Personalni boshqarish strategiyasi


Personalni boshqarishning hozirgi davr yo’nalishlari


Download 0.99 Mb.
bet4/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1258694
1   2   3   4
Bog'liq
Personalni boshqarish strategiyasi

Personalni boshqarishning hozirgi davr yo’nalishlari

  • Ma’lumki bozor iqtisodiyoti muttasil o’zgarib borish xususiyatiga ega. Shunday ekan korxona ham (agar u bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajada samarali faoliyat ko’rsatishga intilsa) nafaqat bu tashqi o’zgarishlarga, balki o’zgarishlar sur’atiga ham tez moslasha olishga qodir bo’lishi kerak. Shu jihatdan an’anaviy korxona va yangi tipdagi korxonani farqlay olish darkor. Personalni boshqarishning zamonaviy yo’nalishlari korxona ichki muhitida ro’y berayotgan o’zgarishlar (iqtisodiyotda, texno-logiyalarda, ijtimoiy sohada, huquqiy munosabatlarda) bilan bog’liqdir. Ularni quyidagi shaklda (1.3- rasm) tasavvur etish mumkin.

Personalni boshqarish yo’nalishlari

Inson resurslarini boshqarish xizmatining vazifalari

  • Bugungi kunda inson resurslarini boshqarishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan tashqi va ichki muhitni o’rganish, tahlil etishga hamda inson resurslarini rejalashtirishga bog’liqdir. Inson resurslari sohasidagi faoliyatning barcha turlarida huquqiy me’yorlarning roli beqiyosdir. Bular qatorida tashqi muhitning boshqa jihatlarini, shu jumladan mamlakat ichkarisidagi vajahon bozoridagi raqobatni, demografik o’zgarishlar va ishchi kuchlari o’zgarishini hamda umumiy iqtisodiy va tashkiliy tendensiyalarni o’rganish va tahlil etib borish talab qilinadi. Kompaniya yoki firma ichki muhitining muhim xususiyatlari qatoriga korxona yoki tashkilot strategiyasi, maqsadlari, yuqori daraja rahbariyatning maqsad va qadriyatlari, mehnat madaniyati va tarkibi kiradi. Ushbu xususiyatlarni muntazam o’rganib borish va tahlil etish kompaniya yoki firma ehtiyojlarini ta’minlashni kafolatlash bilan bir qatorda, inson resurslarini boshqarish bo’yicha chuqur asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !!!


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling