Personalni boshqarish strategiyasi


Personalni boshqarish fanining predmeti


Download 0.99 Mb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1258694
1   2   3   4
Bog'liq
Personalni boshqarish strategiyasi

Personalni boshqarish fanining predmeti

  • Personalni boshqarish fanining predmeti - korxona va tashkilotlarning samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar tizimidir. Ushbu kursni o’rgatishdan maqsad talabalarga xodimlarni boshqarish ilmini amaliyotga qo’llay biladigan darajada ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishdan ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi xodimlarni boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Personalni boshqarish fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini; bu borada nazariy va amaliy masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan iborat.

Personalni boshqarish konsepsiyasi

  • Personalni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi:
  • Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir. Mazkur kategoriya boshqaruvning barcha funktsiyalari (masalan, investitsiya menejmenti va personalni boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti va personalni boshqarish) o’rtasidagi aloqadorlikni bog’lovchi jarayonlarni anglatadi. Bunda bog’lovchi jarayonlar sifatida kommunikatsiyalar va boshqaruv qarorlari namoyon bo’ladi. Korxonaning maxsus funktsiyalari aniq menejment: ishlab chikarish, moliyaviy, sayyohlik, munisipal, innovatsiya, investitsiya menejmentlarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Personalni boshqarish (personal menejmenti) esa barcha funktsiyalarga taalluqlidir. Chunki bu funktsiyalarning har birini ijrochi – boshqaruv personalisiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o’zaro aloqadorligi

  • Bugungi kunda barcha korxonalar bozor munosabatlari va raqobat muhitiga moslashishga majburdir. SHuning uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan omillar ayni paytda korxona muvaffaqiyatini belgilovchi omillar hisoblanadi. Bu omillarning hammasi korxona xodimlari, ya’ni personal mehnat faoliyati bilan bog’liqdir. Personalni boshqarish bilan ishlab chiqarish vazifalarining aloqadorligi mehnat sharoitlarida ham namoyon bo’ladi. Xodim mehnat faoliyati uchun qulay, juda bo’lmaganda eng zarur mehnat shart-sharoitlariga ega bo’lmas ekan, o’ziga yuklatilgan xizmat vazifa-larini muvaffaqiyatli hal etishi mushkullashadi. Aksincha, mehnat faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarda xodimning ish unumi g’oyat yuqori bo’ladi. Personal samaraliroq va unumliroq mehnat qilar ekan, mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni ko’paytirish uchun imkoniyatlarni ko’paytiradi. Bu esa xodim o’zining korxonada iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va ma’naviy jihatdan yaxshi his etishini ta’minlaydi. Xodim, yoki har bir inson farovonligining oshishi esa jamiyat farovonligi yaxshilanishining negizidir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling