Personalni boshqarish alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini


Download 14.5 Kb.
Sana26.12.2021
Hajmi14.5 Kb.
#183206
Bog'liq
19-amaliy mashg


19-amaliy mashg'ulot

Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini

ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy,

ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalni

boshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qism

mavjuddir:

1.Personalni tanlash.

2.Personalni rivojlantirish.

3.Personalni baholash.

4.Personalni rag’batlantirish.

2.Kadrlar siyosati - personal bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va

strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu

maqsadga yo’naltiriladi

3.Personal - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat

ko’rsatuvchi kichik personal.

4.Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq

barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga

kirishishlariga tayyorlash.

5.Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini

belgilab olish.

6.Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash

va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib

borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.

7.Personalni bo’shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan

bo’shatish bilan bog’liq barcha tadbirlar.

8.Personalni baholash - korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish

pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash.

9.Personal ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga



loyiqlik darajasini aniklash.
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling