Personalni boshqarish” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Konfliktlarning bartaraf etish va oldini olish masalalari


Download 188 Kb.
bet9/10
Sana19.04.2023
Hajmi188 Kb.
#1361936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI Abdullayeva Mashhura

2.2. Konfliktlarning bartaraf etish va oldini olish masalalari.


Konflikt vaziyatlarda faol eshitish uch epatda o'tadi. Ularda axborot olish va uzatishning uch turi aks etadi: axborot almashuv, tasdiqlash bosqichi va tinchlantirish bosqichi.
Faol eshitish talablari:

  • O'zingiz haqida umuman gapirmang

  • U tanlagan mavzuni umuman o'zgartirmang

  • Suhbatda umuman maslahat bermang, inson holatiga diagnoz qo'ymang, shu bilan birga suhbatdoshingiz so'zlarini baholamang, uning harakatlarini oqlamang, tanqid ham qilmang, piching ham qilmang, sabr bilan eshiting.

  • Oldindan nimalar deyishni o'ylab, rejalashtirib qo'ymang, rejalashtirish samimiylikni o'ldiradi.

  • Boshqalar xissiyotlarini inkor etmang, ularga befarq ham qaramang (ignorirovat). O'z xissiyotlaringizni nazorat qiling. Ular qanday gapirayotganligiga emas, ular nima axborotlarni berayotganligi, sizga uzatishga harakat qilayotganligiga e’tibor bilan qarang. Ularning xissiyoti nimadan iboratligiga e’tibor bering. Asabiylashgan odamning ko'zlaridagi yosh, tartibsiz tana harakatlari, o'zini tuta bilmaslik kabilarga juda katta diqqat qiling.

  • O'zingizni hamma aytilgan xis-tuyg'ularni tushunayotgandek tutmang, agar biror narsani tushunmasangiz, o'zingizni tushunganday tutmang

  • Suhbatdoshingizning dardi, hayollari, xis-tuyg'ulari nimaga qartilganligini aniq belgilashga urining. Ularni aniqlash uchun savollar bering. Savollaringiz lo'nda va aniq bo'lsin. Savollar orada samimiylikni oshirishga xizmat qilsin.

  • Suhbatdoshingizni anglayotgnaligingiz, uning qarashlari siz uchun oydinlashganini bildira boring. O'z so'zlaringiz bilan vaziyatni so'zlab berishga harakat qiling. Bu sizning vaziyatni to'g'ri anglayotganligingizni nazorat qilib borish imkonini yaratadi.


Muomala madaniyati

  • Suhbat uchun qulay, tinch va to'g'ri joy tanlash

  • Hamsuhbat gaplarini bo'lmaslik

  • Sabr - qanoatli bo'lish

  • Tana zaboniga quloq solish

  • E’tibor bilan tinglash

  • Ma’ruza o'qimaslik

  • Ochiq va aniq savollardan foydalanish

  • Hech narsa taklif qilmaslik

  • O'z emotsiyalarini nazorat qilish

  • Birovning nafsoniyatiga tegmaslik

Konfliktda mayin bosim o'tkazish
Mayin bosim o'tkazish kuyidagilarda o'zini namoyon etadi:

  • siz o'zingizni “hamma narsa odatdagidek” qabilida tutasiz

  • hech narsa bo'lmagandek o'z munosabatlaringizni davom ettiraverasiz

  • tinchlik va osudalikni saqlash uchun, bo'layotgan vaziyatga beparvo bo'lasiz

  • o'zingizni jahl va g'azab xis qilganingiz uchun koyisiz

  • butun mahoratingizni ishga solib, faqat iliq muomalaga o'tib olasiz

  • avval “jim” bo'lasiz, ammo ko'nglingizda ma’lum istiqbol rejalar tuzasiz

  • hamma negativ emotsiyalaringizni bosasiz, ulardan foydalanmaslikka harakat qilasiz

G'oliblik strategiyasi

  • g'olib bo'lishlikning birinchi talabi o'z opponentiga qarshi kurash emas, balki uning maqsadlari va manfaatlarini tushunishga harakat qilishdir;

  • norozilikka rozilik amallari qo'llash;

  • boshqalarning fikrlari, qarashlari va xulosalari biznikidan o'zgacharoq bo'lishi mumkinligini tushunish va qabul qilish;

  • ochiq samimiy muloqotga tayyorlik;

  • birovlarning xis-tuyg'ulari va emotsiyalarini hurmatlash;

  • boshqalarning manfaatlarini aniq belgilashga harakat qilish;

  • manfaatlar orasidagi uyg'unlik asosida yagona strategiyani ishlab chiqish

Adolatparvarlik mezonlari

  • Muammoni aniqlash

  • Muammoda fikrni jamlash

  • SHaxsga emas, muammoga xujum qilish

  • Faol tinglash malakasi Tinglashga tayyorlik

  • Birovning his-tuyg'ulariga e’tiborli bo'lish

  • O'z amallariga mas’ul bo'lish

Konfliktlarni boshqarish

  • Konflikt vaziyatni u qanday bo'lsa o'shanday, o'z emotsiyalaringiz-

dan holi bo'lgan tarzda qabul qiling.

  • Konfliktni anglashning eng birinchi qadami unga ob’ektiv, xolis, emotsiyalarsiz baho berishdir.

  • Konfliktni anglash ob’ektiv faktlarni tan olish demakdir.

  • O'zgalarni ham, o'zimizni ham bir xil emotsional daraja va me’yorlar bilan boholash zarur.

  • Har bir vujudga kelgan konflikt bu sizning o'sish va ulg'ayish jarayoningiz hisoblanadi.

  • Hayol qilishdan voz kechib, konfliktga real va ijodiy yondashuvni boshlash kerak.

  • Xato va yutqizishlar aslida hayotiy tajriba, yiqilish, yutqazish - keyingi qadamlar, keyingi hayotning boshidir. Hayotida yiqilish, turtilish, yutqazish - katastrofa emas.

  • Konfliktning boshlanishiga - yangi imkoniyatlarning yaratilishi va yangi munosabatlarning o'rnatilishi sifatida qarash lozim.

SHunday qilib,

  • konfliktning yuzaga kelishi tabiiy hol hamda uning vujudga kelishidan qo'rqmaslik va dovdiramaslik lozim;

  • konfliktning sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilish darkor;

  • konflikt tomonlar manfaatlarining to'qnashuvi hisoblanadi;

  • konfliktning echimini topish uchun ikki tomonning ixtiyoriy sayi-harakatlar olib borishi va konflikt echimini topishga rozi-rizoligi talab etiladi;

  • har qanday konfliktning o'z echimi mavjud, faqat uni topa bilish zarur;

  • konflikt echimida e’tiborni shaxsga emas, muammoga qaratish zarur;

  • konfliktning echimi topilmaganda, u “so'nishi”, yo'q bo'lganday ko'rinishi mumkin, aslida konflikt o'z-o'zidan hal bo'lmaydi, balki keyinroq boshqa kattaroq nizolarni keltirib chiqaradi;

  • konflikt echimini ijobiy topish uchun ma’lum bilim va malakalarni egallash darkor;

  • konflikt echimida e’tiborni shaxsga emas, muammoga qaratish zarur; ikkala tomon o'zaro birlashib, o'z mulohazalarini mavjud muammoga qaratishi darkor;

  • konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi;

  • konfliktlar har doim mavjud bo'ladi, shuning uchun ham yoshlar ularni boshqarish malakasiga ega bo'lishi lozim.

XULOSA
Bundan xulosa shuki, hech kechiktirmay, ikkilanmay ma’naviy- ma’rifiy tarbiya masalasi haqida o'ylash, uni to'g'ri yo'lga solish vazifasi kelib chiqadi. Bunda biz ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan o'gitiga amal qilishimiz zarur.
Endilikda, ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko'tarildi. CHunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. YUrtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy- ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo'ladi. Butun ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishimizni shu qoidaga asoslanib qurmog'imiz, zamon, mustaqil taraqqiyotimiz, bozor munosabatlari davri talabidir.
Ma’naviy barkamol inson tushunchasining o'zi keng qamrovli, serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog'lom avlod tushunchasi bilan ham bog'lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo'lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro:

  • o'z haq-huququni taniydigan bo'lsin, buning uchun kurashsin;

  • o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo'lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko'rsin;

  • atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;

  • shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg'un holda ko'rib, faoliyat yuritsin3.

Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to' liq ta’rifdir.
Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo'ni-qo'shnilari, mahalla-ko'yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg'urish; tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo'lganligi singari,o'zi ham ularga kerakli bo'lishga intilishi; odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo'lib qolgan madaniy merosni qadrlash; milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo'lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularining barqaror bo'lishi; o'zaro muomala-munosabatda o'rnak bo'lishga moyillik, birovning og'irini engil qilishni odat qilish; umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko'rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy- vatanparvarlik tuyg'ulari bilan yashash; diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish; va’daga vafoli bo'lish va boshqalar kiradi.


Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling