nomi Kauchuklar Rezinalar Zic hli gi , kg /m 3 C ho‘z il ishga Must ah ka ml igi , MP a Nisbi y uz ayishi , % Zic hli gi , kg /m 3 C ho‘z il ish ga must ahka ml i gi, MP a Nisbi y Uz ayishi , % Issi q ba rdosh li gi , o S Xarakterli xossalari Narural kauchuk (NK) 910– 930 20–30 700-800 917– 937 25–34 550–650 80–110 Moy, benzinda bo‘kadi; oksidlanadi Butadien-stirol kauchugi (SKS) 920 3–5 500–600 620– 980 20–25 550–650 80–100 Eyilishga yuqori bardoshli; oksidlanadi Butadien-nitril kauchugi (SKN) 960 3–4,5 500–700 910– 980 27–30 550–650 100–110 Suyuq yoqilg‘ilar, moylarni shimimaydi; Nairit 1270 25–30 800– 1100 1150– 1250 20–35 600–700 110–120 Kimyoviy va atmosfara ta’siriga chidamli Butilkauchuk 910 15–20 700–850 920 15–22 500–600 120 Atmosferaga chidamli, gaz o‘tkazmaydi Polisiloksan kauchugi 1600– 2200 1600– 2200 4–50 220–300 250–300 Sovuqqa, kislorodga chidamli, gaz o‘tkazmaydi Ftorkauchuklar 1600– 2200 1800– 1900 20–25 250–550 200–250 Kimyoviy inert, sovuq, kislorod, benzin, moyga chidamli 204 Gummilash (gummirovanie) – kimyoviy apparatlarning sirtlarni rezina yoki ebonit bilan qoplash jarayonidir. Apparatning ichki sirti ikki yoki undan ko‘proq qavatli xom rezina listlari bilan ketma-ket qoplanib, har safar vulkanizasiyalanib boriladi. Vulkanizasiyalash o‘tkir bug‘ bilan qizdiriladigan maxsus qozonlada amalga oshiriladi. Bu jarayon apparatni qaynab turgan suv yoki qaynash harorati 100°S bo‘lgan tuzlarning suvli eritmasi bilan to‘ldirilgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Xom rezina aralashmasi qizdirilganda mustahkam elastik rezinaga aylanadi. Xloropren kauchuklaridan tayyorlangan qoplamalar yordamida quvur o‘tkazgichlari, elektrolizyorlar, rezervuarlar korroziyadan himoyalanadi. Xom rezina bilan qoplangan temir yo‘l sisternalari yoz paytida issiq atmosfera havosi ta’sirida qo‘shimcha qizdirishlarsiz bir oyda o‘z-o‘zidan vulkanizasiyalanadi. Ebonitlar metallga nisbatan yaxshi adgeziyaga ega. Bunday xususiyatdan kimyoviy zavodlarda ko‘p uchraydigan qo‘sh qavatli qoplamalarni hosil qilishda foydalaniladi. Bunda ichki qavat ebonitdan, tashqi qavat esa yumshoq rezinadan tayyorlanadi. Bunday qo‘sh qavatli qoplamalar xlorid, erituvchi, uksus va limon kislotalari, ishqorlar hamda tuzlarning eritmalariga 65°S haroratgacha chidamli hisoblanadi. Ular faqat kuchli oksidlovchi muhitlar — konsentrlangan sulfat kislotasi va azot kislotasida parchalanishi mumkin. Misol tariqasida rezina qoplamali issiqlik almashtirgich apparatining himoyasini ko‘rib chiqamiz. Issiqlik almashtirgich apparatlari po‘lat quvurlarining yupqa va bakelitli qoplamalari po‘latni korroziyadan etarlicha yaxshi himoyalaydi. Biroq ular uni eroziya va intensiv gidroobraziv eskirishdan himoyalay olmaydi. Shuningdek, issiqlik almashtirgich apparatining bir qismi qattiq mexanik zarrachalar aralashgan suvning harakati tufayli kuchli eyiladi. Bunday hollarda korrozion va abraziv eskirishga qarshi ishonchli himoyaga faqat rezina qoplamalar yordamidagina erishish mumkin. Haqiqatan ham nairit qoplamalari yaxshi himoyaviy xossalarini namoyish etadi. Bunday issiqlik almashtirgichlari-ni AQSh va Rossiyadagi ba’zi zavodlarda ishlatish tajribalari mavjud (8.2-rasm). Shuni aytish lozimki gummilangan issiqlik almashtirgichlarda issiqlik uzatish koeffisienti himoya qoplamalari bo‘lmaganlarnikiga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling