Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tabel hisobi» moduli
«Kadrlarni hisobga olish» moduli rahbarlar va personal bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Uning vositasida xodimlarni ishga qabul qilish, xizmat lavozimlarida siljitish, ishdan bo‘shatish bo‘yicha barcha asosiy operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun xodimlarning hamda muayyan lavozimga nomzodlarning shaxsiy varaqlaridan foydalaniladi. Korxona va tashkilotda xodimlar faoliyat boshlashi bilan ularga oid hujjatlar (buyruqlar, farmonlar, qarorlar)ni tezlik bilan tayyorlash va hisobga olish choralari ko‘riladi. Modulning bazafunksiyali imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir:
Me’yoriy ma’lumot axborotlarini shakllantirish va olib borish. Personal to‘g‘risida to‘la-to‘kis axborotni olib borish.Shu jumladan: — xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish; — xizmat lavozimida siljitishlar, xizmat vazifasini bajarish, o‘rindoshlik; — shaxsiy kartochkalar, mehnat kartochkalari; — mehnat staji (umumiy, uzluksiz, mazkur korxonada va hokazolar); — ta’tillarni rasmiylashtirish; — vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish; — xizmat safarlari hujjatlarini rasmiylashtirish; — rag‘batlantirish, jazolash, imtiyozlar, sug‘urta xizmatlarini hisobga olish; — harbiy xizmatga majburlar bo‘yicha ma’lumotlar. Korxona (tashkilot)dagi kadrlar zaxirasi bilan ishlash. Personal attestatsiyasini rejalashtirish va o‘tkazish, attestatsiya natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash. Ishga qabul qilish lavozimi bo‘yicha nomzodlar bilan ish olib borish. Arxiv bilan ish olib borish. Xodimlarni ishga olish, xizmat vazifasida siljitish, ishdan bo‘shatishga oid buyruqlar tayyorlash. Turli ma’lumotlar va hujjatlarni shakllantirish. «Tabel hisobi» moduli yordamida maxsus ajratilgan xodim yoki ish haqi bo‘yicha mutaxassis tomonidan ish vaqtining har kungi hisobi olib boriladi yoki muayyan davr uchun tabel (ishda bo‘lmaslik–ta’tillar, kasallik, xizmat safarlari va hokazolar) shakllantiriladi. Bu tabel bo‘limlar bo‘yicha ham, umuman, korxona (tashkilot) bo‘yicha ham shakllantirilishi mumkin. Oy davomida ishlangan vaqt har bir xodim bo‘yicha hamda ishlangan vaqtning har bir turi bo‘yicha jamlanib, ish haqini hisoblab chiqishda qo‘llash uchun «Ish haqi hisobi» moduliga uzatiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling