Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi


Personalni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi


Download 0.75 Mb.
bet15/20
Sana16.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1273027
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Personalni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi
Oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o‘taydigan mavjud ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va umumlashtirishdan iboratdir. Axborot oqimlari hajmining kattaligi, turli ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ular bilan ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘p hollarda bir-birini takrorlovchi, operatsiyalarni bajarish personalni boshqarish xizmatida eng zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi personalni boshqarish xizmatida ham axborot texnologiyalarini joriy etishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni hisoblanadi. Axborot texnologiyalari davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zo‘zini boshqarish organlari, jamoatchilik birlashmalarining axborotga bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-sonli «Axborotlashtirish sohasida normativhuquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish, axborotlarni hujjatlashtirish tartibi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu qarorga asosan hujjatlashtirilgan axborot, mulk huqu qi obyekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar shaklida, shu jumladan, elektron hujjat shaklida bo‘ladi.
Axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Davlat axborot resurslarida hujjatlashtirilgan axborot tizim lashtiriladi, tasniflanadi va tegishli rekvizitlar bilan ta’minlanadi.
Quyidagilar hujjatlashtirilgan axborotning asosiy rekvizitlari hisoblanadi:
— hujjatning nomi;
— axborotning nomi yoki egasi;
axborot manbai;
— paydo bo‘lishi va hujjatlashtirish sanasi va vaqti;
— foydalanish tartibi;
— tizimlashtirish va tasniflash uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar.
Davlat axborot resurslaridagi axborot matnli, grafikli, ovozli, video va multimediya (matnli, grafikli, ovozli va video formatlar kombinatsiyasi) shakllarida bo‘ladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling