Personalni boshqarish strategiyasi


Download 0.99 Mb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1258694
  1   2   3   4
Bog'liq
Personalni boshqarish strategiyasi

Personalni boshqarish strategiyasi

Ibrohimov Erali

Personalni boshqarish - fan sifatida

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yuqori samara bilan faoliyat ko’rsatishi, muvaffaqiyatli raqobat qila olishi fanda “Personal“ atamasi bilan nomlanadigan mehnat jamoasining tarkibi, malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi, mas’uliyati kabi juda ko’pg’ina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi amaliy isbotini topgan. Bugungi kunga kelib mazkur masalalar bilan maxsus shug’ullanuvchi „Personalni boshqarish” fani tobora rivojlanib bormoqda. G’arb davlatlarida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida “Personalni boshqarish” ko’proq “menejment” atamasi bilan nomlanadi.

Menejment

  • Menejment (inglizcha “management”so’zidan) - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funktsiya va uslublarini qo’llagan holda moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga belgilangan'maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir. Menejment aslida “boshqaruv” so’zining sinonimi hisoblanib, asosan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni anglatadi.

Menejmentning umumiy funktsiyalari

  • Menejmentning umumiy funktsiyalari deyilganda korxona ko’lamida maxsus funktsiyalardan birini bajaruvchi alohida bo’linma faoliyati tushuniladi. Boshqaruv xodimlari menejmentining barcha funktsiyalarini, shuningdek, korxonalarni boshqarishning maxsus funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarurdir. Xuddi mana shu menejmentning maxsus funktsiyasi hisoblangan personalni boshqarish alohida o’ziga xos xususiyatga ega.

Personalni boshqarish

  • Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalni boshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qism mavjuddir:
  • 1.Personalni tanlash. 2.Personalni rivojlantirish. 3.Personalni baholash. 4.Personalni rag’batlantirish.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling