Personalni boshqarish tamoyillari va uslublari Sug’urta Personalni boshqarish xizmati vazifa


Download 211.87 Kb.
bet1/7
Sana18.12.2022
Hajmi211.87 Kb.
#1028981
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sug’urta personalni boshqarish


Mavzu: Sug’urta personalni boshqarish


Reja:

  1. Personalni boshqarish tamoyillari va uslublari

  2. Sug’urta Personalni boshqarish xizmati vazifa va funktsiyalari

  3. Mehnat xavfsizligi va tibbiy yordam bo’limi

  4. Personalni boshqarishning chet el tajribalari

Personalni boshqarish tamoyillari va uslublari


Personalni boshqarish quyidagi qoidalarga asoslanadi:

  1. Personalni rejalashtirishni korxonani rivojlantirish strategiyasi bilan uzviy aloqasini ta’minlash.

  2. Personal xarajatlarini miqdoriy baholash va uning ishlab chiqarish iqtisodiy ko’rsatkichlarigata’siri.

  3. Mehnat bozorida samarali ish olib borish uchun zarur kompensatsiyalarni anikdash.

Tamoyil (prinsip) — qaror qabul qilishda hisobga olinishi yoki amal qilinishi zarur bo’lgan ilmiy asos, qoida hisoblanadi. Personalga rahbarlik boshqaruv funktsiyasi sifatida boshqa barcha funktsiyalarni yagona birlikka birlashtirishi, muvofikdashtirishi, o’zaro bog’lashi, integratsiya qilishi kerak. Bunga personal bilan ishlash tamoyillarini amalga oshirish orqali erishiladi.
Rahbar personalni boshqarar ekan, o’ziga bo’ysunuvchilarga faqat buyruq berish bilan cheklanmasdan, ular kuch-g’ayratlarini aniq maqsadga yo’naltirib turishi, o’z salohiyatlarini namoyon eta olishlariga ko’maklashish atrofida maslakdoshlarini birlashtirishi, ya’ni personalga rahbarlik qilish tamoyillaridan foydalanabilishi zarur. Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • har bir xodimga u bajaradigan ish uchun mas’uliyatni yuklash;

  • har bir xodim kimga bo’ysunishi va kimdan topshiriq olishini bilishi kerak;

  • personalni boshqarish maqsadi. Zamonaviy rahbarlik belgilangan maqsadga erishish uchun personal va ma’muriyat hamkorligini nazardatutadi;

  • rahbarning bevosita ishtiroki. Butun mehnat jamoasiga bosh bo’lgan birinchi rahbar yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarishni takomillashtirish va boshqa masalalarda shaxsan ishtirok etishi shart;

  • muvofiklik. Kadrlar siyosati ko’zlangan maqsadga, tegishli mezonlarga muvofiq bo’lishi kerak.

Turli bosqich (bo’g’in)lardan iborat bo’lgan boshqaruv tizimi boshqaruv turli bosqichlarini alohida rahbarlar yoki boshqaruv organ (apparat)lariga biriktirib qo’yilishini taqozo etadi.

Download 211.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling