Personality. From this article, representatives of the relevant field can use it as theoretical information


Download 433.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.09.2023
Hajmi433.99 Kb.
#1673751
Bog'liq
Kredit modul tizimida talabalarning individual ta



Жамият ва инновациялар – 
Общество и инновации – 
Society and innovations 
Journal home page: 
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
 
Formation of individual educational track record of students 
Mastura SABITKHAJAYEVA
1
Aziz ORTIKOV

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO 
ABSTRACT
Article history: 
Received March 2021 
Received in revised form
20 March 2021 
Accepted 15 April 2021 
Available online
20 May 2021 
In this article, the concepts about the credit module system 
are highlighted, as well as the improvement of the individual 
orientation of the student in this system, the organization of 
education by adapting it to the ability to master the student 
personality. From this article, representatives of the relevant 
field can use it as theoretical information. 
2181-1415/© 2021 in Science LLC. 
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords: 
credit module system, 
individual Education, 
Educational tray,
achieving transparency in 
education,
flexibility in education, 
directed education to 
student,
student personality.
Kredit modul tizimida talabalarning individual ta’lim 
trayektoriyasini shakllantirish 
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar: 
kredit modul tizimi, 
individual ta’lim,
ta’lim trayektoriyasi, 
ta’limda shaffoflikka 
erishish,
ta’limda moslashuvchanlik, 
talabaga yo‘naltirilgan 
ta’lim,
talaba shaxsi. 
Ushbu maqolada kredit modul tizimi haqida tushunchalar 
yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini 
individual yo‘nalganligini oshirish, ta’limni talaba shaxsi 
o‘zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so‘z 
boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy 
ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin. 
1
Master’s degree of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan. 
2
PhD, Doctor of Philosophy, The First Deputy Head of the Republican Education Center, Tashkent, Uzbekistan. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
263 
Формирование индивидуальной образовательной траектории 
учащихся в кредитно-модульной системе 
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: 
кредитная модульная 
система,
индивидуальное обучение, 
траектория обучения, 
достижение прозрачности 
в образовании,
гибкость в образовании, 
ориентированное на 
ученика образование, 
личность студента.
В данной статье наряду с освещением концепций 
кредитно-модульной системы рассматриваются вопросы 
повышения 
индивидуальной 
ориентации 
личности 
учащегося, организации обучения в соответствии с его 
способностью к усвоению личности. Эта статья может быть 
использована в качестве теоретической информации 
представителями смежных отраслей.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha 
rivojlantirish 
konsepsiyasini 
tasdiqlash 
to‘g‘risida” 
2019-yil
8-oktabrdagi 
PF–5847-son 
hamda 
“2017–2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 
2-martdagi PF–5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida № 824 
31.12.2020 da qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini 
tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida
3

1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini 
bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etish; 
2. O‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi yordamida o‘quv-
metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har bir talabaning shaxsiy ta’lim 
trayektoriyasini shakllantirish; 
3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir 
semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. Semestr davomida talaba 
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va 
tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har 
bir semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida 
namunaviy o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart. 
4. Ro‘yxatga olish xizmati belgilangan jadvalga muvofiq talabalarni fanlarga ro‘yxatdan 
o‘tkazadi va talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantiradi. Talabaning shaxsiy ta’lim 
trayektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy o‘quv 
rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy o‘qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta’lim 
trayektoriyasiga har o‘quv yilidan oldin o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilish kabi bir qator 
masalalar keltirib O‘tilgan.
Kredit ta’lim tizimi joriy o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning 
shaxsiy ta’lim traektoriyasidagi o‘quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. 
Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi yotadi, u o‘quv jarayonlari 
boshlanishidan oldin talaba tomonidan edvayzerning maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun 
3
O‘Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 dagi № 824 – sonli Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, (qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son)


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
264 
namunaviy o‘quv rejasi asos bo‘ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko‘rsatilgan majburiy fanlar 
va tanlov fanlari kiradi. 
Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va 
talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida 
erkin mo‘ljal olishlari va kelgusida ta’limni davom ettirishlari uchun umumiy savodxonlikning, 
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, umumilmiy, kasbiy va ixtisoslik malakalarining 
shakllanishiga yordam beradi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklari bo‘yicha shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda talabalarga davlat ta’lim standartlari va 
malaka talablarida belgilangan kasbiy malakalarni to‘liq egallashga imkon beradigan fanlar ro‘yxati 
tavsiya qilinadi. Masalan, texnik yo‘nalishdagi bakalavrlarni kasbga tayyorlashda ularning tabiiy-
ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik grafikasi fanlarida o‘qitiladigan umumtexnik 
bilimlarini olishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, umumta’lim fanlari blokining tanlov qismiga kasbiy 
faoliyat uchun asos bo‘ladigan fanlarni kiritish maqsadga muvofiq. 
Talaba shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga yozilishida, ushbu 
fanga asos bo‘ladigan fanlarni o‘qiganligi (prerekvizitlar) hisobga olinadi, aks holda talaba bu fanni 
tanlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Talaba o‘zi tanlayotgan fan kelgusida qaysi fanlar (postrekvizitlar) 
uchun asos bo‘lishini bilishi ham juda muhim. 
Ayniqsa kredit-modul tizimi muayyan tamoyillar asosiga qurilgan. Ular quyidagilar: 
1) Talabaga yo‘naltirgan ta’limni tashkil etish (student-centered education); 
2) Ta’limda shaffoflikka erishish (transparent education); 
3) Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi (improving flexiblity); 
4) Talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility). 
Tizimilarini odatda ikki toifaga bo‘lish mumkin: o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va talabaga 
yo‘naltirilgan ta’lim. Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin: 
O‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida ta’limga, o‘quv dasturlariga, dars jarayonlariga 
qat’iy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o‘qituvchi hohishi nuqtai nazaridan 
yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi masalalarini 
belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning extiyojlar, fikrlari ko‘p ham e’tiborga 
olinmaydi. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga 
oshiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaraladi. Talabalar asosan 
nofa’ol tinglovchi sifatida shakllanadi chunki ta’lim jarayonlari un larni faollikka undamaydi 
(darslar asosan ma’ro‘za shaklida tashkil etiladi). Bunday ta’lim tizimida talabalarda mustaqil 
fikrlash, o‘z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, o‘zlari 
uchun o‘zlari qaror qabul qilish saloxiyatlari shakllanmaydi. Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim bu 
o‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’limning teskarisi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu tizimda ta’limga OTM, uni 
nazorat qiluvchi tashkilot yoki o‘qituvchilar nuqtai nazaridan emas balki talabalar nuqtai nazaridan 
yondashishni talab etadi. OTMlar, ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar va o‘qituvchilar ta’lim 
jarayonlarini tashkil etuvchisi bo‘lsalarda, ular asosan muvofiqlashtiruvchi vazifasini o‘taydilar, 
ya’ni o‘quv dasturlari, hususan talaba nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi 
talabalarning qiziqishlari, ehtiyojlari, mutahasislik va mehnat bozori talablarini chuqur tahlil qilgan 
holda, ya’ni “pastdan tepaga” qarab (bottom up) shakllantiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning 
yagona manbai sifatida qaralmaydi. Talabalar ta’lim jarayonlariga faol jalb etiladi. Ta’lim tizimi 
talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z bilimini boshqalar bilan ulashish, o‘zi uchun o‘zi qaror qabul qila 
olish salohiyatlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. 
Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim ECTS kredit – modul tiziming quyidagi qoidalarida o‘z aksini 
topgan: 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 
265 
– Ta’lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda o‘tirgan vaqti bilan emas balki uning fan 
bo‘yicha o‘qish va o‘rganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda 
talabaning ta’limi o‘qituvchining “o‘rgatish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib emas balki 
talabaning “o‘rganish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib o‘lchanadi. Ya’ni 1 kredit o‘zida 25-
30 soat o‘qish yuklamasini aks ettirsa, u o‘z ichiga talabaning fanni o‘zlashtirish bo‘yicha u 
auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan umumiy vaqtini qamrab oladi. Ta’limga bunday 
yondashuv ma’lumot manbalari tobora kengayib borayotgan internet zamoniga ham hosdir.
– O‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ta’limdan kutilayotgan aniq o‘qish natijalari asosida 
shakllantiriladi. Ya’ni OTM o‘quv dasturlarini va o‘quv rejalarini yaratish jarayonida o‘z oldiga 
talaba mazkur o‘quv dasturi so‘ngida nimalarni bilishi, tushunishi va qila olishi kerak degan 
savollarni qo‘yadi va o‘quv dasturlarni shu savollarning javoblari asosda shakllantiradi. O‘qish 
jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda OTM faoliyatiga u talabalarga nimalar 
“o‘rgatilganligi” ga qarab emas, balki talabalar undan nimalarni “o‘rganganligi” ga qarab baholanadi. 
Bunda yana OTMlarning vazifasi talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularda ko‘nikma va 
mahoratlar shakllantirish ham ekanligi belgilgan. 
– Talabalar fanlarni ma’lum darajada o‘zlari tanlash huquqiga ega bo‘lish orqali o‘zlarining 
o‘quv dasturiga ega bo‘lishadi. Ta’limdagi bu hususiyat orqali talabalar o‘zlari qiziqqan fan va 
yO‘nalishlarni chuqurroq o‘rganish, talabalik davridan samarali foydalanish, o‘z salohiyatlari to‘liq 
ro‘yobga chiqarishga va o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – B. 488. 
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
4947-sonli Farmoni. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevral “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
4947-sonli Farmoni. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi PF–5847-sonli Farmoni. 
6. O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul 
tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y. 
7. http://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
8. http://lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
9. European Commission ECTS Guide of 2004. Available at https://www.uc.pt/ 
ge3s/pasta_docs/ects-users-guide170804.pdf 
10. European Commission ECTS Guide of 2009. Available at https://ec.europa.eu/ 
education/ects/users-guide/docs/year-2009/ects-users-guide- 2009_en.pdf 

Download 433.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling