Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
Oddiy polimerizasion plastik massalar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
8.2.2. Oddiy polimerizasion plastik massalar.
Qizdirilganda va bosim ostida olgan shaklini qotgandan va sovitilgandan so‘ng uzoq vaqt o‘zgarishsiz saqlay oladigan polimerlardan plastik massalar (plastmassalar) hosil qilinadi. Oddiy plastmassalar-ning asosiy xarakteristikalari 8.3-jadvalda keltirilgan. Polietilen — termoplastik polimer hisoblanadi. Dastlabki monomer – etilen S 2 N 4 tabiiy gazdan olinadi. Polimer olish past yoki yuqori bosim usulida amalga oshirilishi mumkin. Yuqori bosim ostida olingan polietilen 1800–2500, past bosim ostida olingani esa 2500-3500 molekulyar massaga ega. Past bosim ostida olingan polietilen ancha yuqori mustahkam-lik va kimyoviy chidamlilik ko‘rsatkichlariga ega. Xona haroratida polieti-len qattiq elastik material bo‘lib, 60-70°S temperaturagacha o‘z xossalarini saqlaydi, 110–120°S haroratda yuqori elastiklik holatiga o‘tadi. Polietilen sovuqda birorta ham erituvchida erimaydi, biroq 70-80°S haroratda u ko‘pgina uglevodorodlarda eriydi. Polietilen kislotalar, ishqorlar va tuzlarning eritmalari ta’siriga chidamli bo‘lib, oksidlovchi muhitlar ta’sirida osongina parchalanishi mumkin. Undan mustaqil konstruksion material sifatida ham foydalanish mumkin. Undan quvurlar, nasos detallari, turli xildagi butlovchi qismlar tayyorlanadi. Vakuum- shakllantirish orqali undan yirik gabaritli armaturalar ham tayyorlash mumkin. Polietilenni qo‘shimcha qo‘ndirmalarni qo‘llamasdan, qizdirilgan bo‘laklarni birlashtirish orqali yaxlitlash mumkin. Metall konstruksiya-larga ularni korroziyadan yaxshi himoya qiluvchi polietilenni nuqtali yopishtirish va gaz- alangali purkash usullari ishlab chiqilgan. Polietilen lok bilan dastlab ishlov berilgan sirtlarga purkash meto-di yoki uyurmali usulda qoplanadi. Birinchi holda kukunsimon polietilen zarrachalari havo aralashgan asetilen alangasi orqali o‘tadi. Bunda zarrachalar erib, plastik holatdagi suyuq tomchilarga aylanadi va metall sirtiga zarb bilan urilishi natijasida unga yopishib yaxlit qoplama hosil qiladi. Ikkinchi holda kukunsimon polietilen havo oqimi bilan 250-300°S gacha qizdirilgan metall sirtiga yo‘naltiriladi. Polipropilen — polietilenga nisbatanancha chidamli (8.3-jadval). U yuklama ostida 100°S haroratda ham uzoq vaqt ishly oladi. Yumshash haroati 160-170°S bo‘lib, –30÷–35 haroratgacha ishchi holatini saqlaydi. Polipropilen kislotalar (96% gacha bo‘lgan H 2 SO 4 eritmalarida, konsentrlangan HNO 3 da), organik erituvchilar, aromatik uglevodorodlar, mineral va o‘simlik moylarida yuqori bardoshlilik 196 namoyon etadi. Biroq, oleum, xlorsulfon kislotasi, tutaydigan azot kislotasi va brom suvida barqaror emas. Polipropilendan turli qalinlik va har xil o‘lchamdagi listlar, kuvurlar, elektrotexnik va mashinasozlik detallari, gaz va nam o‘tkazmaydigan plyonkalar tayyorlanadi. Undan apparatlarni futerlash maqsadida ham keng foydalaniladi. Undan tayyorlanadigan jihozlarning xizmat muddati 6–8 yilni tashkil qiladi. Polivinilxlorid — zichligi 1,4 kg/m 3 ga teng kukun bo‘lib, undan qayta ishlash orqali qattiq (viniplast) yoki yumshoq plyoka materiallari olinadi. Polivinilxlorid olish uchun dastlabki xom ashyo – xlorvinil CH 2 = CHC1 hisoblanadi. Xlorvinil – 14°S haroratda kondensasiyalanib suyuqlikka aylanadigan gaz hisoblanadi. Viniplast — molekulyar massasi 1800 dan 120000 gacha bo‘lgan termoplas-tik material. Viniplast deyarli barcha mineral kislotalar (yuqori konsen-trasiyali HNO 3 va oleumdan tashqari), ishqorlar, tuzli eritmalar, organik erituvchilarda chidamli hisoblanadi. U 140°S haroratgacha plastik, unga qizdirish orqali istalgan shaklni berish mumkin. Biroq, viniplastning quyidagi kamchiliklari ham mavjud: ishchi haroratining pastligi (40–50 °S), past zarbli qovushqoqlik, chiziqli termik kengayish koeffisientining kattaligi, yuklama ostida asta-sekin deformasiyalanishi. Viniplastdan +50 dan –20°S gacha haroratda ekspluatasiya qilinadigan apparatura detallari tayyorlanadi, u osongina payvandlanadi. Mustaqil material sifatida quvurlar, ventilyatorlar, issiqlik almashtirgich apparaturalari tayyorlashda foydalaniladi. Agressiv muhitli inshootlarda ventilyasion sistemalar yasashda ishlatiladi. Apparatlarni ximoyalash uchun qalinligi 0,6-0,9 mm bo‘lgan plyonka shaklidagi viniplast ishlatiladi. Perxlorvinil elimi yordamida u yog‘och, metall va betonga yopishtirilishi mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling