Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


 Murakkab polikondensasion plastik massalar


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Нометал материаллар

8.2.3. Murakkab polikondensasion plastik massalar. 
Bu sinfdagi eng ko‘p tarqalgan plastmassalardan biri – fenolformal-degid 
plastik massasidir. To‘ldiruvchilar qo‘shilgan ular asosidagi kompozision 
materiallar va qavatli plastiklar sanoatning turli sohalarida keng foydalaniladi. 
Fenol-formaldegid smolalari polikondensasiya reaksiyalari bo‘yicha suv 
ajralishi bilan kechadigan jarayonda olinadi. Fenollarning aldegidlar bilan 
polikondensasiyasi kislotali yoki asosiy katalizatorlar ishtirokida olib boriladi.
Qizdirilganda yoki qotiruvchilar ishtirokida smolalar to‘rsimon tuzilishga ega 
bo‘lgan polimerlarga o‘tadi. To‘ldiruvchilarning turiga ko‘ra fenoplastlar uch turga 
bo‘linadi: presslangan, tolasimon va qavatli. Fenoplastlarning fizik-kimyoviy va 
mexanik xossalari 8.4-jadvalda keltirilgan.
Asbotoladan (asbovoloknit) umumtexnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
buyumlar (pereklyuchatellar, flanslar, dastaklar, shesteryonkalar) olinadi. Material 
suv, kislotalarning kuchsiz eritmalari, ishqorlar ta’siriga 300°S haroratgacha yaxshi 
chidaydi.  
Faolit — rezol smolasi va asbest asosida tayyorlanadi. U sulfat kislotasi 
(o‘rtacha konsentrasiya va 50°S gacha), xlorid kislotasi (o‘rtacha konsentrasiya, 
100°S gacha), uksus, fosfor kislotalari (80°S gacha), limon kislotasi (70°S gacha) da 
bardoshli hisoblanadi. Shuningdek faolit turli xildagi tuzlarning jumladan, natriy va 
kalsiyning eritmasida (100°S gacha), xlor va oltingugurt angidri gazlarining 


199 
atmosferasida chidamlidir. U azot kislotasi, o‘yuvchi kislota va ishqorlarga 
chidamsiz hisoblanadi. 
Faolitdan sig‘imlar, rektifikasion minoralar, sovutkichlar, armaturalar, 
quvurlar kabi xilma-xil buyum va jihozlar tayyorlanadi. U ancha mo‘rt bo‘lsada, 
mexanik mustahkamligi bo‘yicha kislotabardosh keramikadan ustun turadi, uni 130–
150°S haroratgacha ishlatish mumkin. 
Shisha tolalilar (Steklovoloknitы) — mustahkam, titrash yuklama-lariga 
bardoshli, yuqori solishtirma mustahkamlikka ega material bo‘lib, agressiv muhit va 
mikroorganizmlar ta’siriga chidamli. 
Tekstolit — fenol-formaldegid smolasi va qotiruvchilar shimdirilgan, paxta-
qog‘oz matolari yoki boshqa qavatli birikmalar (masalan, asbest matosi) dan 
presslanib tayyorlanadigan material. Bunda smola shimdirilgan paketlar 145–150°S 
gacha qizdirilgan gidravlik press plitalari orasida qisiladi. Tekstolit faolitdan 
mustahkamroq, undan kuchlanish uzatuvchi detallar – shesternalar, po‘lat arqonlar 
uchun roliklar, muftalar va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi.
Shishatekstolit — tolali materiallarga mansub. To‘ldiruvchilar sifatida 
orientirlangan elementar tolalar, shisha-jgutlar yoki turlicha to‘qilgan shishatolali 
materiallar qo‘llaniladi. To‘ldiruvchilarning ko‘rinishi, shakli va joylashuvi 
shishatekstolitning xossalariga asosiy ta’sirni o‘tkazadi. Shishatekstolitlarning 
mustahkamlik xossalari juda yuqori. Solishtirma mustahkamligi bo‘yicha ular
po‘lat, dyuralyuminiy va titandan qolishmaydi, ba’zan o‘xshash ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha ulardan yuqori ham turishi mumkin. 
Shishaplastlar zarb ta’siriga va dinamik yuklamalarga yaxshi qarshilik ko‘tsata 
oladi, konstruksiya elementlarining tebranishini so‘ndira oladi. Ular elektrolitlar
moylar, suyuq yoqilg‘ilar ta’siriga chidamli. Ulardan agressiv suyuqliklarni tashish 
va saqlash uchun katta gabaritli konstruksiyalar va sig‘imlar tayyorlanadi. 
Bog‘lovchi materiallar sifatida epoksid, pliefir va kremniyorganik moddalar 
qo‘shish orqali shishaplast-larning mustahkamligi va issiqlik o‘tkazuvchanligini 
yanada oshirish mumkin.
Silikonli smolalar yoki kremniyorganik polimerlarning asosiy zanjiri kremniy 
va kislorod elementlarini saqlaydi (polisiloksanlar, umumiy formulasi R
2
SiO, bunda 
R – radikal). Molekulyar bog‘larning xarak-teri va radikllarning tabiatiga qarab, 
silikonlar smola, kauchuksimon modda yoki yog‘ ko‘rinishida olinishi mumkin. 
Bunday birikmalar asosida issiqbardosh loklar, surkovlar, silikon kauchuklari
qavatli plastiklar ishlab chiqariladi.
Kremniyorganik qoplamalarni oddiy usullar: detalni botirish, purkash, cho‘tka 
bilan surkash va h.k. bilan qoplash mumkin. Qoplamaning to‘la qotishi uchun 200-
250°S harorat va 5–10 saot vaqt talab etiladi. Loklar 200°S dan yuqori haroratlarda 
uzoq vaqt ishlatilishi mumkin. Ayniqsa bunday sharoitlarda fenil-silikonlar bebaho 
hisoblanadi. Ularni titan oksidlari bilan qo‘shib, 600°S haroratga bemalol 
chidaydigan qoplamalar hosil qilinadi. 


200 
8.4-jadval 
Fenoplastlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari 
Fizik-kimyoviy xossalar 
Press-kukunlar* 
Tolalilar 
Qavatli plastiklar
Buralma 
Rezolli
Asbotola
Folit 
Shishatola 
Tekstolit 
Asbest- 
tekstolit 
Shisha 
tekstolit 
To‘ldiruvchi: 
Yog‘och 
uni va 
kaolin 
Kvars uni 
Asbest 
tolasi 
Asbest 
tolasi 
Shisha 
tolasi 
Tekstil 
mato 
Asbest 
mato 
Shisha 
mato 
Zichligi, kg/m
3
1400 
1750–1900 
1950 
1650 
1700–1800 1300–1400 1500–1700 1700–1900 
Mustahkamlik chegarasi, 
Mpa: 
cho‘zilishda 
siqilishda 
egilishda 
30–50 
60 
15 
50–10 
85–115 
150–200 
30 
70 
110 
20–30 
30–60 
50–90 
80–200 
100–200 
130 
80–120 
120–160 
230–250 
80–100 
100–130 
300–320 
270–300 
140 
– 
Solishtirma hajmiy 
elektr qashiligi, om∙m 
5∙10
5
5∙10
11

5∙10
12
10
4
10
4
10
10
10
8
10
7
10
12
–10
13
Elektr mustahkamligi, 
kV/m 
7–13 
16–29 
1,1 
– 
13 
6–8 
0,5–0,9 
10–24 
Dielektrik yo‘qotish-
ning tangens burchagi,
10

Gs chastotada 
0,04–0,09 
0,012 
0,8–1,0 
– 
0,05 
0,02–0,08 
0,8–0,9 
0,02–0,03 
10
10 
Gs 
chastotada 
Presslash temperaturasi, 
o

150 
170 
170–190 
200 
150–170 
140–170 
145–170 
150–170 
Qo‘llashning tempe-
ratura chegarasi, 
o

140 
140 
200–300 120–160 
200 
100–120 
200 
250 
*Buralmali (ortiqcha fenol, katalizator – kislota); rezolli (ortiqcha formaldegid, katalizator – ishqor); 


201 
Silikonli kauchuklardan yuqori haroratlarda ishlatiladigan prokladkalar va 
zichlovchilar tayyorlanadi. Silikonli polmer qoplamalari kislorodga, azonga, nam 
atmosferaga 500–550°S haroratgacha bardoshli hisoblanadi. To‘ldiruvchilar sifatida 
alyuminiy va titan ishlatiladi. 
Epoksid smolalari – ko‘p atomli fenollar bilan epoksigidroguruh (masalan, 
epixlorgidrin) polikondensasiyasining mahsulidir. Epoksid smolalari asosidagi 
kompozisiyalar kimyo sanoatida keng qo‘llaniladi. Epoksid smolalari metallga 
nisbatan yaxshi adgeziyaga ega, qotgandan keyin
ishqor, benzin, aseton, xlorid kislotasi va noorganik tuzlar eritmalarining ta’siriga 
chidamli bo‘ladi.
Epoksid smolali qoplamalar mo‘ri quvurlari, bug‘lantirish apparatlari, 
quritgichlar, qaynoq suyuqliklarni haydash nasoslari, kreking qurilmalarini 
korroziyadan himoyalash uchun keng qo‘llaniladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling