Personalni boshqarish strategiyasi


Ishlab chiqarish personali (ishchilar)


Download 0.99 Mb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1258694
1   2   3   4
Bog'liq
Personalni boshqarish strategiyasi

Ishlab chiqarish personali (ishchilar)

  • Ishlab chiqarish personali (ishchilar) - odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir. Ular mahsulot ishlab chiqarishni, uni sotishni, unga servis xizmati ko’rsatishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish personali, o’z navbatida, ikki toifaga bo’linadi:
  • Personal turlari

Boshqaruv personali

  • Boshqaruv personali (xizmatchilar) - odatda ko’proq aqliy mehnat bilan band bo’lib, ishlab chiqarishda boshqaruvni amalga oshiradilar. Ular mehnat faoliyatining asosiy mahsuli boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida tegishli hujjatlar, ma’lumotlar to’plash, ularni umumlashtirish, tahlil etish, qarorlar loyihalarini tayyorlash hamda rahbar tomonidan bu qaror qabul qilingandan so’ng uning ijrosini amalga oshirish va nazorat qilishdir. Boshqaruv personali ham ikki asosiy toifaga bo’linadi: rahbarlar va mutaxassislar. Rahbarlarning mutaxassislardan asosiy farqi shundan iboratki, rahbarlar qaror qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar va ular o’zlariga bo’ysunuvchi xodimlarga ega.

Personalni boshqarish fanining mohiyati, predmati va maqsadlari

  • Mamlakatimizda bozor munosabatlariga oo'tishi xodimlarni boshqarish tizimida bir qator vazifalarni amalga oshirilishini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning o’z mavqelarini saqlab qolishi,ularning raqobatbardoshligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar ilmiy va amaliy usullarni to’gri tanlashni talab etadi. Avvallari korxona va tashkilotlardagi kadrlarni boshqarish bo’yicha asosiy tarkibiy bo’linma kadrlar bo’limi bo’lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va bo’shatish, shuningdek, o’qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. Shu sababli ham kadrlar bo’limi xodimlarni boshqarish va ularga yetarli ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni bajarmasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan hozirgi davrda xodimlarni boshqarish sohasida. «Kadrlar tayyolash milliy dasturi»ga muvofiq bir qator talablar yuzaga keldi.
  • Ular orasida eng muhimlari: ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarga o’zaro shaxsiy hamda rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish hamda ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; yuqori lavozimlarga nomzodlarni tanlash va baholash; kadrlar patensialini va xodimlarga bo’lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar boshqaruvi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish;xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlarini tartibga solish masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat estetikasini amalga oshirilishini kuzatish va shunga muvofiq choralar ko’rishdan iboratdir. Shunga ko’ra kadrlar bo’limining ham bajradiga vazifalar doirasi kengayib, ayni paytda kadrlar bo’limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo’limlari, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi bo’limlari va shu kabi bo’limlar bilan birgalikda xodimlarni boshqarish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat bo’ladi.Yangi xizmatlarning vazifasi korxon va tashkilotlardagi kadrlar siyosatini amalga oshirishdan, mehnat patinsialini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda iborat.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling